Mundarija kirish i–bob. Akademik litseylarda ta`lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish


Download 215.68 Kb.
bet3/13
Sana09.06.2023
Hajmi215.68 Kb.
#1470902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
зухра курс иши 2235555

Birinchi qoida: Ishlash uchun joyni tayyorlashga jiddiy qarash kerak. Bu avvaliga bekorchi ko`ringandek oddiy masala emas. Auditoriyani shunday tayyorlash kerakki, bunda ishtrokchilar kichik yoki katta guruhlarda ishlash uchun o`tirishlariga oson bo`lishi kerak. Yangi ta`lim oluvchilarga jismonan qulay sharoit yaratilishi kerak. Mashg`ulotlarda kimdir guruhga teskari o`tirib qolib boshaqalarga boshini yonboshga burib o`tirishi nojoizdir. Shuning uchun stolni shunday qo`yish kerakki, ular o`ziga qulay vaziyatda kichik guruh bilan oson munosabatda bo`lishi kerak. Ijodiy ish uchun metallar oldindan tayyorlangan bo`lsa yaxshidir
Ikkinchi qoida: Jarayon va reglamentga jiddiy munosabatda bo`lish lozim. Bu haqda boshidan kelishib olish kerak va uni buzmaslik lozim. Masalan, hamma tinglovchilar har bir nuqtai nazarga sabrli bo`lib, so`z erkinligini, uning qadrini hurmatlashi kerak.
Uchinchi qoida: Tinglovchilarning guruhlarga bo`linishiga jiddiy e`tibor bering.
To`rtinchi qoida: Tinglovchilarning hammasi bu darajada ishga jalb qilinishi kerak
Beshinchi qoida: Tinglovchilarning ruhan tayyorgarligiga ko`maklashish lozim. Gap shundaki, mashg`ulotga kelganlarning hammasi ham u yoki bu ish shakliga bevosita kirishishga ruhan tayyor emaslar. Bunga ma`lum darajada xulqining an`anaviyligi ta`sir ko`rsatadi. Bu borada mashq qilishlar, ta`lim oluvchilarning ishda faol ishtiroklari uchun doimiy rag`batlantirishlar, ta`lim oluvchining o`zini namayon etish uchun imkoniyat yaratish foydali bo`ladi.
Oltinchi qoida: Interfaol usullar asosida mashg`ulotlar o`tkazilganda
guruhda ta`lim oluvchilar soni ko`p bo`lmasligi kerak.
Ta`lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo`nalishlardan biri
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llashdan iborat. Ma`lumki, ta`lim tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o`z bilim va tajribalarini o`sib kelayotgan avlodga o`rgatishdan iborat bo`lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning turli ta`riflari mavjud bo`lib, har bir ta`rif ma`lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta`riflar va ularning sharxlarini ko`rib chiqamiz.
1. Pedagogik texologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati. Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san`atda qo`llaniladigan usullar, yo`llar yig`indisi
2. Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o`zgartirish san`ati, mahorati,
qobiliyati, metodlar yig`indisi
3. Pedagogik texnologiya – o`qitishning, ta`limning shakllari, metodlari,
usullari, yo`llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig`indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblarlar majmuasi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat
4. Pedagogik texnologiya-o`qituvchi mahoratiga bog`liq bo`lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o`quvchi shaxsini shakllantirish jarayonidir.
5. Pedagogik texnologiyaing rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti
6. Pedagogik texnologiya-o`quv jarayonining o`quvchilar va o`qituvchi
uchun so`zsiz qulay sharoitlar ta`minlashni loyihalash, tashkil qilish va o`tkazish bo`yicha hamma detallari o`ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli.
Pedagogik texnologiya – insonga (ta`lim-tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo`yicha ta`sir o`tkazish faoliyatidan iborat. Pedagogik texnologiya o`quvchini mustaqil o`qishga, bilim olishga, fikrlashga o`rgatishni kafolatlaydigan jarayondir. Bu faoliyatni amalga oshirish uni tashkil qilish, olib borish, takomillashtirish, tahlil qilish, tadqiq etish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, boshqarish, nazorat, baholash kabi jarayonlarni o`z ichiga oladi. Nazorat shakllaridan farqli o`laroq bular nafaqat bilimni baholash uchun
vosita, balki o`quvchi saviyasini oshiruvchi vosita bo`lganligi uchun ham bularni
aynan pedagogik texnologiya shakllari deb atash ham mumkin bo’ladi.
Tadqiqot predmeti tadqiqot ob’ektining bir qismi yoki sohasidir.
Nazariy metodlardan analiz/sintez metodiga adabiy manbalar (mas. chet til
o‘qitishni retrospektiv (tarixan) o‘rganish)ni misol qilish mumkin.
Tahlil metodi oldiga doimo tanqidiy yondashish, o‘tgan davrdagi ijobiy va
salbiy tomonlarni aniqlash maqsad qilib qo‘yiladi.
Va bu boradi ko’p ishlar bor
Tadqiqot jarayonida zamonaviy kibernetika metodlari – programmalashtirish,
kompyuterlashtirishga katta o‘rin berilmoqda. Kibernetik analiz tilni o‘rgatish
jarayonini boshqarish hamda tilni egallash darajasining xolisona ko‘rsatkichlarini
topishga yordam beradi.
Qanday o’qitish bo’yicha ko’nikmalar beradi.
Chet til o‘qitishdagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va
yoyishdan ko‘zlanadigan maqsad ham ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishga
qaratiladi. Ilg‘or ish tajribasi umumiy tarzda (chet til o‘qitish tajribasi) yoki ayrim
kichik sohalar dars boshlanishida til muhitini yaratish, qiyin grammatik
hodisani amaliy o‘rgatish kabilar)ni analiz/sintez metodi yordamida tadqiq
qilishda
n iborat.
Asosiy va umumiy tadqiqot metodlaridan ilmiy kuzatish pedagogik jarayonda ommaviy tus olgan bo‘lib, metodik tadqiqotda xulosalar chiqarish, foydali axborot to‘plash kuzatilgan hodisalar yuzasidan to‘plangan faktlarni tasniflash imkonini tug‘diradi. Kuzatish har doim ma’lum maqsadga bo‘ysundirilishi kerak .Oddiy kuzatish oqibatlari nazorat ishlari, test natijasi bilan to‘ldirilishi mumkin. Chet til o‘rgatishni tadqiq etishda ta’limiy tajriba o‘tkazish va eksperiment metodlari ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga tortgan. Tajriba o‘tkazish ommaviy ta’lim jarayonini tekshirish metodidir.” Eksperiment yuqoridagi metodlar ichida salmoqli o‘rin tutadi. Professor M.V.Lyaxoviskiyning fikricha, tekshirilayotgan metodik hodisa turli ko‘rinishlarda ilmiy asoslanib, tajribaga qo‘yilganda, eksperiment sodir bo‘ladi (mas. leksik birliklar tajriba guruhlarida tarjimasiz, nazorat sinflarida tarjima qilib o‘rgatiladi. Va turli tushunchalar beradi.
Eksperiment natijasi tarjimaning yaroqli yoki yaroqsizligini isbotlab b
eradi.
Eksperiment to‘rt bosqichli metoddir. Birinchi bosqichda eksperiment tashkil
etiladi, shu maqsadda gipoteza ilgari suriladi. Ikkinchi bosqichda –
rejalashtirilgan tartibda eksperiment amalga oshiriladi. Uchinchi bosqichda –
tadqiqot natijasining miqdori va sifati aniqlanadi. To‘rtinchi bosqichda – olingan
ma’lumotlar isbotlab beriladi, ilmiy tahlil qilinadi. Ilmiy faraz qilingan metodik
muammo, bir tomondan, yangilik hisoblanishi, boshqa tomondan, munozarali
bo‘lishi, binobarin, tajribadan o‘tishga muhtoj ekanligi eksperiment metodining
o‘ziga xos xususiyatidir. Eksperiment ilmiy farazning amalda sinab ko‘rish
vositasidir.
Eksperiment nazariyasini eksperimentator yaratadi, ijrochi rolida muallim,
tekshiriluvchilarni o‘quvchilar tashkil etadi, eksperiment materiali hisoblangan
metodika hodisasi — ob’ekt va predmet deb ataladi.
Eksperiment o‘zining belgilari e’tibori bilan uch toifaga bo‘linadi: tadqiqotda tutgan o‘rniga ko‘ra yordamchi va asosiy eksperiment eksperimentning o‘tishi nuqtai nazaridan tabiiy va laboratoriya eksperimentini tashkil etilishiga qarab, bir martalik va takroriy eksperiment.
Eksperiment mavzusida metodistlardan Eduard Abramovich Shtulman
[3]
chuqur ilmiy tadqiqot olib borgan.
Xullas, eksperiment munozarali ta’limiy muammolarni yechish metodidir. Eksperiment natijasida ta’lim metodlari va mazmuni takomillashtiriladi.
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng
qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish
jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir
darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq.
An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini
faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning
o‘zlashtirish darajasi o‘sishiga olib keladi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan
mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba asoslarini
tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol
ta’lim metodlari hozirda eng ko‘p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim
muassasalarida keng qo‘llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga,
interfaol ta’lim metodlarining turlari ko‘p bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonining
deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda
mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib
tegishlicha qo‘llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini
ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to‘g’ri tanlash muammosini keltirib
chiqargan

Download 215.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling