Mundarija Kirish Nazariy qism


-jadval HYL jarayonida qo‘llaniladigan temir rudali materiallarning kimyoviy tarkibi


Download 0.55 Mb.
bet5/17
Sana20.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1711074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
G\'OVAK TEMIR OLISH USULLARI

1.3-jadval

HYL jarayonida qo‘llaniladigan temir rudali materiallarning kimyoviy tarkibi


Komponentlar

Okatishlar, %

Temir rudalari %

A

V

A

V

Fe umum

68

87,80

68,10

67,50

FeO

0,10

0,60

1,61

1,15

CaO

0,70

0,52

0,44

0,50

MgO

0,30

0,57

0,10

0,50

SiO2

1,08

1,56

0,47

1,00

Al2O3

9,60

0,34

1,24

1,00

S

0,003

0,005

0,002

0,007

P

0,018

0,023

0,030

0,030

Boshqalar

0,09

0,12

0,030

0,09

Bo‘sh jinslar

-

-

0,50

0,50




2,79

3,13

2,82

3,62

Tiklash zonasidan g‘ovak temir avval teng bosimli zona deb ataluvchi zonaga tushadi, bu zona tiklovchi va sovituvchi zonani ajratibgina qolmasdan, balki tiklash zonasida qattiq materiallarning bir tekis tushishiga ham yordam beradi. Shaxta pechining pastki konussimon qismida g‘ovak temir pastdan sovituvchi gaz bilan puflanadigan qarama-qarshi oqimda sovitiladi. 50ºC yaqin haroratga ega bo‘lgan g‘ovak temir yacheykali ta'minlagichli shlyuz orqali uzluksiz tushiriladi va ikkita chiqarish quvurlaridan biriga beriladi. Bu yerda yuklash uchastkasidagi kabi shlyuzlar tizimi mavjud.


Jarayon sxemasi 1.2-rasmda ko‘rsatilgan. Pechdan chiqadigan koloshnikli gazni changdan tozalash sachrovchi sovitgichda va yuvuvchi sovitgichda amalga oshiriladi. Reaksiya mahsuloti hisoblangan suv chiqarib yuboriladi va so‘ngra gaz 40ºC yaqin haroratgacha sovitiladi. Tozalangan koloshnikli gazning taxminan uchdan ikki qismi kompressor yordamida qayta aylanish tizimiga beriladi, uchdan bir qismi esa tiklashda hosil bo‘ladigan reformerdan toza gaz bilan kiradigan karbonat kislota gazi va azotni chiqarib yuborishni ta'minlash uchun tiklovchi-gaz aylanish siklidan qoldiq gaz sifatida chiqarib yuborilishi lozim. Qoldiqli gaz bilan faqat SO2 va SO emas, balki vodorod ham chiqarilishi sababli, aylanish konturiga tiklash uchun talab etiladigan toza gaz miqdorini qo‘shish zarur. Qoldiq gaz gaz qizdirgich va reformerni qizdirish uchun qo‘llaniladi. Reformerdagi toza gaz va qayta tiklash tizimidagi gaz aralashmasi tiklagich-gazni ifodalaydi, uning oksidlanish darajasi η 13-17% tashkil etadi:



H 2O CO2

CO2 H 2O CO H 2

tarkibi, % ƞ massada(1.1)


Tiklagich-gaz oldindan qizdirish qurilmasi orqali o‘tadi va harorati 930ºC gacha yetadi.


Shaxta pechining konussimon qismida g‘ovak temir sovitiladi va qarama- qarshi oqimda harakatlanadigan sovituvchi gaz bilan uglerodlanadi.
Sovitish zonasidan chiqishda 500-550ºC haroratga ega bo‘lgan sovituvchi gaz suvni 40ºC gacha bevosita purkash yo‘li bilan tiklagich-gaz singari soviydi va changdan tozalanadi. 40ºC gacha qo‘shimcha sovitish uchun sovituvchi gazning kompressori yordamida takroriy siqish uchun sovituvchi gaz tabiiy gaz bilan boyitiladi va yana qaytadan sovitish zonasiga beriladi. Tabiiy gaz bilan boyitish sovish samarasini yaxshilaydi, g‘ovak temirda uglerod miqdorini tartibga solish imkoniyatini ta'minlaydi. Uglerodlash bilan bir qatorda tabiiy gazni qo‘shish vodorodni va uglerod oksidini qo‘shimcha olishga yordam beradi, buning natijasida reformerdagi toza gazni tiklash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimchani kamaytirish mumkin.
XiL-III qurilmalarida tiklagich-gaz olish uchun XiL-I qurilmalarida va kimyoviy qurilmalarda bir necha marta tekshirib ko‘rilgan gazni va bug‘ni reformerlashning oddiy usuli ham qo‘llaniladi (1.3-rasm).
Suvli bug‘/uglerod nisbati stexiometrikdan ancha oshadi, natijada katalizatorda, ayniqsa, tabiiy gazda uglevodorodlarning yuqori konsentratsiyasida uglerodning zararli aralashmalari hosil bo‘lishi bostiriladi.




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling