Mundarija: Kirish nima uchun odamlar cho’kadi? Cho’kish turlari


Cho‘kkanda birinchi yordam ko‘rsatish


Download 1.62 Mb.
bet4/9
Sana08.01.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1084232
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
cho\'kish,

Cho‘kkanda birinchi yordam ko‘rsatish
2. Ko‘k asfiksiya: o‘pkaga suv tushishi natijasida nafas olish to‘xtaydi.
Cho‘kkanda juda tez yordam ko‘rsatilishi zarur. Chuchuk suvda cho‘kkanda, suv alveolalar devori orqali tez sizib o‘tib, qon oqimiga qo‘shilib ketadi, oqibatda qonning kimyoviy tarkibi keskin o‘zgarib, u suyuladi, yeritrotsitlar yemiriladi va yendi ular kislorod tashiy olmaydi, o‘tkir kislorod yetishmovchiligi – gipoksiya boshlanadi. Qon plazmasi tarkibiga o‘xshash, lekin tuzlar bilan yanada ko‘proq to‘yingan dengiz suvi alveolalar devoridan sizib o‘tmaydi.
Aksincha, o‘pkaga tushgan dengiz suvi qon plazmasini qon oqimidan chiqib, alveolalar bo‘shlig‘iga o‘tishga majbur qiladi. Suv plazma va havo qoldiqlari bilan birga ko‘pik hosil qiladi, o‘pka shisha boshlaydi. Bunda alveolalarning devorlari shikastlanadi, qon aylanishi va havo almashinuvi buziladi. Bularning bari bir necha o‘n sekund orasida yuz beradi. Keyinroq odamning yuragi faoliyati to‘xtaydi va agar 4-5 daqiqadan so‘ng yordam ko‘rsatilmasa, u o‘lishi mumkin.
Suvda cho’kish qiyin emas, hatto mohir suzuvchilar uchun ham. Va bu noxush hodisa doim ham multfilm va kinolardagi singari, qahramonlar og’zini kulgili ravishda ochib, qutqaruvchilarni chaqirishi bilan kechmaydi.
Darhaqiqat, insonlarga tez va jim holda cho’kib ketish xosdir. Bu hatto olomon ko’p bo’lgan va har bir kishini kuzatish uchun ko’zlar yetarli bo’lgan plyajlarda ham sodir bo’ladi
NIMA UCHUN ODAMLAR CHO’KADI?
«Chunki ular suzishni bilmaydi» degan eng ayon javob juda ahmoqonadir. Suzishni bilmaydigan inson chuqur suvga tushmaydi va umuman suvdan yiroqroq bo’lishga harakat qiladi.
Suza olmaydigan odam ko’lning o’rtasigacha suzib borib, o’sha yerda cho’kib ketishini tasavvur qilish qiyin.
Cho’kishning keng tarqalgan sabablari quyidagilardir:



  • Spirtli ichimliklar. Mastlik kishini eng mantiqsiz harakatlarga undashi mumkin, kishida o’z kuchini teran baholash bilan qiyinchiliklar ham kuzatiladi. Mast holatda do’stlari bilan daryoni narigi sohiliga suzib o’ta olishga garov o’ynash yoki shunchaki «yengillashish» uchun suvga tushib chiqish istagi uyg’onishi mumkin. Har holda, alkogol — cho’kish sabablarining 80 foizini tashkil qiladi.


  • Download 1.62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling