Mundarija Kirish Nazariy qism


Download 0.55 Mb.
bet6/17
Sana20.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1711074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
G\'OVAK TEMIR OLISH USULLARI

1.3-rasm. Tiklagich-gaz olish jarayoni sxemasi (bug‘li reformer):
a-reformerlangan gaz tarkibi; 1-tabiiy gaz; 2-tindirgich; 3-havo; 4-tozalanmagan gaz; 5-tutun gaz; 6-tabiiy gazni oltingugurtsizlantirish; 7-bug‘; 8-bug‘li baraban; 9-bug‘ ishlab chiqish; 10-sovituvchi suv; 11- qozonlarning ta'minlagich suvlarini oldindan qizdirish; 12-suv

Bu yerda 800ºC haroratda va 8 bar bosimda bo‘linish (parchalanish) reaksiyasi sodir bo‘ladi:


CnH(2n+2)+nH2O→nCO+(2n+1)H2(1.2)
Reformer quvuridan chiqadigan tozalanmagan gaz, fizikaviy issiqlikdan foydalanish bilan (issiqlik almashtirgichlarda to‘yingan bug‘ olinadi va qozondagi ta'minlagich suv qizdiriladi), 40ºC haroratgacha yuvib sovitgichlarda sovitishga duch qilinadi, bunda kondensatsiya tufayli unda mavjud bo‘lgan bug‘ chiqib ketadi. Bu sovitilgan gaz toza gaz sifatida tiklagich-gaz aylanishi konturiga beriladi.
Bo‘linish (parchalanish) endotermik reaksiyasi borishi uchun zarur bo‘lgan issiqlik tabiiy gazni tiklash jarayonining qoldiq gazili aralashmada yoqish natijasida olinadi. Tutun gazlar issiqligi issiqlik almashtirgichlarda (konveksiyali issiqlik uzatish) va tiklagich-gazni oldindan qizdirish qurilmalarida yetarlicha to‘liq qo‘llaniladi (1.2-rasmga qarang).

1.4-rasm. CO2 dan yuvish uchun qurilmasiz XiL-III jarayonidagi energetik oqimlar (metallash darajasi 92%, uglerod miqdori 1,5%, energiya sarfi 10,888GJ/t g‘ovak temir):
1-yonuvchan gaz; 2-reformer; 3-eksportli bug‘; 4-bug‘; 5-texnologik gaz; 6- yuvadigan sovitgich; 7-tiklovchi-gazni qizdirish; 8-tutun gazlari; 9-qoldiq gaz; 10- reaktor; 11- tabiiy gaz; 12- sovituvchi gaz aylanishi konturi; 13- tiklagich-gaz aylanishi konturi
Jarayonda energiyaning quyidagi miqdori kiritiladi, GJ/t g‘ovak temir: bo‘linish (parchalanish) reaksiyasi uchun tabiiy gaz bilan 7,183, sovituvchi gaz aylanishi konturiga tabiiy gaz bilan 1,231 va reformerga yonuvchan gaz bilan 2,474 (1.4-rasm).
XiL-IIIjarayoniningtasvirlangan texnik o‘lchamlari asosida
Lazaro Kardenasdagi (Meksika) “Sikartsa” firmasining bevositatiklash qurilmasi barpo etildi. Qurilma 2 mln.t/yil miqdorda g‘ovak temir ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. U ikkita shaxta pechili, gazni qizdiruvchi ikkita qurilmali, bitta gaz reformerili va umumiy yordamchi qurilmali (har bir modul uchun berilgan) ikkita moduldan iborat. Kelgusida metallash darajasini va solishtirma unumdorlikni oshirish maqsadida
1986 yilda Montereedagi XiL-IIIning ikkita qurilmasi CO2 dan yuvish tizimi bilan jihozlandi.
Tizim tiklagich-gaz aylanishi konturida kompressor va tiklagich-gazga toza gaz aralashtirish uchastkasi o‘rtasiga qurildi. Koloshnikli gazda qayta aylanishga beriladigan SO2 miqdori 10,5 5 dan 1,5 % gacha kamayadi Montereedagi CO2 dan yuvish tizimili amaldagi qurilmalarni jihozlash quyidagi afzalliklarni ta'minladi:
koloshnikli gazdan СO2 ni tanlab chiqarib yuborish uglerod oksidi va vodorod mavjud qoldiqli gaz miqdorini eng kamigacha qisqarishiga olib keldi. Buning natijasida tiklagich-gazga qo‘shiladigan reformerlangan toza gaz miqdori 30% oshdi; mos ravishda reformer unumdorligi ham ortdi;
tiklagich-gaz oksidlanishining juda past darajasi tufayli pech shaxtasiga beriladigan bu gaz miqdori, xuddi shu unumdorlikda, kamaydi. Buning natijasida qurilmaning mavjud komponentlaridan to‘liq foydalanishda (reformerdan, gaz qizitish qurilmasidan, shaxta pechidan, tiklagich-gaz aylanishi konturidan va b.) unumdorlikni 30% ga oshirishga erishildi.
Hozirgi vaqtda yangi qurilmalar loyihalanmoqda va faqat СO2 dan yuvish tizimlari bilan quriladi, chunki qiyosiy unumdorlikda qurilma komponentlari o‘lchamlari kamayadi va energiya hamda suv iste'moli ancha qisqaradi. SO2 yuvish tizimi bilan jihozlanmagan (A) va tizim bilan jihozlangan (B) XiL-III qurilmalari ishlashi ko‘rsatkichlarini taqqoslash pastda keltirilgan:

Gaz sarfi, GJ/t g‘ovak temir................................

A

B

tabiiy gaz...............................................................

10,89

10,61

texnologik gaz.....................................................

8,42

5,96

yonuvchan gaz.....................................................
Gaz sarfi, m3/t g‘ovak temir.........................

2,47

4,65

bo‘linishga (parchalanishga).........................

870-900

560-480

tiklagich-gazga..............................................

2100-2300

1700-1800

Tiklagich-gaz tarkibi, hajmi bo‘yicha %..........................

H2 ...................................................................

57,0

74,1

CO ....................................................................

22,0

13,0

CO2 ..................................................................

15,0

3,3

H2O ...................................................................

1,6

1,4

CH4 ....................................................................

4,4

7,0

N2.........................................................................

-

1,2

Sovituvchi gaz aylanishi konturiga qo‘shiladigan
tabiiy gaz sarfi, m3/t g‘ovak temir.........................

30-50

30-50


Elektroenergiya sarfi, kVt∙s/t g‘ovak temir...........

85

72

Suv sarfi, m3/t g‘ovak temir........................................... 2,11,8
CO2 yuvish uchun qurilma mavjudligida reformerning tutun gazlari endi tiklagich-gazni oldindan qizdirish uchun emas, balki bug‘ ishlab chiqish uchun qo‘llaniladi. Buning natijasida reformer tizimi va tiklagich-gaz aylanishi konturi birlashadi



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling