Sinkopal yoxud ko’k cho’kish. O’lim yurak urishi to’xtashi hisobiga sodir bo’ladi, yurak to’xtashi esa — gipotermiya va ortiqcha kuch sarflash tufayli. Bunday cho’kish turli xaotik harakatlarga ko’p energiya sarflaydigan va panikaga tushib qoladigan tajribasiz suzuvchilarda ham, yurak yetishmovchiligi bo’lgan tajribali suzuvchilarda ham kuzatiladi.
INSON CHO’KAYOTGANINI QANDAY BILISH MUMKIN?
Albatta, hech qanday shovqin-suron ko’tarilmaydi — har bir nafas qultumi uchun kurashish kerak bo’lgan holatda ko’pchilik odamlar baqirishmaydi. Shuningdek qo’llarni silkitish va suv sachratish ham kuzatilmaydi.
Cho’kayotgan odamda odatda quyidagi belgilar kuzatiladi:
Bosh suv sathidan pastda saqlanadi, og’iz suv ostida va faqat vaqti-vaqti bilan nafas olish uchun ko’tariladi.
Cho’kayotgan odam xalaqit berayotgan sochlarini to’g’irlamaydi, bir joydan boshqa joyga suzib ketmaydi, bir nuqtaga qaraydi — o’sha paytdagi nigohi «shishadek» bo’lib qoladi.
Orqaga tayanish yoki boshini tashlashga harakat qilib, qiyinchiliklar bilan nafas oladi.
Uning rangi oqarib ketadi, haqiqiy cho’kishda — og’iz va burun atrofida ko’pik bo’ladi.
Cho’kish haqida belgil beruvchi boshqa alomatlar ham mavjud, masalan titroqli nafas olish va varaja qilish, lekin ularni masofadan turib sezib bo’lmaydi.
CHO’KAYOTGAN ODAMNI QUTQARISH VA SUVDAN CHIQARISH TEXNIKASI
Eng avvalo cho’kayotgan kishini suvga tushmasdan qutqarish mumkinligini teran baholab ko’rish kerak. Yaqin atrofda uzunroq tayoq, qutqaruv balloni yoki havo solingan boshqa jism mavjudligiga nazar soling. Atrofdagilarni yordamga chaqiring — bunday holda qahramonlik qilish ketmaydi.
Cho’kayotgan odamga yordam berishning eng katta qiyinchiligi shundaki, cho’kuvchi odam qutqaruvchiga reflektor ravishda tirmashib oladi va qutqaruvchi yetarlicha tajribaga ega bo’lmasa, cho’kuvchi ikkisini ham suv tubiga tortib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |