Mundarija kirish tadqiqot natijalarining tanqidiy tahlili


II.TADQIQOT METODIKASI VA ISHNING AMALIY QISMI


Download 1.65 Mb.
bet8/17
Sana19.06.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1624683
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
МУНИРА дис. 27.05.23 лотинча

II.TADQIQOT METODIKASI VA ISHNING AMALIY QISMI
2.1. Yangi tolaviy tarkibli materialdan ayollar kiyimini loyihalash masalalari
To‘qimachilik sanoatida yangi tolalar kashf etishdan ko‘ra mavjud tolalar asosida yangi assortimentlarni yaratish dolzarb masala hisoblanadi. Respublikamizda issiq iqlim sharoitiga mo‘ljallangan, tarkibi tabiiy va sun’iy aralash tolali matodan kiyimning yangi modelini yaratishga pardozlash texnologiyasi ta’sirini o‘rganish borasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda [1-2]. Oxirgi yillarda jahonda aralash tolali matolarga bo`lgan talab juda oshdi. Bunday mahsulotlar o`zida tabiiy tolaning gigiyenik xossalarini va kimyoviy tolalarning o`ziga xos fizik-mexanikaviy xossalarini mujassam etadi [3].
Ilmiy tadqiqot ishida “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi izlanuvchilari tomonidan yaratilgan tanda ipi paxta (100 %) va arqoq ipi paxta+viskoza tolali (50+50%), hamda tanda ipi paxta (100 %) va arqoq ipi paxta+bambuk tolali (50+50%), polotno to‘qilishli, yuza zichligi 220 g/m2 bo‘lgan yangi tolaviy tarkibli gazlamaning fizik-mexanik xususiyatlarini o‘rganish natijasida ayollar kiyimini ishlab chiqishga tavsiya berilgan [4-5]. Yangi strukturali gazlamadan kiyim loyihalash uchun Toshkent shaxri va Surxondaryo viloyatida 25-40 yosh oralig‘idagi ayollar o‘rtasida 20 ta savolni o‘z ichiga oluvchi so‘rovnoma o‘tkazildi. Respondentlar 100 kishini tashkil etib, ulardan 30 nafar talabalar, 30 nafar ziyolilar, 20 nafar ishchi-xizmatchilar, 20 nafar uy bekalari. Bunda paxta+viskoza hamda paxta+bambuk tolali gazlamaning gigiyenik xususiyati yuqoriligini e’tiborga olib [6], bahor va kuz mavsumiga mo‘ljallangan ayollar kiyimini loyihalash maqsad qilib olindi.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, so‘rovnomada asosan ustki kiyim turi, silueti, bichimi, rangi, kiyimni bezash elementlari, kiyimga qo‘yiladigan talablar va konstruktiv modellash usullari kabi ko‘rsatgichlar bo‘yicha savollar keltirildi. So‘rovnoma oliy ta’lim talabalari va pedagoglari, o‘rta maktab va kasb-hunar kollej o‘qituvchilari, bank xodimlari, tibbiyot xodimlari, tadbirkorlar va uy bekalari o‘rtasida olib borildi. Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalar diagramma ko‘rinishida berildi (1,2,3-rasmlar).


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling