Mundarija kirish II. Asosiy qism. Bob. O’rta Osiyoda diniy tasavvurlarning paydo bo’lishi to’g’risida yangi qarashlar
O’rta Osiyo xalqlari diniy tasavvurlarini shakillanishida jonivor va qushlarga sig’inish
Download 363.31 Kb.
|
KURSISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ajdodlar ruhiga sig’inish.
- II- Bob O`rta Osiyoda diniy tasavvurlarning paydo bo`lishiga doir arxeologik manbalar. 2.1 . Qon qarindoshlikga asoslangan urug`chilik davri manbalari.
- Ibtidoiy jamoa davrida tasviriy .
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : SIYOSIY ADABIYOTLAR
- ASOSIY ADABIYOTLAR
1.2 O’rta Osiyo xalqlari diniy tasavvurlarini shakillanishida jonivor va qushlarga sig’inish. O’rta Osiyodagi madaniy yodgorliklar ushbu mintaqa xalqlari hayotida diniy tasavurlarning boy va xilma xil bo’lganligidan dalolat beradi. Bunday rang barang holatning vujudga kelishiga asrlar davomida mahalliy aholining dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanib kelganligi, davr o’zgarishlari, xalqlarning ko’chib yurushlari boshqa xalqlar etiqodlarining va mintaqa uchun yangi bo’lgan diniy tizimlarning kelib tarqalishi sabab bo’ldi. Tarixda va hozirgi kungacha ma’lum bo’lgan jonivorlar va qushlarga sig’inish eng ahamiyatli diniy tasavvurlar bilan bog’liqdir. Masalan O’zbekistondagi Teshiktosh mavzeyidan topilgan neandertal bola murda skleti tog’ echkisi shoxi bilan yonma yon qo’yilgan; shunday shoxlar shu kunlarimizda ham Tojikiston va Qirg’izistonning chekka joylaridagi musulmon machitlarini bezab kelmoqda. Ziyoratgoh joylarga tog’ echkisi va qo’chqor shoxlarini osib qo’yish nisbati tog’li mintaqalarda ko’proq tarqalgan. Yovvoy hayvonlar shoxlarining sarkal xosiyati haqidagi tasavvurlar umuman sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Islomiy muqaddas joylarda osib qo’yilgan shoxlarni yangi din tarafidan o’zlashtirilgan qadimiy diniy tasavvurlar qoldiqlari sifatida qarashimiz mumkin. Avliyolar mozorlarida, farzand tilab ziyorat qiluvchi ayollar ushbu shoxni asta chertganlar, agar shoxdan avliyoning muqaddas qabri ustiga chumolilar tushsa, unda ayol farzandli bo’ladi deb shonishgan. Turkmanistonda sh kunlargacha yaqin kishisi qabriga marhumning u dunyosi obod bo’lishi uchun tog’ echkisi shoxini qo’yadi. Mang’ishloq, Ustyurt va Kaspiy dengizining shimoliy sharqiy qirg’oqlarida joylashgan qabirlarga qo’y toshlar qo’yilgan. ____________________
Qo’y toshlar yotgan hayvon shaklida ko’proq uchraydi. Odamlar tasavvurida, qabirlarga qo’y toshlar o’rnatilsa vafot etgan odam bilan birga qut baraka ketmasdan uyda qoladi deb ishonishgan. Tojikistonning tog’li xududlaridagi uylarning devorlarida muvaffaqiyat va omad ramzi sifatida qizil va sariq Rangda tog’ echkilarining rasmlari uchraydi. Qo’y toshlarga sajda qilish Markaziy Osiodagi barcha xalqlarning diniy etiqodlariga xosdir, chunki qo’y echkilar chorvador xo’jalikda asosiy tirikchilik manbaidir. Chorvadorlar tog’ echkisining go’shtini mo’jizakor kuchga ega deb hisoblaydilar. Ular yilga bir marotaba tog’ echkisining go’shtini tanavvul qilgan odamning yil davomida bilib bilmnay qilgan gunohlari yuvilib ketadi deb xisoblaydi. Boshqa xollarda esa qo’chqorni muqaddas ahamiyatga ega ekanligi haqidagi tasavvurlarni uchratish mumkin. Masalan, avvalgi o’g’li vafot etgan yangi tug’ilgan chaqaloqqa yomon tasir ko’rsatishi mukin bo’lgan ruhlarni qo’qitish maqsadida Qo’chqor deb ism qo’yishgan. Xoram vohasida esa xonadonni ko’z tegishdan saqlash maqsadida hovlilarida qo’chqor boqqanlar ularning tasavvuricha yomon nazar qo’chqorning shoxiga tegib o’z kuchini yo’qotadi. Bo’ri ham qadimgi xalqlarda muqaddas hisoblangan. Yurtimizning ba’zi xududlarida xususan Andijon viloyatida yashovchi xalqlar orasida ayollar ko’zi yorishini yengillashtirish maqsadida unga quritilgan bo’ri yuragidan berishgan. Urug’ qabila tizimining diniy e’tiqodlari dehqonchilikga e’tiqod qilish. Dehqonchilikga e’tiqod qilish – asosan hosildorlikga ta’sir ko’rsatuvchi tabiat omillari timsoliga sig’inishdan iborat bo’lgan. Taxminan sakkizming yil ilgari ketmon bilan dexqonchilik qilish, ishlab chiqarish faoliyatining asosiy turi edi. Dexqonning tabiat xodisalariga bog’liqligi va ayolning yetakchilik roli o’sha rolda davrning asosiy xususiyati bo’lib qolaverdi. _____________________________ Shaydullayev SH.B. Avesto va moddiy madaniyat. “ O’zbekiston tarixi” № 3 Toshkent, 2004 Ajdodlar ruhiga sig’inish. Rivojlangan tuzum ucuhun, birinchi navbatda ota urug’i uchun, o’tmishda muayyan o’rin tutgan urug’ boshliqlari, jangchilar ruhini yod etib, ajdodlar ruhiga sig’inish rasm bo’lgan. Ajdod ruhini anglatuvchi sanam diniy etiqod ifodasi edi. Ajdodlar ruhi hayot bo’lgan qarindoshlari homiysi va asrovchisi hisoblangan. Ibtidoiy jamoa tizimi yemirilib borishi bilan diniy qarashlar ham o’zgargan. Diniy afsonalar mazmuni diniy etiqod amaliyoti ham o’zgardi. Jonivorlar va qushlarga sig’inishning arxeologik belgilari. Otga sig’inish Turkiy xalqlar orasida mavjud bo’lib buni janubiy Qirg’iziston tog’laridagi Aragon, Ayrimoch tog’ qoyalarida bitilgan otlar tasvirida ko’rishimiz mumkin. Tasvirlar tagida hayvonlarni qurbonlikga keltirib sham yoqish uchun tokchalar yasalgan. Otning muqaddasligi faqat chorvador xalqlarda emas balki o’troq dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi xalqlar orasida ham keng tarqalgan. Bronza davrida yasalgan hanjarlarning dastaklarida otlarning tasviri tushurilgan. Ilk tosh davrida mayitlarni otlar bilan birga dafn etish odatlari keng tus olgan. Bu ayniqsa o’rta osiyo hududlarida keng tarqlgan. Otni muqaddaslashtirish islomiy asotirlarga ham kirib kelgan. Jumladan O’ratepa (Tojikiston) Aravon (Janubiy Qirg’izistonda) Halifa Alining afsonaviy oti Dul dulning toshdagi tuyoq izlari muqaddas sanaladi. XIX asrda qozoq qabilalari orasida vafot qilgan kishining marakalaridan keyin marhumning qurbon keltirilgan sevikli otining bosh suyagi qabr yodgorligi yoniga qo’yilgan. Hozir ham bu an’ana davom etib kelmoqda. Qora mol. Qadimgi avesto matnlarida muqaddas ho’kiz timsoli tasvirlari, uning tanasidan xar xil boshoqli ekinlar shifobaxsh giyohlar, urug’idan esa foydali jonivorlarning barcha anlari tarqalganligi haqida so’z yuritiladi. G’arbiy Turkmaniston xududlarida qadimgi zamonlarda yasalgan qoramol haykalchalari uchraydi. История а археология Южной Туркмению Росписи Песседжика. http: // filigria.com Qozog’iston va Qirg’iziston hududlarida bronza va ilk temir davrlarida qoyatoshlarga bitilgan ho’kkiz tasvirlari saqlanib qolgan.Turklarda suv qushlari koinotning turli qisimlari osmon, yer va suv orasidagi vositachi hisoblangan. O’rta Osiyo xalqlari qadimdan toki shu paytgacha qushlarning jumladan boyo’g’li, burgut va lochin patlarining muqaddas kuchiga ishonadilar. Shu sababli kichik yoshdagi o’g’il bolalar va qizchalarning bosh kiyimlari, beshik va belanchaklarini qushlar pati bilan bezaydilar. O’rta Osiyo xalqlari orasida qirg’ovul, tovus, xo’roz muqaddas qushlar deb sanalgan. Diniy e’tiqodlarda O’rta Osiyo va qadimgi sharq zalqlarining madaniyatlari o’rtasida umumiy o’xshashliklar ko’p. Bu ayniqsa sopol buyumlar, tuproqdan yasalgan binolarda namoyon bo’ladi. Mahalliy an’anaviy arxetekturadagi kumbaz, qubba, ark kabi o’zini o’zi ushlab turuvchi inshoatlarni keng tarqalishiga O’rta Osiyoda daraxtlarning kamchiligi sabab bo’lgan. Archa, chinor daraxtlari qadimdan muqaddas deb sanab kelingan. Ba’zan har bir g’ayritabiy ko’rinishga ega bo’lgan daraxtga sajda qilish hollari uchraydi. Archa va chinor daraxtlari juda qadimdan muqaddas kuchga ega obekt sifatida ezozlangan. II- Bob O`rta Osiyoda diniy tasavvurlarning paydo bo`lishiga doir arxeologik manbalar. 2.1 . Qon qarindoshlikga asoslangan urug`chilik davri manbalari. Diniy qarashlarning paydo bo’lishi to’g’risida ko’plab yozma manbalar kamroq, negaki diniy qarashlar yozuv paydo bo’lishidan ancha oldin paydo bo’lgan. Aniq ishonch bilan aytish mumkinki, O’rta Osiyoda xalqlarning ibtidoiy diniy qarashlari so’ngi paleolit davridan boshlab paydo bo’la boshlagan. Mustye davriga oid Teshiktosh g’oridan topilgan neandertal bola qabridan qizil rang – ohira ilarining topilishi va qabirning hayvon shoxlari bilan o’ralishi bu fikrning yaqqol ashyoviy dalili bo’lib hizmat qiladi. Neolit va Eneolit davrida, ya’ni qon – qarindoshchilikga asoslangan urug’chilik jamoasi davrida jamoaning alohida ajratilgan sajdagoh – sig’inish xonalari paydo bo’ladi. Bu davrda butun jamoa uchun bitta umumiy sig’inish xonasining bo’lshi xarakterligi. Huddi shunday xonalar , Pasadiqtepa, Chaqmoqli, Yassitepa, Yalong’och yodgorliklarida o’rganilgan. 1 Neolit davridagi diniy tasavvurlar. Neolit revolutsiyasi odamlarning turmushini, ularning ta’sir etadigan barcha sohalarini tubdan o’zgartirdi. Odam o’simliklarni o’stirish, ozuqa zahilarini hosil qilishni asta sekin o’rgandi. Va bu odamni ot’troq hayot kechirishga majbur etdi. Odam hayvonlarni qo’lga o’rgatgan hamda ular berayotgan maxsulotdan foydalanishni o’rgandi. Bu nafaqat go’sht, balki sut va teridir. Ovqat pishirish bilan tanishish hamda idishlar yasash odamga yangi muhim materiallarni o’zgartirishga majbur etdi. Odam ovqat va ichimliklar saqlash uchun mo’ljallangan idishlar, uy qurish uchun foydalanilgan loyni tayyorlashni o’rgandi. _________________________________________________ 1 Шайдуллаев Ш.Узбекистон худудида давлатчиликнинг пайдо булиши ва ривожланиш боскичлари .Т .ф.д. даражаси учун ѐзган диссер.С.2009. Neolit davri dehqonlarga yangi ishlab chiqarish imkonini berdi. Dehqonlar zich va ko’pchilik dehqonlar bilan o’rnashardi. Tinch va ovqat bilan ta’minlash, tug’ilish va bolalarni tirik qolishi, o’sishiga imkon berar edi. Aholining keskin ko’payishi yangi yerlarni o’zlashtirishga hayot tarzini o’zgarishi diniy tasavvurlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratadi.1 Dehqonchilikning ehtiyojlari xosilini uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutish kerakligiga hamda aniq vaqtni hisoblash muhimligi, yer shari sikllari – bu hammasi dehqon qabilalarining osmonu yerga quyoshu oyga, yomg’iru shamolga yangi qiziqishni paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu degani qudratli ruhlarga bog’liqlik sezilarli va ko’zga tashlanadigan bo’lib qoldi, iltijo va qurbonlik ularga atalarda ularga ataladi, ammo o’ta tabiiy imkoniyatlar to’g’risidagi tasvirlar keskin o’sar edi. Natijada qadimgi ruhlar animistik sig’inish obyekt asta sekin o’ta qudratlidir hudolarga aylandilar. Ular uchun mikrop hamda cherkovlar tashkil etadilar va ulardan kecha va kunduz dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan mutaxasis hizmatkorlarning – kelajakdagi kohinlar hizmat qilardi. Qadimgi totomistik tasavvurlar ham o’zgarardi dehqonlarni kasbi ov natijasiga bog’liq bo’lmagan holda, hayvonlarni qadirlay boshladi, ammo hayvonlar va totomistik tog’risidagi tasavvur avlodlar hotirasida saqlanib qolavergan. Bu esa tashqi qiyofani biron – bir ko’tarilgan hayvon siymosida o’tmishda aks etgan. Tangrilarni ko’pining ko’rinishi hayvon, Qush baliqlarning yo boshi yo tanasidan bo’lar edi. Mifologik ajdodlarning yuqorida aytib o’tilgan tangriga qarindoshligi saqlanib qolgan2. Fetishizmning sokin va harakteri o’zgardi tangrilarning qudrati butler mehroblar yoki cherkovlar yonida keltirilgan qurbonliklar yirik haykallar shakliga aylanadi.Ilk fetishizmning yuksalishda bu haykal va qurilmalar ibodatxonalarni ramz etadi. __________________________________________________________________ 1 Maссон В.М. Поселение Джейтун Проблема становления производящей эканомики.Л.1971.-с 178-180. 2 Васильев А.С. История религий Востока.М. 1997. Sig’inish davri ( ko’pincha bahor va kuzda ) iloh hamda ruhlarga atab tantanali diniy marosimlar bilan o’tar edi. Bu diniy marosimlar hamda udumlar faollik timsoli va ramzlari bilan Hoshiyalangan edi. Bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki, yuqorida aytib o’tilgan timsol va ramzlar erkaklarni urug’lantirish va ayollarni serpushtligiga manosini hamda ijodiy potensiyallarini bog’lashni anglatdi. Unumdorlik, ko’payish, serpushtlikka sig’inishlar mifologiyalarda o’z aksini topgan. Rivoyatlarda ko’pincha erkak va ayol qiyofasida qudratli ilohlar uchraydi. Ular bir-biri bilan xar xil sarguzashtli, yolg’onli nikoh aloqalariga kirgan. Ayniqsa tangrini ayol bilan bo’lgan aloqasi mifologik syujetda aks etgan. Shu tasavvur etilgan aloqalardan totemizm tasavvurlarining ildizlari kelib chiqadi, unda afsonaviy qaxramonlar dunyoga kelib u yoki bu etnik jamoalarning ajdodlari yoki hukumdorlari bo’lib chiqadi. Neolit davrida yangi mazmunli yana bir eng muhim sig’inishlardan biri marhum ajdodlarga sig’inish yuzaga keldi. Bu sig’inish shu bilan ma’lum ediki bunda o’lganlar dunyoda o’ta tabiiy kuchga ega bo’lib, triklarga ta’sir etishga qodir edi. Neolit davrining boshida bu sig’inish ancha murakkablashdi. Birinchidan, marhumning faqatgina ruhi nargi dunyoga ketmay, balki uning material substansiyasi, ya’ni yerdagi paytida foydalangan buyumlarni ham o’zi bilan olib ketar edi. Bular neolitik dafn marosimlarida aks ettirilgan: Dafn bu o’ziga xos zahiradir, ya’ni dafn ettilayotgan marhum bilan birga uning yoniga kiyimlari, mehnat qurollari, qurol aslahalari, ovqat va ichimliklari bilan birga idishlar, taqinchoqlar va h.k. qo’yilar edi. Bu holatda dafn etishda eng yaxshi kiramikadan bo’lgan hamda murakkab va ritual harakterga ega bo’lgan yozuvli idishlar qo’yilar edi. Ikkinchidan, ijtimoiy holatidan kelib chiqib dafn etilayotgan farqlanadi, ya’ni ibtidoiy neolit dehhqonchiligda ularning roli va uni o’rni marhumlarning tengsizligini ko’rsatadi. ______________________ 1 Вaсеъев А.С “ История релегии Востока”. M. 1997. Zarautsoy suratlari Lomayev tomonidan topilgan.Sarmishsoy suratlari Zarautsoy rasimlaridan farqli ravishda urub cho’kichlab ishlangan. 1958 – yil tarix va arxealogiya instituti ilmiy xodimi X.Muhammedov qisman o’rgangan. Sarmishsoy rasmlarining asosiy qismi tog’ darasi toraygan qoyatoshga ancha silliq ishlangan. O’rta Osiyo xalqlarining ko’pchiligi qadimdan mo’jizavi narsalar va jonivorlarga shu jumladan toshga sig’inish odati bo’lgan. Sarmishsoy davri odamlari qadimgi ajdodlar ibodat qilgan, sig’ingan muqaddas dargoh bo’lgan.Ana shu irim sirimlardan biri qoyalarga rasm chizish odati bo’lgan. Ba’zi etnografik ma’lumotlarga qaraganda qoyalarga va xar hil buyumlarga ishlangan rasmlar kishilarga baxt keltiradi, chorva mollari va yovvoyi hayvonlar tuyog’ini ko’paytiradi, ularni xar xil kasalliklardan asraydi deb hisoblaganlar. Sarmishsoydagi turli davrlarga mansub bo’lgan son sanoqsiz rasmlar hilma hil manzaralar xissiy go’zallik uchun yoki bekorchilikdan bezash uchun ishlangan emas. Alohida ishlangan rasmlar ham ayrim voqea hodisalarni ifoda etuvchi manzaralar ham qadimgi davr kishilarining ibtidoiy tushunchalari va diniy e’tiqodlari bilan bog’liq bo’lgan sexrli ma’noni anglatadi. Neolit davri diniy tasavvurlari o’ziga xos ijtimoiy hayot bilan birgalikda kechgan. Ma’lumki neolit davri o’rtoqlashuv jarayonida diniy tasavvurlar dexqonchilik soxasi bilan bog’liqdir.Xetlar oziqalarni o’z navbatida “yemish” deb atalishi va “qurbonlik” tushunchalarini mosligi deyarli bir xildir. Ayniqsa dafn marosimlarida nonni o’rniga termik ishlov berilgan donlar bilan almashtirish e’tiborlidir. Don sochish shuningdek nikoh marosimlari va yangi hayot tug’ilishi bilan ham bog’liq. Barcha tarixiy dinlarga ma’lum jinslar o’rtasidagi aloqalarni tartibga solish va ular buzilgan taqdirda jazolash aynan neolt davriga borib taqaladi. Ammo ajdodlarga bu ____________________
kabi e’tibor ular hayotida aks etmay qolmasdi. Ajdodlar qabrlarini qavm yodgorliklarini iloji boricha tiriklarga yaqinlashtirish ular hayotini bir bo’lagiga aylantirish kerak edi. Avlodlar tom ma’noda ota bobolar suyaklari hoki ustida tug’ilishlari kerak edi. Bekorga qabrlarni neolitik uylardagi loy o’tirg’ichlar tirik odamlar o’tirgan va uxlagan uylarni ostidan topishmagan. 1 Yuqori paleolitga xos yerni xomilador ayol timsolida qadrlash neolit davridan saqlanib qolgan va murakkablashgan. Ammo bu ehtiromni tub ma’nosi o’sha –o’sha bu hayot urug’ining asoosi bo’lmish unsurni e’zozlash. Protoneolit va neolet davrida o’simlik u’rug’i don va dukkaklilar insoniyat urug’ini ramziga aylangan. Non ajdodlar va avlodlarni bog’lab turuvchi muqaddas hisoblangan. Ibodatxonalr bizga ma’lumki ilk uylardayoq paydo bo’lgan. Imoratlarda noinsoniy kuchlar borligini belgisi turli tasvir va oddiy predmetlar, hayvonlar haykalchalari ilk bosqichlarda esa ularning boshi va shoxlar hayvon yoki odam ko’rinishidagi idishlar, noodatiy shkaildagi toshlar va boshqa manbalarda namoyon bo’lgan. Erta neolitga xos nasliy ibodatxonaning ustunligi o’ziga xos diniy markaz bilan almashadi. O’troq hayot tarziga o’tish bilan birgalikda odamlarni o’z hayoti haqida tushunchalari o’zgargan. Qavmni muqaddas butunlik deb bilish marhumlarni uylar ostiga ko’mishga ularni chanoqlarini olovxona yainiga qo’yishga undagan. Aynan bu kabi tushuncha uyni muqaddas makonga aylantirgan. Olovxonalarda mexrob atrofida ko’pincha yirik toshlar turgan, lekin ularning ko’pligi va ajdodlar qabrlariga yaqinligi vafot etgan va shu yerda ko’milgan qarindoshlar bilan aloqani ko’rsatadi. Shu yerda duo o’qib ajdodlardan madad so’rashgan. Neolet davri boshlarida marhumni ko’mguncha uni embrion yoki uyqu holatida yotqizishgan. Demak uni uyg’onishiga ishonishgan. Ibtidoiy odamlarda o’limdan keyingi hayot haqida umumiy tushuncha bo’lmagan. ____________________________ 1 Зубов А.Б. История релегии. Ibtidoiy odam dafn marosimi uni bajarganlar ongida odam tabiatini ikkilamvhiligi, qabrda chiriydigan tana va o’liklar makoniga ketadigan rux haqida tushuncha bo’lgan. Erta neolitga xos uylar ostidagi qabrlar mill. Avv. VII – VI ming yillik shaxarlarida ham saqlanib qolgan, lekin bundafaqatgina yosh bolalarning qabrlari uchraydi. Katta yoshlilarni uylarga ko’mmay qo’ygan. Neandertal va kramonyon kabi neolit odamlari bolalarni o’zga dunyoda ulg’ayadi deb xisoblashgan. Yana bir izohi esa kattalar gunohkor hisoblanishgan. Aynan marhumlar bilan birgalikda uy ro’zg’or anjomlarini birgalikda ko’mish jahon neolit davriga ham oiddir. Bu idishlar marhumni ko’kragi, qo’llari, kamdan – kam hollarda oyog’i va boshi teppasiga qo’yilgan. Marhum qilgan gunohlarini yuvaolmaydi,uning yaqinlari esa yaratuvchi marhamatiga umid qilishlari mumkin. Shuning uv=chun ham shifobaxsh zaytun yog’li idishchalar marhum yoniga qo’yilgan. 1 Aynan neolit davri diniy e’tiqodlari O’rta Osiyo bilan solishtirilganda Joytun madaniyatining o’ziga xos yangi qirralarini ko’rishimiz mumkin. Bu davrda matrarxar davrining ya’ni ona urug’i davrining ahamiyati ijtimoiylik bilan bog’liq bo’lib ayol xudolar vujudga kelishiga asos bo’lgan. Neolit davri Jaytu madaniyati dehqonchilik munosabatlarida kishilarning diniy ong o’zgarishlari eng yetakchi o’ringa chiqdi. Aynan ona urug’i rahbarligida qon – qarindoshchilikga asoslangan ijtimoiy tuzum ona urug’i atrofida birlashadi va bu birlashuvni ayol ona urug’i butun jamoani o’choq atrofiga birlashtiradi __________________________ Esanov M. Bronza davrida qadimgi Baqtriya va Marg’iyona aholisining zoolatrik diniy qarashlari // O’zbekiston moddiy madaniyat yozma manbalarda. – T. Fan. B. 92-97 21. Cредная Азия в эпохе камня и бронзивого века. М.Л 1968 Ibtidoiy jamoa davrida tasviriy . Arxeologlar ma’lumotlariga ko’ra, paleolit asrida, ayniqsa, uning so’nggi bosqichlarida tasviriy san’atning hamma turlari paydo bo’ldi.Diniy tushunchalar shakllandi.Paleolit asriga oid faktik materiallar Yevropa, Osiyo hamda Afrika qit’alaridan topilgan.Bu davrda odamlar kata-katta toshlarning panasida,g’or va yerto’lalarda to’da –to’da bo’lib yashaganlar. Bu davrda ibtidoiy odamlarning uylari g’or va yerto’lalar hisoblangan. Shu uylarning devor va shiplariga suratlar chizganlar, bo’rtma tasvirlar ishlashga harakat qilganlar. Ana shu odaamlar yashagan manzillardan topilgan mehnat, ov qurollari,turli haykal va ramziy mazmunga ega bo’lgan shakllar ibtidoiy jamoa kishilarining estetik va falsafiy qarashlarini tushunishga yordam beradi. Dastlabki rasmlar primitiv va asosan, hayvonlar ko’rinishini tasvirlagan. Paleolit san’atining eng gullagan davri mil.avv. 15 – 10 ming yillarga to’g’ri keladi. Bu davrda ishlangan hayvonlar rasmlari tasviri aniq, shakli haqqoniy, nisbatlari to’g’ri olingan. Ularning o’ziga xos xususiyatlari kuchli va og’ir, yengil va ziyrak kabi xususiyatlari ko’rsatiladi. Ular turli holatda va ko’rinishlarda tasvirlangan. Fransiyaning Fon de Gom, Lasko, Ni ova Shimoliy Ispaniyaning Altamir g’orlari devorlariga ishlangan suratlarda hayvonlar natural kattalikda, nihoyatda jonli va tasirchan ishlangan. Paleolit davrining so’nggi bosqichlarida murakkab kompozitsiyalar yaratishga intilish ortdi, tabiat manzaralari, hayvonlar to’dasi rasmini ishlash, ular harakatini biror sujetga bo’ysundirishga intilish seziladi.Shu xususida Fransiyaning Limeyl g’oridan topilgan, tosh yuzasiga ishlangan “Kiyiklar podasi” surati va Teyja yaqinidagi g’ordan topilgan suyakka ishlangan hayvonlar podasini aks ettiruvchi suratlar xarakterlidir. Dastlabki tasviriy san’at asarlari Limeyl, Kueva de la Arlana, Velensiya, Sharqiy Ispaaniya, Lasko kabi hududlaridan topilgan. Mezolit davriga kelib odamlarning tasavvurlari kengaydi. Ko’mish marosimlari bilan bog’liq bo’lgan turli urf-odatlar yuzaga kela boshladi. Bular kishilarda murakkab tasavvur va fikrlashning paydo bo’layotganligidan dalolat beradi. Odamlarning tasavvurlari kengayishi abstrakt tushunchalarning yuzaga kelishi san’atning shakl va mazmun yo’nalishida ham sezila boshladi. San’at mavzusi kengaydi, janrlari ortdi. Jang voqealari, ovchilikni aks ettiruvchi murakkab kompozitsiyalar yaratildi. Ishlangan suratlarda voqealarning keng, atroflicha bayon etishga intilishi ortdi. Rassom o’z fikrini bayon etish uchun obrazlarni sxematik va shartli belgilar tarzida tasvirlagani holda, bo’layotgan voqening mohiyatini ochishga harakat qildi. Sharqiy Ispaniya, Kavkaz, O’rta Osiyodan topilgan suratlar diqqatga loyiq. Obrazlar shartli kamon otayotgan ovchilarda bu shartlilik yaqqol seziladi, sxematik, o’ta soddalashtirilgan holda tasvirlangan.Lekin bu shartlilik rassom aytmoqchi bo’lgan fikrni tushunishga xalaqt qilmaydi. Ov manzarasidagi holat – kiyiklarning jon holatda qochishi, ovchilarning epchillik bilan olib borayotgan hujumlari, ov paytidagi shijoat, hayajon ibtidoiy davr rassomi tomonidan ifodali talqin qilingan.
Har bir xalq o’zining boy o’tmishiga ega bo’lib, O’ziga xos yashash tarsi urf-odati, an’ana va marosimlariga egadir. Xalqlarning bugungi kuni va kelajagi o’tmishdagi ma’naviy va madaniy meros tasirida shakllanadi va rivojlanadi. O’rta osiyo xalqlarining diniy tasavvurlari haqida guvohlik beruvchi birinchi arxeologik manbalarni o’rganishda birinchi navbatda Turonu Zamin xalqlari madaniyatlari, urf-odatlari asosan bir biriga naqadar yaqin va o’xshashligini ko’rish mumkin. Bu o’xshashlikni ko’proq dafn marosimlari misolida ko’rish mumkin. Dafn marosimlarining mukammal bo’lishi asosan, dafn marosimlariga e’tibor qaratilishi xalqda insonning qadri ulug’ligidan xabar beradi. Dissertatsiyada ko’proq e’tibor asosan insoniyat hayot tarzining bir qismiga aylangan diniy tasavvurlarning vujudga kelishi, ularda birinchi navbatda insoniyat ong shuuriga din tushunchasini vujudga keltirgan tabiat va ijtimoiy hayot munosabatlari qay ta’riqa ta’sir ko’rsatganligini ko’rish mumkin. Diniy tasavvurlarning rivojlanish bosqichlarida xuxusan, “Yangi tosh” davridan boshlab, katta qadamlar qo’yildi. Negaki endi bu diniy ong shaklini o’sishi insoniyatning xo’jalik turmush tarziga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Yangi tosh davri diniy munosabatlari O’rta osiyo va jahon Neolit davri manzilgohlari bilan solishtirildi, va o’ziga xos o’xshashlik mavjudligi aniqlandi. Dastlabki metal mis davrida diniy qarashlarda xususan dafn jarayonlarida yangi qirralari ochib beriladi. Bronza davrida esa diniy ong shakllarida tub o’zgarishlar tahlil qilinadi. Negaki, bu o’zgarishlar jamiyatda dinni alohida mavqeyini belgilab berib, keyinchalik davlatning vujudga kelishida muhim ahamiyat kasb etganligi asoslab berilgan. Masalan. Diniy munosabatlardan guvohlik beruvchi dafn marosimlari orqali ulardagi inventarlarning o’xshashligi, bir xildagi xo’jalik buyumlarining topilishi bunga asosdir. Kur ishini yoritish jarayonida arxeologig material yordamida qiyosiy o’rganilganda O’rta Osiyo dehqon va chorvador xalqlari orasida etnomadaniy ijtimoiy, iqtisodiy aloqalar borligi aniqlandi. Bu munosabatlar asosan Sopolli madaniyatining Jarqo’ton bosqichida va Kangurtut, Tandiryo’l, Bo’ston yodgorliklarida to’liq nomoyon bo’ladi. Bu madaniyatning Mo’llali bosqichidan madaniyatini topib o’rganilgan. Hozirgi kundagi dafn marosimlari bilan qadryatlar bronza davrida shakllangan . Shu davr qabr tushilishlari xozirgi vaqtdagi qabr tuzilishiga o’xshaydi. Aynan bu xususiyatlar bronza davri odamlarining dunyoqarashi haqida ma’lumot beruvchi asosiy manbadir. O’zbekiston hududidagi ilk shahar Jarqo’ton manzilgohi va Jarqo’ton ibodatxonasining o’rganilishi. O’zbekiston hududida davlatchilik asoslari bronza davridan shakllangani ilmiy tasdig’idir.
1. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. I.A Karimov “ Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” T. “O’zbekiston” 1999 2. I.A Karimov “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T “ Ma’naviyat ” 2008 3. I.A Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida : xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolotlari. T “ O’zbekiston “ 1997 ASOSIY ADABIYOTLAR 1.Rigveda X– 18 2. Asqarov A “ Sopollitepa”. – Toshkent 1973.-yil. 17 3. Asqarov A, Jo’raqulov M. Eneolit va bronza davrida O’rta Osiyo. Samarqand. 1984. – B. 100. 4.Asqarov A, Shaydullayev SH. Baqtriyaning bronza va ilk temir dabri madaniyatlari xronologiyasi. “ O’zbekiston tarixi moddiy madaniyat va yozma manbalarda”. Toshkent, Fan. 2005.–B.36-48. 7.Vasiliyev L.S. Istoriya relegiy vostoka. 8. Shaydullayev SH.B. Ilk shaharning arxeologik belgilari. “O’zbekistontarixi”, № 3 Toshkent, 2002 9. Shaydullayev SH.B , Rahimov K “Jarqo'ton 2202” 10. Shaydullayev SH.B. Avesto va moddiy madaniyat. “ O’zbekiston tarixi” № 3 Toshkent, 2004 11. Esanov M. Bronza davrida qadimgi Baqtriya va Marg’iyona aholisining zoolatrik diniy qarashlari // O’zbekiston moddiy madaniyat yozma manbalarda. – T. Fan. B. 92-97 12. Masson В.М. Poseleniya Joytun 1971 13.Eneolit. Ideologicheskie prestavleniya i pamyatniki isskustvo sredniyaziadskix plemen epoxi eneolita. WWW. Ziyo.UZ WWW.Vikipediya.UZ ILOVALAR Download 363.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling