Mundarija kirish ochik usulda kazish tushunchasi I
Download 279.36 Kb.
|
2-КИА-курс иши намуна (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………… Ochik usulda kazish tushunchasi……………………… I .1.
- II .2.
KIRISH О‘zbekiston dunyodagi juda katta oltin, kumush va boshqa qimmatbaho hamda yer bag‘rida kam uchraydigan metallar zaxiralariga ega bо‘lgan davlatlar jumlasiga kiradi. Hozirgi vaqtda 40 ta qimmatbaho metall konlari qidirib topilgan. Oltinning asosiy zaxiralari oltin konlarining о‘zida – Markaziy Qizilqumda joylashgan bо‘lib, tasdiqlangan zaxiralar bо‘yicha respublikani dunyoda tо‘rtinchi о‘ringa olib chiqadi. Muruntov koni dunyodagi gigant konlar jumlasiga kiradi.U Yevroosiyo qit’asidagi ruda tarkibida oltin yuqori darajada bо‘lgan eng yirik kondir. Muruntov konining topilishi halqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida oltin sohasida qilingan eng katta kashfiyot deb e’tirof etildi. Muruntov koni – juda katta manba bо‘lib, unda har yili millionlab kub metr kon tuprog‘i qazib olinadi.Undan dunyodagi eng sifatli oltin olish mumkin. Bu xolning о‘ziyoq dunyoning oltin qazib oluvchi sanoati uchun noyob namunadir. Oltin tozalashda affinaj ( eng sof metall olish) jarayonining zamonaviy texnologiyasi joriy etilgan. Bu texnologiya bir qator Bu texnologiya bir qator “ nouxau ” ni о‘z ichiga oladi. Natijada oliy tovar kо‘rinishiga ega bо‘lgan, soflik darajasi “ tо‘rtta tо‘qqiz ” ga teng asl oltin olinmoqda . Ana shu oltin О‘zbekistonga kо‘plab xalqaro sovrinlar keltiradi . Kо‘p yillar foydalanish natijasida Muruntov konining chetida katta xajmda minerallashgan uyumlar ajratilgan va tо‘plab qо‘yilgan edi . Uning tarkibidagi oltin miqdorini olish imkoni yо‘q edi . Bugungi kunda ana shu minerallashgan uyumlar Amerikaning “Nyumont Mayning Korporeyshn ” kompaniyasi ishtirokida eng yangi texnologiyalar jalb etilib, qayta ishlanmoqda . Sо‘ngi yillarda infrastrukturasi yaxshi rivojlangan Samarqand va Toshkent viloyatlarida oltin rudali konlar aniqlandi va qidirib topildi. Dunyoning eng yirik oltin rudali viloyati bо‘lgan Qizilqumda Muruntovdan tashqari Ajbugut , Bulutkon , Balpantov , Aristontov , Tо‘rboy va boshqa yangi konlar aniqlanib, о‘rganilmoqda. Qizilqum mintaqasidagi barcha oltin konlarining muxum xususiyati shundan iboratki, rudaning tarkibida oltin kо‘p miqdorda bо‘lib, u ochiq usulda qazib olinadi. Muhandislik tarmoqlari, kommunikatsiyalar ( suv, gaz, elektr energiyasi, temir yо‘l va avtomobil yо‘llari ) ham mavjud.Respublikada kumush konlari xam bor . Bular Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoye, О‘qjetpes, Kosmonachi konlari va Namangan viloyatidagi oqtepa konidir. Tasdiqlangan zaxiralarning katta miqdori oltin va mis – porfir konlaridir. Oqtepa koni kumush qazib chiqarish bо‘yicha eng istiqbolli bо‘lib, chet el investitsiyalarini о‘ziga jalb etadigan kondir. О‘zbekistonda qimmatbaho metallar bilan bir qatorda uran ham ishlab chiqariladi.Uning uchun yirik mineral – xom ashyo bazasi barpo etilagan. Aniqlangan uran zaxiralari 50 – 60 yil mobaynida qazib olishga yetadi. Uran bilan yо‘l – yо‘lakay reniy, skandiy, lantanoidlar va boshqalar ham qazib olinmoqda. Mazkur elementlarning aksariyati ma’lum darajada eritmaga о‘tadi.Binobarin, ularni ajiratib olish texnologiyasini joriy etish konlarni ishlash samaradorligini ancha oshirish imkonini bergan bо‘lur edi. Download 279.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling