Mundarija: Kirish Moliyaning nazariy asoslari davlat moliyasining hozirgi holati davlat moliyasining amaldagi holati tahlili Foydalanilgan adabiyotla Xulosa Kirish Ilmiy loyiha mavzusining dolzaribligi


— 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi


Download 57.68 Kb.
bet6/7
Sana26.02.2023
Hajmi57.68 Kb.
#1233453
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
moliya 1

2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi
2-§. Makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish
Davlat moliyasini boshqarish tizimida islohotlarni izchil amalga oshirish va ularning natijalarini mustahkamlash maqsadida davlat organlarida institutsional rivojlanishni ta’minlash va zarur imkoniyatlarni yaratish — Strategiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘rta muddatli budjetni to‘liq rejalashtirishga muvaffaqiyatli o‘tish uchun asos bo‘lgan moliya organlarining makrofiskal faoliyati cheklangan bo‘lib, ilg‘or amaliyotga mos kelmaydi.
Makroiqtisodiy prognozlarni tayyorlash uchun asosan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi javobgar hisoblanadi.3
Moliya vazirligi Davlat budjeti daromadlarini prognoz va tahlil qilish funksiyasini bajaradi, ammo o‘rta muddatda davlat moliyasi barqarorligini va unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni (soliq-budjet siyosatining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri tahlili va o‘z navbatida, makroiqtisodiy omillarning Davlat moliyasi tizimiga ta’siri) tahlil qilish funksiyasi mavjud emas.
2.1. Davlat moliyasini boshqarish sohasida qonunchilik bazasini mustahkamlash
Davlat moliyasini boshqarish tizimida islohotlarni amalga oshirish davlat moliyasini jamlash va taqsimlashga doir masalalarni tartibga soluvchi normativ va uslubiy bazani takomillashtirish bilan birga olib borilishi lozim.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish doirasida budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tayyorlash, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish jarayonidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish choralari ko‘riladi.
2.2 Moliya vazirligi tarkibiy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish va makrofiskal tahlil funksiyalarini mustahkamlash
Moliya vazirligi tuzilmasining samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilgan holda vazirlik departamentlari, bosh boshqarmalari va boshqarmalari funksiyalarini, ularning tarmoq vazirliklari hamda boshqa birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘lari taqsimlovchilari bilan munosabatlarini o‘rganish lozim.
Makrofiskal tahlil funksiyalarini mustahkamlash doirasida davlat moliyasini boshqarish tizimini maqbullashtirish maqsadida Moliya vazirligining tahliliy salohiyatini uning tashkiliy tuzilmasi va mavjud ish jarayonlarini yangilash orqali oshirishga yo‘naltirilgan holda qayta ko‘rib chiqish zarur.
Ushbu yo‘nalishni amalga oshirishda rivojlanib borayotgan axborotlashtirish jarayonlari hamda Moliya vazirligi tarkibiy bo‘linmalari va boshqa davlat hokimiyati organlari funksiyalarining maqbullashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari va Davlat moliyaviy nazorat departamentining faoliyati tahliliy o‘rganilib, boshqarishning markazlashgan tizimini joriy etish masalalari ko‘rib chiqiladi.



1-rasm (Moliyaviy


Xulosa
Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. Moliya iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari — bu Moliya resurslari yoki Moliya obʼyektidir. Moliya subʼyekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan iborat.
Moliya pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarini bajaradi: 1. Taqsimlash vazifasi — jamiyat daromadi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida boʻlinadi, ulardan har biri oʻz hissasini oladi, oʻz daromadiga ega boʻladi. 2. Rivojlantirish vazifasi — Moliya fondlaridan pul berish orqali iqtisodiyot subʼyektlarining faolligi yuzaga keltiriladi. Ragʻbatlantirish Moliya vositalarini qoʻllash orqali, chu-nonchi mukofotlash, subsidiya, subvensiya ajratish, jarima solish, sanatsiya va soliqlarni qoʻllash vositasida amalga oshiriladi. Bozor sharoitida asosiy ragʻbatlantirish vositasi soliq hisoblanadi. Soliqdan imtiyozlar berish soliq toʻlovchilarni qoʻliga tekkan daromadini oshiradi. Maqsadli imtiyozlar ularni yaxshi ishlashga undaydi. 3. Ijtimoi y himoya vazifasi — nochor aholi qatlamlari davlatdan, korxona va har xil nodavlat tashkilotlaridan va puldor fuqarolardan moliyaviy yordam oladi. Mazkur vazifani davlat byudjetining ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablagʻlari bajaradi. 4. Axborot berish vazifasi — mamlakat va ayrim subʼyektlarning moliyaviy ahvoli haqida axborot. Moliyaviy ahvolni tavsiflovchi axborot (koʻrsatkichlar) iqtisodiyotga tashhis qoʻyishga xizmat qiladi. 5. Nazorat vazifasi — moliyalashtirish yoʻsinida ajratilgan pulni naqadar maqsadli ishlatilishini pul beruvchilar nazorat qiladilar. Shu pulni oʻrinli yoki oʻrinsiz ishlatilishiga qarab moliyalashtirish koʻpaytiriladi, qisqartiriladi yoki umuman toʻxtatiladi.

Download 57.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling