Mundarija kirish I. Kon to‘G‘risida umumiy ma’lumot. Kon tumanini geologik va ekologik ta’rifi


Download 0.76 Mb.
bet11/13
Sana27.03.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1299197
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
MAVZU

3. Portlatish ishlari
1. Portlatish ishlari karerlarda «Portlatish ishlarida xavfsizlikning yagona qoidalari», «Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, tashish, ishlatish va xisobga olish tartibi tartibi to‘g`risida yo‘riqnoma», «O‘zbekiston Respublikasi xududi bo‘yicha portlovchi moddalarni avtomobil transportida tashish qoidalari» va boshqa me’yoriy-texnik xujjatlar talablariga rioya qilingan xolda bajarilishi kerak.
Portlatish ishlarini olib boruvchi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasitomonidan beriladigan maxsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lishi kerak. Bunday korxonalar tegishli xujjatlar, portlovchi moddalarni saqlash uchun omborlar va tashish uchun transportlarga, shuningdek ijrochilar va raxbarlarni o‘z ichiga olgan tegishli xodimlarga ega bo‘lishi kerak.
2.3.2. Yoppasiga portlatish O‘zbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasitomonidan tasdiqlangan va u bilan kelishilgan yo‘riqnomalar talablariga muvofiq ravishda bajarilishi kerak.
2.3.3. Portlatish ishlarini olib borishda faqat standartlar (texnik shartlari) va Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasiruxsatnomasiga ega bo‘lgan portlovchi moddalar, portlatish ishlari mexanizatsiya vositalari, jixoz, qurilma, asbob va apparaturalaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
2.3.4. Portlatish ishlariyozma naryad va tegishli naryad-yo‘l varaq bo‘yicha muxandis- texnik xodim raxbarligida portlatuvchilar tomonidan bajarilishi va faqat ishlar xavfsizligi bo‘yicha qoidalar va yo‘riqnomalar talablariga javob beradigan joylarda o‘tkazilishi kerak.
2.3.5. Portlovchi moddalarni omborlardan karerdagi ish joyiga etkazish, korxona raxbari (portlatish ishlari raxbari) tomonidan belgilangan yo‘nalish bo‘yicha bajarilishi kerak.
2.3.6. Bloklardagi portlovchi moddalar va zaryadlangan quduqlarni qo‘riqlash xizmati yoki yo‘riqdan o‘tgan ishchilar tomonidan qo‘riqlanishi, qorong`i paytda albatta yoritilishi shart. Bloklardagi portlovchi moddalar va zaryadlangan quduqlar qo‘riqlashga topshirish tartibi korxona raxbari tomonidan belgilanadi.
2.3.7. Odamlar, binolar va inshootlarni jinslar bo‘laklari, seysmik va xavo to‘lqinlarining jaroxatlovchi va qulatuvchi ta’siridan ximoya qilish, shuningdek portalatishning zaxarli ta’sirini oldini olish uchun, yoppasiga portlatishni tayyorlash va qo‘llashda o‘lchami xisob kitob asosida Namunaviy burg`ilash-portlatish ishlari loyixasiga binoan aniqlanadigan xavfli zona ob’ektlar va portlatish joylari orasiga kiritilishi va rioya etilishi kerak.
Xavfli zona chegaralari belgilash va qo‘riqlash postlarini qo‘yish Namunaviy burg`ilash-portlatish ishlari loyixasiga binoan aniqlangan bo‘lishi lozim.
2.3.10. Portlatish ishlarini olib borishda odamlarni ogoxlantirish uchun tovushli, bundan tashqari qorog`i paytlarda nurli signalni xam berish zarur.
Odamlarni xavfli xudiddan chiqarish xaqidagi tasdiqni olmasdan portlatish ishlari raxbariga portlatishni bajarish ta`qiqlanadi.
2.3.11. Odamlarni karerga kirishi uchun ruxsat yoppasiga portlatish bajarilganidan keyin, portalatish zaxarli maxsulotlari konsentratsiyasining belgilangan me’yorgacha pasayishi xaqidagi XKQQ xabarini olinganidan keyin, ammo portlatishdan keyin kamida 30 daqiqa o‘tganidan so‘ng, portlatish joyida ishlash xavfsiz ekanligi aniqlanganidan keyin beriladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling