Mundarija Kirish Iqtisodiy o’sish
Download 159.2 Kb.
|
Iqtisodiy o\'sish tushunchasi uning turlari va prognozlashda ishlatiladigan1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тizimli - tarkibiy
- 4 «Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni prognozlash» kursining tarkibi va vazifalari.
Strukturaviy yondashuv prognozlash ob‘ektlarida izlanish katta rol o‘ynaydi. Strukturaviy yondashuvda izlanish ob‘ekti o‘zi tarkibidagi elementlar va ularning o‘zaro harakatida ko‘rib chiqiladi. Bu esa o‘rganilayotgan ob‘ekt haqidagi tasavvurni kengaytirishga imkon beradi.
Тizimli - tarkibiy yondashuvi bir tomondan, tizimni dinamik rivojlanayotgan bir butunlik sifatida qarashni ko‘zda tutsa, ikkinchi tomondan, tizimning o‘zaro harakatdagi strukturaviy elementlariga bo‘linishidir, chunki haqiqatda har bir tarkibiy element boshqa hamma elementlarga qanday ta‘sir etsa, butun tizimga ham shunday ta‘sir etadi. Bu bilan tizim elementlari aloqasining qonuniyligini ochish imkoni paydo bo‘ladi. 4 «Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni prognozlash» kursining tarkibi va vazifalari. Bu kursning vazifalari xalq xo‘jaligining rivojlanishi bo‘yicha hukumat qarorlaridan kelib chiqadi. Bu vazifalar hozirgi kunda iqtisodiy strategiya barcha strategiyalardek fundamental, uzoq muddatli, maqsadli masalalarni qo‘yishdan boshlanadi. Ular orasida eng yuqori maqsad - xalqning madaniy va moddiy yashash darajasini asta-sekinlik bilan ko‘tarishdir. Iqtisodiy strategiya qo‘yilgan maqsadga borish yo‘llari va aniq usullarini o‘z ichiga oladi. Bunda iqtisodiy prognozlash katta ahamiyatga ega. Kursning maqsadi asosiy tamoyillarni va yo‘llarni o‘rganish asosida jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarga bog’langan holda, bu tarmoq tajribasi va amaliyoti misolida prognozlashni amaliy o‘rganishdan iborat. Ijtimoiy va iqtisodiy prognozlashda turli modellardan keng foydalaniladi. Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob‘ektlarni matematik modellar yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi. «Model» so‘zi lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me‘yor degan ma‘noni anglatadi. Iqtisodiy model-iqtisodiy ob‘ektlarning soddalashtirilgan nuxasidir. Bunda modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob‘ektga aynan mos kelishi muhim axamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o‘rganilayotgan ob‘ektning xamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Shunda jarayonning eng xarakterli va eng muxim belgilari aks ettiriladi. Model iqtisodiy prognozlashni, o‘rganilayotgan jarayonni ilmiy anglashning muhim vositasi bo‘lib hisoblanadi. Modellashtirish jarayoni, ob‘ektni yoki jarayonni boshlang’ich o‘rganish, uning amalga oshadigan xususiyatlari va belgilarini ajratish, modelning nazariy va tajribaviy tahlili, modellashtirish natijalarini ob‘ekt haqidagi haqiqiy ma‘lumotlar bilan solishtirish, modelni korretirovkalash hamda oydinlashtirish kabilar asosida model qo‘rishni tashkil etadi. Iqtisodiy-matematik modellar va usullarning iqtisodiy tizimlarga tadbiq etuvchi tarmog’i, murakkab iqtisodiy tizimlarni boshqarish uslublarini nazariya, ya‘ni umumkibernetik ishlab chiqarish vositalari yordamida o‘rganadi. Bunday vositalarga, avvalo, ishlab chiqarish jarayonlarini matematik modellashtirish va o‘zaro iqtisodiy aloqalarni modellar yordamida tekshirish, murakkab tizimlarni oddiy tizimlarga keltirib tahlil qilish, turli ob‘ektlardagi o‘zaro bog’lovchi axborot aloqalarini o‘rganish hamda iqtisodiy tizimlarni rostlash uslublari kiradi. Kuzatilayotgan ob‘ektlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro‘y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun ob‘ektlar hamda ularning xossalari kuzatiladi va ular to‘g’risida dastlabki tushunchalar hosil qilinib, turli xil shakldagi modellar yaratiladi. Keng ma‘noda model biror ob‘ektni yoki ob‘ektlar sistemasini na‘munasidir. Modelning hayotiyligi uning modellashtiriladigan ob‘ektga qanchalik mos kelishiga bog’liq. Bitta modelda ob‘ektni hamma tomonini aks ettirish qiyin bo‘lganligidan unda ob‘ektning eng xarakterli va muhim belgilarigina aks ettiriladi. Shuni ham ta‘kidlab o‘tish kerakki, ortiqcha soddalashtirilgan model qo‘yilgan talablarga yaxshi javob bera olmaydi, o‘ta murakkab model esa masalani yechish jarayonida qiyinchiliklar tug’diradi. Demak, modelning haqiqiyligi to‘plangan ma‘lumotlar hajmiga, aniqlik darajasiga, tadqiqotchining malakasiga va modellashtirish jarayoniga, aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog’liq ekan. Ijtimoiy va iqtisodiy modellar optimallashtirish mezonlari yoki kutilayotgan eng yaxshi natijaga qarab tasniflanishi mumkin. Vaqt omili hisobga olinganda modellar statistik (ya‘ni, model chegarasi ma‘lum bir vaqt bo‘lagi deb o‘rnatiladi va harajatlar minimallashtiriladi) yoki dinamik (bunda model chegarasi bir necha vaqt kesmalari uchun o‘rnatilib, harajatlar minimallashtiriladi, yoki yakuniy natija maksimallashtiriladi) bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy modellarni quyidagicha turlarga ajratish qabul qilingan: omilli (omilli), tarkibiy (strukturaviy) va aralash, xalq xo‘jaligi rivojlanish ko‘rsatkichlarini yig’ish darajasiga qarab makroiqtisodiy, tarmoqlararo, rayonlararo, tarmoqli, regional modellar bo‘lishi mumkin. Хalq xo‘jaligining rivojlanish jihatlariga qarab modellar asosiy fondlar, mehnat resurslari, moliya tizimi hamda narx shakllanishi kabi turlarga bo‘linishi mumkin. Omilli modellar u yoki bu iqtisodiy ko‘rsatkichli darajasi va dinamikasining unga ta‘sir etuvchi ko‘rsatkichlar - sabablar darajasi va dinamikasiga bogliqligini tavsiflaydi. O‘zgaruvchan iqtisodiy modellar ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) kabi turlarga ajratiladi. Masalan, omil bo‘lsa mehnat resurslarining borligi endogen omilidir. Omilli modellar turli o‘zgaruvchilarni va ularga mos keladigan parametrlarni o‘z tarkibiga oladi. Omilli modellarning eng oddiy ko‘rinishi – bu, bir omilli model bo‘lib, unda istalgan vaqtinchalik parametr omil hisoblanadi. Mazkur holda biror ko‘rsatkich tahlili va prognoz vaqti xronologik katorga bogliq ravishda amalga oshiriladi va shu yo‘l bilan trendlar (qaysi bir dinamik qator o‘zgarishining umumiy tendensiyasini xarakterlovchi bogliqlik) aniqlanadi. Download 159.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling