Mundarija Kirish II. Asosiy qism. Teleskoplar va ularning asosiy ko’rsatgichlari optik teleskop turlari va teleskopning fokal tekisligidagi tasvirning masshtabi optik teleskoplar mavzusini o’qitish metodikasi III
Optik teleskop turlari va teleskopning fokal
Download 1.08 Mb.
|
optik teleskoplar KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Refraktorlar.
Optik teleskop turlari va teleskopning fokal
tekisligida tasvirning masshtabi Teleskoplar, ob’ektivining turiga ko’ra, ikkiga refraktor va reflektorga bo’linadi.
Refraktorlar. Ilk refraktorlar oddiy obektivga ega bo‘lib, kuzatuvlarda xromatik aberratsiya qiyinchiliklar tug‘dirgan. Shisha har xil ranglarni har xil qiymatga sindirgani tufayli, ranglar yagona bir fokal nuqtaga yig‘ilmaydi (6-rasm), shu bilan birga fokus masofasi to‘lqin uzunligi oshishi bilan birga oshadi. Bunday aberratsiyani yo‘qotish maqsadida 18-asrda ikki qismdan iborat axromatik linzalar ishlab chiqilgan. Yakka linzalarnikiga qaraganda ulardagi rangning fokus masofaga bog‘liqligi pastroq va ma’lum bir qiymatga kelib u ekstremumga erishadi (odatda minimum). Bu nuqta atrofida to‘lqin uzunligi o‘zgarishi bilan fokus masofaning o‘zgarishi juda ham kichik bo‘ladi (6-rasm). Agar teleskop vizual kuzatuvlarga mo‘ljallangan bo‘lsa, biz ko‘zning maksimal sezgirligiga mos keladigan tanlaymiz. Fotografik refraktorlarning obyektivlari odatda moslab yasaladi, chunki oddiy fotografik plastinkalar spektrning havorang qismida eng katta sezgirlikga ega.
Dunyodagi eng katta refraktorlarning diametrlari taxminan 1 m tashkil qiladi (102 sm Yerk observatoriyasi teleskopi, 1897-yilda qurib bitkazilgan (7-rasm), 91 sm Lik observatoriyasi teleskopi (1888)). Ularning yorug‘lik kuchi odatda f/10 ... f/20 teng. Refraktorlarning ishlatilishi ularning kichik kuzatish maydon hamda murakkab konstruktiv qo‘rilmasi bilan chegaralanadi.
Refraktorlar, masalan, qo‘shaloq yulduzlarning vizual kuzatuvlarida yokiturli meridianal teleskoplarda yulduzlarning joylashishini o‘lchashda qo‘llaniladi. Fotografiyada ular aniq joylashishlarnio‘lchashda, masalan, parallakslarni aniqlashda ishlatiladi. Yanada kattaroq maydonni kuzatish uchun ancha murakkab linza sistemalari ishlatiladi, bunday qurilmalar astrograf deyiladi. Astrograflarlarning obyektivlari odatda 3-5 linzalardan topgan bo‘lib, diametri 60 sm dan kichik bo‘ladi. Ularning yorug‘lik kuchi f/5 ... f/7 bo‘lib, kuzatuv maydoni taxminan ni tashkil etadi. Astrograflar, masalan yulduzlarning hususiy harakatlarini tadqiq etishga yoki ular ravshanliklarining statistik tahlilini olib borish maqsadida osmonning katta maydonlarini fotografik su’ratga olishda ishlatiladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling