Mundarija kirish i–bob. Akademik litseylarda ta`lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish
Download 215.68 Kb.
|
зухра курс иши 2235555
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z o‘rningni top
- Menyu
5.“Munozara” usuli Ta’lim oluvchilarga muayyan muammo bo‘yicha to‘liq axborotlar yetkaziladi, ular munozara uchun tanlangan mavzuni ayovsiz “hujum” qiladilar va pirovard natijada muammoga tegishli ma’lumotlarni atroflicha o‘rganadilar. O‘tkazish tartibi quyidagicha: -munozara olib boruvchi - boshlovchi mavzuni oldindan tanlaydi va ishtirokchilarni taklif etadi. Boshlovchi ishtirokchilarga “aqliy hujum” topshirig‘ini beradi va uning qoidalarini tushuntiradi: -boshlovchi kotibini tayinlaydi va u yuzaga kelgan barcha g‘oyalarni yozib boradi. Agar biror bir kishi tomonidan “aqliy hujum”ni o‘tkazish qoidalari
buzilsa, boshlovchi zudlik bilan muhokamaga aralashadi. -boshlovchi ishtirokchilarning tanqidiy tafakkuri “charxlanishi” uchun qisqacha tanaffus e’lon qiladi. Keyin ikkinchi bosqich boshlanadi. “Aqliy hujum” ishtirokchilari guruhlanadi va birinchi bosqichda bildirgan g‘oyalarini mustahkamlaydilar. G‘oyalar guruh bo‘yicha birlashtirilib, mualliflar ularni tahlil qilishga kirishadilar va natijada o‘rtaga qo‘yilgan muammoning yechimiga tegishli bo‘lgan fikrlargina ajratib olinadi. Boshlovchi munozaraga yakun yasaydi. O‘z o‘rningni top Agar auditoriyada u yoki bu mavzu bo‘yicha tortishuvlar vujudga kelsa, bu usul yordamida muammoning yechimini topish mumkin. Undan ko‘pincha darsning kirish qismida foydalaniladi va o‘tilayotgan mavzuni o‘rganishga turli xil yondashuvlar mavjudligi namoyish etiladi. Ta’lim oluvchilarga o‘z fikrini bayon qilishga, muloqot ko‘nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Dars so‘ngida ta’lim beruvchi tomonidan mavzuni o‘zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi. Auditoriyaning qarama-qarshi burchaklariga ikkita plakat osiladi. Ularning biriga “roziman”, boshqasiga “rozi emasman” degan so‘zlar yozilishi kerak. Darsni tashkil etish qoidalari muhokama qilinadi. Qaralayotgan muammo yuzasidan o‘z fikrlariga mos keladigan namoyish varag‘i yoniga borish zarurligi ta’lim oluvchilarga taklif etiladi. - ulardan o‘z qarashlarini asoslash so‘raladi. Bu paytda bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tish ruxsat etiladi va shu tariqa ularning hammasi jalb etiladi. - muammo bo‘yicha fikrlar bildirgan ta’lim oluvchilar ichida munozara davomida o‘z nuqtai nazarini o‘zgartirganlar va boshqa guruhga o‘tuvchilar bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda ular o‘z o‘rnini o‘zgartirish sabablarini asoslashi kerak bo‘ladi. - ishtirokchilardan opponentlari ichida muammo yuzasidan eng ishonchli fikr aytganlarni aniqlash so‘raladi. Menyu Yakka tartibda yoki kichik guruhlar bilan ish olib borishni xohlagan ijodkor ta’lim beruvchiga “Menyu” usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda kichik guruhga aniq topshiriq beriladi. Ta’lim beruvchi har bir guruh uchun alohida topshiriq tayyorlaydi. Har bir guruh topshiriq oladi va uch daqiqa davomida muhokama qilishadi, so‘ngra guruhlardan bittadan vakil ta’lim beruvchi stoliga kelishadi va tayyor “Menyu”ni olib qaytishadi. Bu uzun qirqilgan qog‘ozlar – “Tillar” bo‘lib, ularda xilma-xil huquq normalari bayon qilingan bo‘ladi. Guruh vakili tillarni tanlab oladi va o‘z guruhiga olib keladi, keyin boshqa ta’lim oluvchi shu ishni bajaradi va zaruriy materiallar yig‘ilguncha bu holat davom etadi. O‘n daqiqa davomida topshiriq muhokama qilinadi va rasmiylashtiriladi. Bu jadval qo‘lda tayyorlanishi yoki javoblar og‘zaki bo‘lishi mumkin. Boshqa guruh vakillari savollar berishadi, ta’lim oluvchi esa guruh ishlarini, sardor faoliyatini baholab beradi. Download 215.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling