Mundarija kirish ochik usulda kazish tushunchasi I


Download 279.36 Kb.
bet2/12
Sana14.05.2023
Hajmi279.36 Kb.
#1458874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-КИА-курс иши намуна (6)

Uchinchi. О‘zbekiston rangli metallar – mis, qо‘rg‘oshin, ruh, volfram va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning aniqlangan zaxiralariga ega.
Mis rudalari bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi, chunonchi, oltin, kumush, molibden, kadmiy, indiy, tellur, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy va boshqalar ham qazib olinadi.
Muhimi shundaki, ruda asosan ochiq usulda qazib olinadi.Bu esa konlarning rentabelli ishlashini ta’minlaydi.Ishlab turgan konlar mis va unga yо‘ldosh metallarni 40 – 50 yil, rux va qо‘rg‘oshinni 100 yildan kо‘proq vaqt qazib olishni ta’minlaydi.
Rangli metallar rudalarining zaxiralari asosan Olmaliq ruda maydonida joylashgan.Qalmaqir koni noyob konlardan bо‘lib, u mis – molibden rudalarini qazib chiqarish bо‘yicha chet ellardan ancha ustun turadi. Bu konning rudasini Olmaliq kon – metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Kombinat О‘zbekistondagi eng yirik koxonalardan biridir.
Bundan tashqari, istiqbolli Dalneye mis koni topilgan. Uning mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurt zaxiralari katta.
Bu konda chet el sarmoyasi ishtirokida mis ishlab chiqaradigan va yо‘ldosh metallarni ajiratib oladigan ishlab chiqarishlar qurilishni amalga oshirish yangi boyitish fabrikasi qurishni talab qiladi. Bu
fabrikani ruda xom ashyosi bilan taminlash ikki yuz yilga mо‘ljallangan.
Mazkur kon qidirib topilgan zaxiralari, qazib olishning tannarxi, foydali qazilmalarning ajiratib olinishi jihatidan MDH mamlakatlari orasida teng keladigani yо‘qdir.
Qо‘rg‘oshin – rux asosan Jizzax viloyatining Uchquloch va Surxandaryo viloyatining Xondiza konlarida jamlangan.
Xodizadagi konda qо‘rg‘oshin va rux bilan birga mis, kumush, kadmiy, seoyen, oltin va indiy bor. Xalqaro bozorda bu metallning mavqei oshgan sari О‘zbekistonda ularni qazib chiqarishni kengaytirish mumkin.
Ishlab turgan korxonalarni texnikaviy va texnoligik qayta jixozlash uchun oz miqdorda investitsiya sarflab, mis rudalarini qayta ishlash chog‘ida ajiratib olinadigan nodir metallarning oliy markalarini olish imkoni mavjud. Ularning tarkibida asosiy metall 99,99 foizni tashkil etadi.
О‘zbekiston Respublikasi bir qator nodir va tarqoq holda uchraydigan metallarni ajiratib olish hamda ishlab chiqarish uchun ishonchli xom ashyo bazasiga ega. Ularning bir qismi, masalan, litiy, mustaqil konlarda jamlangan, boshqalarini mis, polimetallar, uran va boshqa foydali qazilmalar konlaridan yо‘ldosh moddalar sifatida ajiratib olish mumkin.
Selen va tellurdan asosan yarim о‘tkazgichlar, quyosh batareyalari, termogeneratorlar, pо‘lat, shishaning maxsus navlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
О‘zbekiston reniyning noyob zaxiralariga ega. U Olmaliq konlaridagi rudalari bilan bog‘liq.Molibden konsentratidagi reniyning miqdori jihatidan bu rudalar jaxon amaliyotida tengsizdir. Sanoatda reniydan aviatsiya va kosmik texnika uchun о‘tga chidamli qotishmalar, elektron uskunalar, neftni parchalash uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
Jahonda omiy izotoplari oilasida osmiy 187 bor – yо‘g‘i 1,6 foizni tashkil etadigan tabiy manbalar ( Afrika, Shveysariya, Rossiyada) mavjud. Ayni vaqtda О‘zbekiston konlaridagi tarkibida reniy bо‘lgan mis – molibden rudalarida barqaror izotopning foiz miqdori ancha yuqori.

Download 279.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling