Mundarija: Kirish Moliyaning nazariy asoslari davlat moliyasining hozirgi holati davlat moliyasining amaldagi holati tahlili Foydalanilgan adabiyotla Xulosa Kirish Ilmiy loyiha mavzusining dolzaribligi
Davlat moliyasining hozirgi amaldagi holati
Download 57.68 Kb.
|
moliya 1
3.Davlat moliyasining hozirgi amaldagi holati.
Jamiyat taraqqiyoti hozirgi bosqichining moliyaviy siyosat moliya strategiyasi talablari asosida va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Xo’jalik yuritishning turli-tuman shakllaridan foyda-lanish jamoat talab-ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, resurslarni tejash, mahsulot assortimenti va texnika bazasini yangilash, mehnat jamoalarining ijtimoiy muammo-larini hal etishi yo’lida raqobatni rivojlantirish, tashabbuskorlik ko’rsatish uchun shart-sharoitlarni yaratadi. Ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarni qondirishga yo’nalti-riladigan moliya resurslarining o’sishiga, eng avvalo, rentabelli faoliyat ko’rsatish orqali erishiladi. Biroq siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoit o’zgarishi bilan davlat xarajatlari miqdori doimo o’sib boradi. Shu munosabat bilan hozirgi moliyaviy siyosat davlat moliya resurslarining muntazam o’sishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni nazarda tutadi. Byudjetga tushayotgan to’lovlar hajmini oshirishning zarurligi xo’jalik bo’g’inlarining ishchan faolligini jonlantirishga qaratilgan moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishini talab qiladi. Moliyaviy siyosatni faollashtirish maqsadida moliya-viy resurslarni qayta taqsimlash amaliyotini tubdan o’zgartirish katta ahamiyatga ega. Byudjet vositasida, shuningdek, yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiriladigan «vertikal» uslubga qarama-qarshi moliyaviy resurslarni moliya bozori orqali «gorizontal» qayta taqsimlash ham borgan sari yanada keng rivoj topadi. Mablag’larning o’tkazib turilishi esa moliyaviy resurslardan talab va taklifdan kelib chiqqan holda foydalanishni nazarda tutadi. Moliya bozorining rivojlanishi munosabati bilan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun aholi, korxona va tashkilot-larning pul daromadlari va jamg’armalarini yanada kengroq jalb etish zarur. Shu munosabat bilan Davlat obligatsiyalari va xazina biletlarini chiqarish ham davlat resurslarining hajmini ko’paytiradi. Moliyaviy siyosat real moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi zarur. Xarajatlar miqdori moliya resurslari ko’paygani-dagina o’sishi mumkin. Bu, eng avvalo, ishlab chiqarishni moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hamma tadbirlari, bir tomondan, aholiga o’z daromadlarini oshirish imkoniyatini berish, ikkinchi tomondan esa, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirpsh uchun maqbul sharoitlarni yaratishga qaratilishi kerak. Moliyaviy siyosatning tubdan o’zgarishiga mos ravishda moliya mexanizmi ham qayta qurilmog’i lozim. Moliya mexanizmini qayta qurishning maqsadi bozor munosabatlari asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligiga uning ta’sirini kuchaytirish, moliya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni ta’minlashdir. Moliya mexanizmini qayta qurish negizida korxona, tashkilotlar ishining yakuniy natijalarini yaxshilash uchun xo’jalik tashabbuskorligi va mas’uliyatini butun choralar bilan kuchaytirish talab qilinadi. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI Download 57.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling