Mundarija kirish ochik usulda kazish tushunchasi I


II.Kon jinslarining burg‘ulanuvchanligi


Download 279.36 Kb.
bet4/12
Sana14.05.2023
Hajmi279.36 Kb.
#1458874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-КИА-курс иши намуна (6)

II.Kon jinslarining burg‘ulanuvchanligi.

Portlatish skvajinlarini burg‘ilash deganda burg‘ilash uskunasi bilan kon jinsini buzish va burg‘ilash natijasida xosil bо‘lgan kon jinslari mayda bо‘laklarini yuqoriga chiqarish tushuniladi. Skvajinlarni burg‘ilash samaradorligi kо‘pgina omillarga bog‘liq bо‘lib, ulardan asosiysi kon jinslarini burg‘ilanuvchanligi hisoblanadi. Kon jinslarining burg‘ilanuvchanligi – bu kon jinsning burg‘ilash asbobi ta’sirida buzilish xususiyatidir. Kon jinslarining burg‘ilanuvchanligi bilan mos xolda burgilash dastgohlarining texnologik kо‘rsatgichlari tanlab olinadi. Tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanligi burg‘ilash usuli, burg‘ilash asbobi konstruksiyasi va kon jinsi buzilishiga tasir qiluvchi omillarga bog‘liq. Akademik V.V. Rejevskiy kon jinslarining burg‘ilanuvchanligi bо‘yicha


( faqatgina tog‘ jinslari xususiyatlariga bog‘liq xolda ) mexanik burg‘ilashdagi kо‘rsatkichi bо‘yicha tog‘ jinslarini ajratgan. Unga muvofiq burg‘ilanuvchanlik kо‘rsatkichi quyidagi formula orqali aniqlanadi:


Pb = 7 ( Ϭsj + Ϭcdv) + 7 γ

Bunda, Ϭsj– tog‘ jinsining bir о‘q bо‘yicha siqilishga (ega bо‘lgan)


chidamlilik chegarasi, MPa
Ϭcdv - tog‘ jinsining siljishga bо‘lgan qarshilik chegarasi.
γtog‘ jinsining zichligi, t/m3.
Burg‘ilanuvchanlik kо‘rsatkichi bо‘yicha tog‘ jinslari 5 ta sinfga bо‘linadi. Har bir sinf tarkibiga 5 turkum (kategoriya) kiradi:
I - sinf – yengil burg‘ilanuvchi jinslar, 1dan – 5 chi kategoriyagacha:
( Pb= 1 5)
II - sinf –о‘rtacha qiyinchilikda burg‘ilanuvchi jinslar, 6 dan – 10 kategoriyagacha: ( Pb= 5,1 10)
III - sinf – qiyin burg‘ilanuvchi jinslar, 11 dan – 15kategoriyagacha: ( Pb= 10,1 15)
IV - sinf – juda qiyin burg‘ilanuvchi jinslar, 16 dan – 20
kategoriyagacha: ( Pb= 15,1 20)
V sinf – xaddan tashqari qiyin burg‘ilanuvchi jinslar, Pb 25 kо‘rsatkichga ega bо‘lgan tog‘ jinslari kategoriyadan tashqari jinslar deyilib bunday jinslar kamdan – kam uchraydi.Sari – CHо‘qqi konidagi tog‘ jinslari burg‘ilanuvchanlik darajasi bо‘yicha о‘rtacha qiyinlikda burg‘ilanuvchi va qiyin burg‘ilanuvchi jinslar sinfiga kiradi.



Download 279.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling