Mundarija kirish II. Asosiy qism. Bob. O’rta Osiyoda diniy tasavvurlarning paydo bo’lishi to’g’risida yangi qarashlar


Download 363.31 Kb.
bet1/4
Sana02.06.2020
Hajmi363.31 Kb.
#113416
  1   2   3   4
Bog'liq
KURSISHI



MUNDARIJA

Kirish

II.Asosiy qism.

1.Bob.O’rta Osiyoda diniy tasavvurlarning paydo bo’lishi to’g’risida yangi qarashlar.

1.1.Diniy qarashlarning xilma-xilligi.

1.2.O’rta Osiyoda diniy tasavvurlarning shakllanishida jonivor va qushlarga sig’inish.

2.Bob.O’rta Osiyoda diniy tasavvurlarning paydo bo’lishiga doir arxeologik manbalar.

2.1 Urug’chilik davri manbalari.

2.2.Tasviriy va amaliy san’at.

III.Xulosa

IV.Foydalingan adabiyotlar ro’yxati.

V.Ilova


KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, o’z tariximizni haqqoniy o’rganishga o’tmishdagi ajdodlarimiz qoldirgan boy tarixiy, madaniy va ma’naviy boyliklardan bahramand bo’lishga keng yo’l ochildi. Mustaqil yurtimizning har bir fuqarosi qalbida o’tmishi va buyuk va xalqning kelajagi ham buyuk bo’lmog’i zarur degan tuyg’u mavjud bo’lib tarixiy merosimizga, bebaho qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom bilan qarab kelinmoqda.

Milliy mustaqilligimiz va shu mashaqqatli yo’lda yo’lboshchilik qilgan muhtaram O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prizidenti I.A. Karimov sa‘y harakatlari bilan qisqa davr ichida mustaqil O’zbekistonimizning qadimiy va tarixan tarkib topgan qadriyatlarimizni tiklashga, milliy madaniy merosimizni yanada boyitishga bo’lgan intilishlari, eng muhimi ming yilliklarga borib taqaladigan haqqoniy tariximizni yoritishda xolislik vaizchillik bilan yondashishni alohida takidlaydilar.



Mavzuning o’rganilish darajasi.

1.Xaqqoniy tariximizni o’rganish albatta ajdodlariomizning tarixan bosib o’tgan yo’llari ijtimoi hayot tarzi bilan chambarchas bog’liqdir.I.A.Karimov ta‘kidlaganidek: “Jamiyatning ma’naviy yangilanishidan ko’zlangan bosh maqsad-yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik,diniy bag’rikenglik kabi ko’p ko’p muhim masalalardan iboratdir.”

_________________________________


  1. Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajk yo’lini quramiz.T.’’O’zbekiston’ 1999.

  2. 2 Karimov.I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman Toshkent.2000.11-bet.

Xalqimizning hayot tarziga nazar soladigan bo’lsak ijtimoiylik bilan bir vaqtda vujudga kelgan yangi diniy tasavvurlar mavjudligiga amin bo’lamiz. Eng asosiysi Markaziy Osiyo xalqlari yashash tarxi bilan bog’liq bo’lgan hayotiy qarshlari ijtimoiy hayotga moslashuvchanligi tabiat kuchlari oldida ojizligi va ularni o’rganishga bo’lgan intilishlari yangi diniy tasavvurlarning vujudga kelishiga asos bo’ladi.

Kurs ishining maqsadi. Bu diniy qarashlar esa insonlarning jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishiga zamin hozirlagan. Ma’lumki diniy tasavvurlar so’ngi paleolit davriga oid bo’lib, insoniyatning hayotga intiluvchanlik xissi va yashash tarziga doimiy ravishda o’zgaruvchanlik munosabatlarida tabiat kuchlaridan madat so’rash jarayoni bilan kechgan. Urug’ jamoasi davridan boshlab diniy tasavvurlar vujudga kelgan. Dafn marosimlari esa o’rta paleolit davridan boshlab O’rta Osiyoda jumladan Teshiktosh g’oridan topilgan bolaning dafn etilish bilan bog’liqdir. Dafn marosimlarining inson ongidan e’tiqod shakliga aylanishi esa insonlarning hayot tarzidagi o’zgarishlar bilan kechadi. Ibtidoiy odamlarda diniy tasavvurlarning dastlabki ko’rinishlari qoyatosh suratlarda namoyon bo’lgan. F. Lomayev tomonidan topilgan Zarautsoy qoyatosh suratlari, shuningdek Sarmushsoy qoyatosh suratlari va quyi Zarashonning shimoliy o’zani tarafidan Oyoqagitma makonidan topilgan suratlarda aks etgan.Ibtidoiy diniy tasavvurlarning o’rganilishiga ahamiyat berilgan chet el olimlaridan V.M. Masson, Tokarev S.A, A.Asqarov, Sh.Shaydullayev ilmiy asarlarida ochib berilgan. Bu esa ibodat marosimlarini bir joyda jamlanishiga asos bo’lgan.

_______________________________

3.Кабиров Д.Ж. Древнейшая наскалъная живописъ Зараутсая. Первобытное искусство. Н. 1976 г. С. 73-80

4. Шайдуллаев Ш. Узбекистон ҳудудида давлатларнинг пайдо булиши... Т.Ф.Д. дис. Афторефарат. С, 2009.

I-Bob O`rta Osiyoda diniy tasavvurlarning paydo bo`lishi to`g`risida yangi qarashlar.

1.1 Diniy qarashlarning xilma xilligi.

Jamoaning qonun qoidalaridan chiqmagan holda qolaversa 20-50 kishidan iborat bo’lgan kichik qabila, mexnat faoliyati jarayoni (ov oziqa izlash, qurol yasash, turar joyini jixozlash, olovni saqlash va k.k.) doimiy ijtimoiy munosabatlar, oilaviy urug’doshlik aloqalari va xodisalar jarayonida (ayollar almashuvi va nikox aloqalari, tug’ilishi va o’lim) afv etishdan ushbu jamoaning rux homiylari istalgan

va haqiqiylik o’rtasidagi jodu aloqalari to’g’risida ibtidoiy tasavvurlar mustahkamlanib joylashgan.

Bunday kaspiy fantastik tasavvurlarni kelib chiqishini yuqori diniy orqali namoyon etishimiz mumkin. Ikki muxim yangi usullar bilan namoyon etishimiz mumkin bu davrdagi sopient odam sopientgacha bo’lgan davrdan tubdan farq qiladadi. Birinchidan kumish jarayoni. Gorli sopient odam o’z qarindoshlarini kumishda maxsus marosimlar o’tkazar edi, shu bilan birga marxumlar ma’lum bir tayorgarlik udumlari bilan ko’milar edi: jasadni qizil mineral bo’yoq bilan qonlar edilar, uning yoniga kundalik extiyoj buyumlari, zeb-ziynatlar, asbob anjomlar va k.k. qo’yilar edi. Bularning bari o’z jamoa azolarini dafn etayotgan jamoa oxirat mavjud ekanligi ekanligi xaqida ibtidoiy tasavvurlari bo’lganligidan dalolat beradi. Tasavvurlar qanchalik iztirobli bo’lmasin, yuqori Paleolit odamlari uchun yerdagi hayot bilan bir qatorda o’zga dunyo mavjudligi to’g’risida g’oyalr vujudga keldi: marxumlar tiriklar hayotiga qandaydir ta’sir eta oladilar.


_______________________

5.Вaсеъев А.С “ История релегии Востока”. M. 1997.

Odamlar va hayvonlar o’rtasidagi bu aloqalar ma’lum yuqori paleolit odamining tug’ilsh vako’payishib odati bilan namoyon bo’ldi. Ibtidoiy jamoalardan olgan tasavvurimizga ko’ra qabilada urug’dosh guruhlarga tansformatsiya bosqichida ma’lum diniy tushunchaga ega bo’ladi.



Totemizm - bu odamlarni nson hayvonot yoki o’simlikning aniq turlariga qarindoshchiligiga ishonchligidan paydo bo’lgan, ehtimol ma’lum birjamoaning ilk asosiy oziqalaridan tashkil topgan. Keyinchalik vujudga kelayotgan qabilaning diniy tasavvurlarini asosiy shakillariga aylandi. Urug’dosh guruhlarning a’zolari odamlar belgilari va ularning totemini o’zichiga olgan ajdodlaridan paydo bo’lganiga ishonar edilar ( ya’ni go’shtini istemol qilish ) odam va uning totem qarindoshligi to’g’risida fikrga olib borishi mumkin edi – bular aslida bir substansiyadan tashkil topgan edi. Ammo bunday totemlar va odamlar orasidagi aloqalar chuqur qadimga tegishlidir va bilvosita ularning mavjud bo’lganligiga faqatgina qadimgi rivoyatlar tasdiqlandi. Masalan: Hozirgi davrgacha Avstraliya Aborigenlari orasida saqlanib qolgan afsonalar ular tasavvurlari, ov va ovlik sexri bilan hamda terisiga odamlarning niqoblar io’rtasidagi boshlang’ich keskin aloqalar to’g’risida ma’lum etadi. Totem tasavvurlar. urug’dosh jamiyatning shakillanish jarayonida totem shakillanishi muxim rol o’ynaydi. Ayniqsa ular qarindosh guruhlarning boshqalardan ajralishiga sabab bo’ldi, o’zimizniki degan aniq taasurot paydo bo’ldi, ya’ni bir totemga mos asrlar davomida paydo bo’lgan urf-odatlar va normalar qat’iy qo’llanildi, bu totemga xos bo’lmagan notanishlar bu jamoa urf odati va normalari totemda qabul qilinganidan chetda hisoblangan. Totemizmning bunday ijtimoiy roli totemistik ko’rinishlarini evalutsion xarakteriga ham ta’sir ko’rsatdi.

__________________



. 10Василъев Л.С. История релегий востока.
Vaqt o’tishi bilan qarindoshlik tizimining mustahkamlanib borishi

jarayonida birinchi darajali totem tartibi haqida tasvir oldinga surildi zooantropofomorf ko’rinishi bilan aralashgan holda, ya’ni yaqin qarindoshlik haqida odam bilan uning totem qarindoshligi orasida oilaviy munosabatlar haqida va nixoyat reinkornatsiya haqida tasavvur paydo bo’ldi, ya’ni odamning vafot etgan qisman avlodning uning totemiga aylanishi yoki aksar bo’lishligi haqida. Birinchi tomondan buning hammasi o’tgan ota bobolar ruxlarining kuchayishiga va ilohiy kuchlarga ishonchni oshirishga olib kelgan bo’lsa, ikkinchi tomondan totemga bo’lgan munosabatlarni o’zgarishiga qisman totemni ozuqa qilib iste’mol qilish va taqiqlab qo’yish paydo bo’lishga olib keldi. 1 Tabu – taqiqlash tizimi paydo bo’ldi, ulardan eng muximi totem ovqatni iste’mol qilishda taqiqlash faqat ritual tavsifga ega bo’lgan holatlarni go’shtni totemda iste’mol qilish holatlaridan tashqari, bu esa qadimgi norma va qoidalarni eslatadi. Shunday qilib, birinchi tartibdagi totem shaxsiy kuchlarga ishonch qudrati bilan o’z madaniyatini boshqalarnikidan nisbatan yuqori qo’yish biilan tabu taqiqlash taqiqlash tizimi bilan urug’chilik jamoasi ijtimoiy jamoalarning eng birinchi diniy ko’rinishlarini tarixiy asosi bo’lib qoldi. Insoniyat rivojlanishining dastlabki qadamlarida totemizm dinining asosiy vazifalari – bir yaxlitga aylantirilishi, nazorat tartibga solish, xattoki ma’lum darajada o’rnini to’ldirish kabi vazifalarni bajarish. Yana shuni aytib o’tish kerakki oxirgi vazifani ko’proq va to’laroq uzoq o’tmishda bo’lgan diniy oqimlarni va korinishlarning boshqa dastlabki formasi – animizm bajargan.

_____________________________
11. Виноградова Н.М. Отчет о работе Южно Таджикистанского археологического отряда ЮТАЭ на поселении Кангурттут в 1984 г // АРТ - Вып. ХХIV.- Душанбе, 1993.-С. 242-253.
Animizm – bu ruxlar mavjudligiga ishonch tabiat kuchlarini ruxlantirish hayvonot, o’simlik va jonsiz jsmlarga ongini layoqatini va tabiiy qudratini shakillantirish demakdir. Ilk animistik tasavvurlar qadim o’tmishda, ehtimol totemistik qarashlar paydo bo’lgungacha, oilaviy jamoalarini shakillangunicha ibtidoiy jamoa davri vujudga kelgan. Biroq yetarli tushinib yetilgan va barqaror ko’rinishdagi diniy harakterga ega bo’lgan tizim sifatida kechroq shakillangan totemizm bilan yonma - yondir . Totemizm animizmdan farqlanadi. agarda totemizm ma’lum bir oilaviy guruhning ichki istemoliga yo’naltirilgan bo’lsa, uni boshqalardan farqlash, animistic tasavvurlar esa keng va umumiy harakterga ega edi. Ular hamma va xar kimga tushunarli va ma’qul bo’gan. Shu bilan birga, bir ma’noga rga ( bu ham tabiiy, ibtidoiy odamla nafaqat tabiatning qudratli kuchlarini osmon va yer, quyosh va oy, yomg’ir va shamol, momaqaldiroq va chaqmoq) ilohiylashtirilibruhiylashtirar edi. Tabiiyki, ibtidoiy odamlar nafaqat tabiatning buyuk mavjudliklarini, balki rel’efning ayrim alohida qisimlari ( tog’lar ba daryolar, adir va o’rmonlar) kabi odam e’tiborini tortuvchi narsa va jismlarga ham ilohiy munosabatda bo’lar edlar. Hattoki ko’p yillik daraxt, kattaroq harsang tosh jarliklarga o’xshash narsalar ham ibtidoiy yovvoiy odamlar tasavvuruda jonli, tafakkurli, sezuvchan va harakat qiluvchi, shuningdek yaxshilik yoki yomonlik keltirishi mumkin deb tushunilgan. shunday bo’lgach ushbu tabiiy narsa, hodisalarga e’tibor bilan munosabatda bo’lish taqazo etilardi, qurbonliklar qilish, ularning haqqiga duo qilib marosimlar uyishtirishardi. Totemistik guruhlar bilan animistic sig’inishlar va urf odatlar bog’lovchi bo’lim bolib hizmat qiluvchi asosiy tandan alohida bo’lib kelgan odamlarning, ayniqsa vafot etganlarining ruakiga ishonish bu animatizmdir.

______________________



.Кабиров Д.Ж. Древнейшя наскалъная живописъ Зараутсая. Первобытное искусство. Н. 1976 г. С. 73-80
Ibtidoiy odamlar o’lganlarning ruxlariga yuqori darajali xurmat ko’satish orqali qudratli kuchga ega bo’lgan katta dunyoda o’lganlarning himoyasiga umid qilganlar. Shunday qilib, Animistik va totemistik sig’inishlar va urf-odatlar ibtidoiy jamoa hayotida aокaеши bo’lmaydigan majmuaga berilib ketganlar va bular orqali jamoaning hayot uchun yengil bo’lmagan kurashda har kunlik turmushning achchiq haqiqatlari doirasida o’z aksini topdi.

Magiya - Material natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta’sir etish maqsadida ishlatiladigan ritual urf odatlar majmuasi bu magiyadir (afsun).

Afsungarlik totemizim va animizm bilan bir vaqtda paydo bo’lib, u orqali totemlar ota bobolar ruxlar dunyosi bilan hayolan bog’lanishlarini amalga oshirib kelganlar. U qadim o’tmishda paydo bo’lib, minglab yillar davomida rivojlanishda davom etib, saqlanib kelgan. Odatda afsungarlik urf odatlari bilan maxsus odamlar shamanlar, afsungarlar shug’ullanganlar, ular orasida ayniqsa uzoq, o’tmishda ayollar ko’p o’rinni egallaganlar, bu shamanlar va afsungarlar jazavali va asabiy kishilar bo’lib, o’zlarini ruhlar bilan muloqotda bo’lish ularga jamoaning umid va niyatlarini yetkazish, ularning irodasini talqin qilish qobiliyatiga chuqur ishonganlar. Shamanlar holatda ma’lum ritual harakatlar orqali ovoz chiqarish, ashula aytish, raqisga tushish, sakrash bilan nog’oralar va qo’ng’iroqlar ovozlari bilan o’zlarini jazavaga solib o’zini yo’qotish yuqori darajasiga yetkazish bilan afsungarlik qilish, tomoshabinlar ham odatda o’zini yo’qotish darajasiga yetib marosimlar ishtirokchilari bo’lib qolishar edi. Odatda shaman marosim oxirida bir holatga kelib hech narsani eshitmay, ko’rmay qolar edi. Shuning uchun uning

_______________________________

Esanov M. Bronza davrida qadimgi Baqtriya va Marg’iyona aholisining zoolatrik diniy qarashlari // O’zbekiston moddiy madaniyat yozma manbalarda. – T. Fan.

ruhlar dunyosi bilan muloqoti xuddi shu holatda amalga oshadi deb hisoblanardi. Umuman olganda ritual marosimlar qismlardan iborat bo’lgan afsungarlik jamiyatini haqiqiy talabalaridan keib chiqqan holda hayotda amalga oshirilgan. Ilohiy kuchlar dunyosi bilan bunday boshlanish yo’li hayotda ma’lum oldindan bilib bo’lmaydigan sharoitlardan kelib chiqqan. Lekin shu bilan birga afsungarlik odamlarning prologik fkir yuritishi, ongini mustahkamlashda katta rol o’ynaydi, bu esa diniy ongni shakillanish jarayonida muhim o’rin tutdi. Afsungarlik fikr yuritish rivojlangan sari odamga o’z o’zidan bo’ladigan va aniq, ma’lum narsalar ham olinadigan natijalar faqatgina maqsadli yo’nalishdagi harakatlardan emas, balki ilohiy kuchlar afsuni bilan bog’liq bo’lgan sharoitlardankelib chiqadi deb hisoblangan. Bu esa o’z navbatida hunchilik aniq hodisalar, hattoki alohida buyumlar, afsungarlik kuchi egasi sifatida qabul qila boshladilar.

Shunday qilib fetishism paydo bo’ldi, unung ma’nosi shundan iboratki, alohida buyumlardan hohlagan natijani olishga va voqealar sodir bo’lishga ta’sir ko’rsatuvchi afsungarlik kuchi ta’sir qiladi, degan xulosaga kelishdi. Fetish haqida ham zararli ( o’lik shunday xisoblangan, shuning uchun ko’mish xaqida

tashvish,o’likni tabu qilis, o’lim marosimidan keyin tozalash marosimini o’tkazish kabilar shundan kelib chiqqan), ham foydali fikr paydo bo’ldi.

Fetishizm daraxtdan, loydan va boshqa materiallardan yasalgan buyumlar va xar xil turdagi narsalar va timsollardan iborat bo’lgan buyumlarni paydo bo’lishidan shakillangan. Bu buyumlar va tilsimlarda guruhlar o’tmish avlodlar va totemlar dunyosidan keladigan ilohiy qudratni qisman buyumlardagi egalarini qurdilar.

____________________________



Esanov M. Bronza davrida qadimgi Baqtriya va Marg’iyona aholisining zoolatrik diniy qarashlari // O’zbekiston moddiy madaniyat yozma manbalarda. – T. Fan. B. 92-97

21. Cредная Азия в эпохе камня и бронзивого века. М.Л 1961

Bunday fetishga odatda afsunlar shamanlar ega edilar. ular kontakga va o’xshash

afsunlik usullariga binoan bunday buyumlarga ta’sir ko’rsatganlar. Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy ta’ssurotlari umumiy majmuasini shakillanish jarayonida fetishism yakiunlovchi bosqich bo’lb qoldi. Haqiqatda ajdodlarni va tabiatni jonlantrish bilan bog’liq bo’lgan animism va totetmlar hamda o’lib ketgan avlodlar shaxsiga bog’liq totemlar orqali ibtidoiy odamlar ongida real buyumlar bilan birga ilohiy va ilyuziya dunyosi borligi haqida tushuncha paydo bo’ldi. Shu bilan birga bu ikki dunyo doirasida unda yashovchilarning jonsizligiga qaramasdan ibtidoiy odamning aqli xuddi birinchi dunyodagidek so’zsiz borlikni qurdilar. Bu degan so’z favqulot irodasidan bog’liq bo’lgan va sabab yakunlovchi aniq munosabatlarga suyanish olarning ongidagi urologic afsonaviy fikr yuritishni mustahkamladi. Va nihoyat fetishlar paydo bo’lishi shuni ko’rsatadiki, afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo’shliqda uchib yurish xususiyatiga ega bo’lib qolmasdan, balki bor dunyodagi buyumlarda ham bo’lishi mumkin. Shunday qilib, urug’chilik jamiyatining tashkil toppish jarayonida ibtidoiy odamlarning ongida dastlabki diniy ko’rinishlarni keng aniq tog’ri majmuasi ishlab chiqildi. Uning ma’nosi shuni anglatadiki, odamning hayotining bu dunyoning katta imkoniyatlari erkin irodasi va erkin kuchli odamning haqiqiy hayotini bo’linmas, xattokiy asosiy qismi bo’lib qoldi. Jamiyat va tabiat qonunlarini albatta o’sha ta’minlangan bo’lishni istasa birinchi vazifasi г qudratni juda ham xurmat qilishi kerak. Dunyo haqidagi bu tasvir vaqtlar o’tishi bilan tabiat o’z- o’zidan bo’ladigan ta’svirga aylanib jamiyatni bugun ananaviy hayotiga uzoq o’n minglab yillar

davomida shu oqimda o’tdi- ham deganda neolit davrigacha ham qoloq xalqlar uchun undan keyin ham alohida holatlarda esa xozirgi kungacha majud bo’lgan .

___________________________

.Кабиров Д.Ж. Древнейшя наскалъная живописъ Зараутсая. Первобытное искусство. Н. 1976 г. С. 73-80

Ma’lumki yuqori paleolit davri o’ziga xos tabiat inomlari o’zlashtiruvchi va yozuvchi ibtidoiy qarindoshlik

jamoalari 10-12 ming yil oldin tugagan va nixoyat uning izidan mezolit davri boshlangan, so’ngra esa neolit Ming yillar mobaynida ibtidoiy odamlar yangi tusdagi jamoaga o’tish og’ir jarayoni davom etdi, ya’ni dexqonchilik va bu jarayon neolit revamtsiyasi deb ataladi. Chunki jamoa tarixida ular bilan bog’liq bo’lgan tub o’zgarishlar revalutsion to’ntarishlar katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Nixoyat uchinchi ijtimoiy tengsizlik dinsiz jarayonda neolit davridagi sig’inish asta sekin marhumlar vakillarining qatlamiga sig’inish shakliga o’zgara boshladi. Eng avvalo dohiylarga hamda oqsoqollarga. Bu oddiy va mantiqiy tushuntirilardi dohiylar jamoaning birinchi hamda bosh vakili hisoblanardi. Ular jamoaning farovonligiga yuklatilgan edi. Dohiyga afsonaviy kuchga, hudoning marhamatiga, tabarruklikga ega bo’lgan shaxsdek qarashar edi. Vaqt o’tishi bilan dohiy odamlardan yiroqlashardi uning badani, ovqati, kiyimi boshqalar uchun taqiq etila boshladi.

Dohiylarga sig’inish trik yoki marhumlar dini kompleksini o’zgarishida va rivojlanishida eng muhim rol o’ynadi. Bu sig’inish birlashtiruvchi rol o’ynaydi, u ijtimoiy organizmni gaamagen etnik umumiylik chegarsidan chiqib ketishi hamda etnik getirogenni shakllanishini murakkablashini vujudga keltirayotgan ilk davrida dohiylarga sig’ish muhim bog’lovchi ma’noni anglatar edi.

Ko’pincha D.Frezr ko’rsatib o’tganidek dohiylarning sog’lig’i hamda

katta jamoaning gullashi ramziy hisoblanardi, shuning uchun qarigan dohiylarni
. Shaydullayev SH.B. Avesto va moddiy madaniyat. “ O’zbekiston tarixi” № 3 Toshkent, 2004

20. Esanov M. Bronza davrida qadimgi Baqtriya va Marg’iyona aholisining zoolatrik diniy qarashlari // O’zbekiston moddiy madaniyat yozma manbalarda. – T. Fan. B. 92-97
hokimiyatdan chetlatilardi (ko’pincha zaharlantirilardi).

Fetishizm – eng qadimiy diniy tasavvurlardan biri. Fetish portugalcha “fetishio” “sexrlangan buyum” “tumor” degan ma’noni bildiradi. Fetishga etiqod qilganlar turli jism modda, buyum va narsalarning sexrli kuchi borligiga ishonishgan, ulardan ruxiy madat olish himoya vositasi sifatida foydalanishga harakat qilishgan.

Narsalarning ilohiy kuchga ishonish markaziy osiyo xalqlari tarixida o’ziga hos tarzda namoyon bo’lgan. Masalan qo’lida tosh quroli, toshdan yasalgan pichoq, tosh bolta, tayoq, to’qmoq, yog’och .ovda g’olib chiqishsa o’sha qurollarda ilohiy kuch bor deb ishonishgan. Shu bois ularni yo’qotib o’g’irlatib qo’ymaslik uchun doimo o’zlari bilan olib yurishgan. Maxsus belgilar qo’yib kul’tga aylantirishgan. Shunday qilib amaliy extiyoj asosida vujudga kelgan zarur jismlar kul’ti paydo bo’lgan. Fetishizm taraqqiyoti natijasidyta fetishbyumlarga taluqli maxsus ilohiy obrazlar yaratilgan. Jumladan, turli sanam, but, haykalchalar yaratilib ularga sig’inilgan.

Yurtimizda mavjud bo’lgan butparastlikning bir ko’rinishi haqida Narshaxiy shunday yozadi: “Qadim vaqtlarda – buxoro aholisi butparas va bu bozor (“Bozori moh” – U.Q.) rasm bo’lib o’sha davrlardan boshlab bu yerda but sotganlar. Odamlarda but yo’qolsa, sinsa yoki eskirsa shu bozor kuni boshqasini sotib olar va eskisini tashlar ekanlar (Narshaxiy. Buxoro tarixi.”meros” T .”Kamalak”. 1991 102 b.) butparastlik rivoj topgan joylarda fetishizmga oid vositalardan foydalanish ananalari maxsus uyishtriladigan marosim darajasiga ko’tarilgan. Masalan, sanamlarga sig’inish, qum, loy, tuzga tushish, yada toshi yordamida yo’mg’ir chaqirish isiriq solish kabi marosimlar tarixiy manbalarda qay etilgan.
Narshaxiy. Buxoro tarixi.”meros” T .”Kamalak”. 1991 102 b

XIX asr oxirida ko’plab olimlar mehnati natijasida juda ishonarli isbotlangan xudolarga etiqod, undan ham muhimroq bir hudoga etiqod paydo bo’lgan. Bu etiqoddan animizm kelib chiqgan. Bu aniqlik xristiyanlarga yoqmagan. Natijada ibtidoiy monotsizm yoki promonotsizm konsepsiyalari yaratilgan. E. Leng tomonidan ilgari surilgan dinning boshlang’ich shakli monotsizm degan fikrni “Stanovlennie relegii” – dinni paydo bo’lishi 1892-yil. Katolik ruhoniy, etnograf

va lingvist V. Shmidt qayta ishlab chiqgan. Avval nisbatan kichikroq maqollalarda keyinchalik esa 12 tomlik ”xudo g’oyasining kelib chiqishi kitobida” 1912-195 – yillarda izohlagan. E. Leng ham V. Shmid ham ko’pgina qoloq xalqlardan qandaydir g’ayritabiiy mavjudodlarga etiqod bo’lganligini e’tirof etishgan.

Ko’pgina qadimiy xalqlarda masalan ajdodlarini ikki turi o’rtasida farqlar bo’lganligi aniqlanadi. 1. totemistik ajdodlar. 2. unchalik uzoq bo’lmagan ya’ni hozirgi davrda halok bo’lgan ajdodlar.

qadimiy hisoblashsa boshqalari sxematik belgilar va geometrik xususiyatlar deyishgan.

Ibtidoiy odamlar hayvonlarni ularning ta’sviri bilan bog’lashgan. Ular hayvonni o’ldirsa ov omadli bo’lishiga ishonishgan

Ulardan yordam so’ramoqchi bo’lganlar ular bilan aloqa o’rnatgan: duo, qurbonlik, marosimlar yordamida yordam so’rashgan. Ibtidoiy ong jonli va jonsiz hayvon o’rtasida farq o’tkazmagan. Ba’zi dinlarda mavhum imanent mistek kuchga aniq ifoda berilgan. Ba’zi dinlardagi taqiqlar “Tabu” nomini olgan. Animatizm. Ruhlar olamiga nisbatan keng tarqalgan tushunchalardan biridir. Ko’plab ibtidoiy odamlar ongida tabiatga nimaiki bo’lsa nafaqat jonli balki biz jonsiz deyishga qolganlarimiz ham hammasi mistek tabiatga mohiyatga ega.
___________________________

Менъ. А.история релегию. М. 1994ю

Fetishistlik qarashlar natijasida vujudga kelgan tadbirlardan biri yana toshi yordamida yomg`ir chiqarish marosimidir.

Maxmud Qoshg`ariyning “Devoni-lug`otit-turk” asarida yana toshi yordamida fol ochilgan va yong`inni to`xtatish uchun qor yog`dirgani haqida qiziqarli ma`lumotlar keltirilgan.1

Qadimgi Irtish odatlaridan yana bir - isiriq tutatish marosimidir. Isiriq ko`z tegmaslik? Insu- jinsni qochirish maqsadida tutatilgan.Undan kasallik turli ofat va dardlardan xalos bo’lish uchun foydalanilgan.

Ko`zmunchoq, tumor va boshqa shu kabi bezak fitishlarini taqib yurish odatlari Markaziy Osiyo xalqlari orasida hozir ham uchraydi. Aslida, tumor ko`zmunchoq kabi fitish bezaklar utilitr vazifalarni bajargan.

Ular tarixiy jarayonda ularning estetik, badiiy va ramziy vazifalarining ahamiyati osha brogan. Ular mahalliy xalqlarning orzu- istaklarini ifoda etib an`anaviy - badiiy bezaklarga aylangan.

_________________________________

Mahmud Qoshg’ariy “Devoni –lug’otit turk” 1963. 8-bet


Download 363.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling