Mundarija: Kirish nima uchun odamlar cho’kadi? Cho’kish turlari


Download 1.62 Mb.
bet5/9
Sana08.01.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1084232
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
cho\'kish,

Tabiiy xavf. Suv girdobiga suzish bo’yicha sport ustasi ham tushib qolishi mumkin, undan suzib chiqish va kuchli oqimni yengish esa juda qiyin.

  • Zarb. Sho’ng’ishga yoki suv tubidan chiqishga harakat qilayotganda odam suzib yuruvchi shox-shabba, biron jism yoki boshqa birovga urilib ketishi mumkin. Ba’zan zarba shunchalik kuchli bo’ladiki, odam qayta suv sathiga suzib chiqishga qodir bo’lmaydi.

  • Tomir tortishi. Sovuq suvda, mushaklarning kuchli zo’riqtirish bilan tomir tortishib qolishi ehtimoli yuqori, tortishib qolgan oyoqni ishlatib suzish esa deyarli mumkin emas.

    CHO’KISH TURLARI

    1. Chin (haqiqiy). Shuningdek nam cho’kish deb ataladi, o’lim o’pkalarga suv kirishi natijasida sodir bo’ladi. Havo o’rniga alveolalarda suv to’lishi natijasida qon tomirlar yoriladi va qonga suv kiradi. Bu uch bosqichda kechadi:

      1. Dastlabki. Bunda odam hushida, harakatlanishga, suv ostida nafasini ushlab turishga va uni yutib yubormaslikka harakat qilishga qodir bo’ladi. Birinchi yordam ko’rsatilgach va o’pkadan suv yo’tal bilan, oshqozondan esa qayt qilish orqali chiqib ketganidan so’ng hech qanday asoratlar qolmaydi.

      2. Agonal. Ushbu bosqichda cho’kayotgan odam hushini yo’qotadi. Garchi uning harakatlari saqlanib qolsada, ammo ular ixtiyoriy bo’lmaydi, suv o’pkaga nazoratsiz ravishda kiradi, yurak urishi va nafas olish mavjud, ammo zaifdir. Birinchi yordam berilmasa va o’pkadan suv chiqarib tashlanmasa, jabrlanuvchi holati juda tez uchinchi bosqichga o’tadi.

      3. Klinik o’lim. Nafas olish va puls to’xtaydi, ko’z qorachig’lari yorug’likka reaktsiya qilmaydi. Jabrlanuvchiga faqat dastlabki daqiqalarda yordam berish mumkin.

    2. Soxta, ikkinchi nomi asfiksik cho’kish. Ushbu turdagi cho’kishda ham o’lim o’pkaga suv tushishi sababli sodir bo’ladi, ammo bu safar bu spazm tomonidan chaqiriladi. Tomoq teshigi qisiladi va suvning o’pkaga kirishiga to’sqinlik qiladi, odam tezda hushini yo’qotadi, so’ngra suv tubiga cho’ka boshlaydi va natijada suv nazoratsiz uning ichiga kiradi. Bu holat suvga keskin urilganda, qo’rquv, shok vaziyatlarda kuzatiladi.


    3. Download 1.62 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling