Mundarija kirish tadqiqot natijalarining tanqidiy tahlili
-jadval Igna va ipni tanlash
Download 1.65 Mb.
|
МУНИРА дис. 27.05.23 лотинча
1.1-jadval
Igna va ipni tanlash
Ip mustahkamligi pasayishini kamaytirish uchun katta nomerdagi (diametrli) ignalardan foydalanish orqali erishiladi, ya’ni bunda igna qulog‘i va materialdan ipni o‘tkazish sharoitlari yaxshilandi. Biroq, igna nomeri va ip tanlashda alohida shart-sharoitlar mavjud bo‘lib, to‘g‘ri bahya hosil qilishi ko‘p jihatdan ularga bog‘liq bo‘ladi (1.1-jadval). Igna bilan materialni teshib o‘tishda igna va material o‘rtasidagi ishqalanish tufayli ignaning qizib ketishi kuzatiladi. Ignaning qizish harorati tikuv mashinasini ishlash tezligi, biriktirilayotgan materiallarning qalinligi va zichligi, bahyaqatordagi chok chastotasi, igna diametri, materialga nisbatan tepki bosimining oshishi hisobiga o‘sadi. Turli xil iplar ignaning qizishiga turlicha ta’sir bildiradilar. Paxta tolali va ipak iplarda ignaning qizish harorati 400˚S dan yuqori bo‘lganda qo‘llanilsa sintetik iplar esa (masalan, kapron) ignaning 250-280˚S da uziladi. Igna haroratining 300-400˚S gacha ko‘tarilishi, ipli birikmalarning sifatiga salbiy ta’sir qiladi, ayniqsa, sintetik iplar bilan materiallarni biriktirishda kuzatiladi. Bunda qizigan igna bilan tutashgan ipning tolalari eriydi, ignaning yuzasiga yopishib qoladi, uning ariqchasi va teshigini to‘ldirib, ipning uzilishiga olib keladi. SHuningdek choklarning sifatini yomonlashuvi igna bilan teshilgan materiallardagi joylarda teshikchalarni hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Bunday teshikchalar, ayniqsa, och rangdagi materiallarda bilinib turadi. Bahyaqatorlarning sifatini oshirish va yuqori tezlikda ishlaydigan mashinalarning to‘liq quvvatidan foydalanish orqali mehnat unumdorligini ko‘tarishda ignani sovutish kerak yoki materiallarni biriktirishning maqbulrejimlari tanlanadi. Tadqiqotlar natijasida [8] o‘zaro biriktirilgan materiallar namunalarini uzilishida (cho‘zish kuchi bayahqatorga nisbatan perpendikulyar tarzda ta’sir qiladi) kichik uzunlikdagi bahyaga nisbatan, kattaroq uzunlikka ega bahyalarga uzish kuchi ko‘proq ta’sir qilishi aniqlandi.Demak, aynan bir xil mustahkamlikka ega bahya xosil bo‘lganda, kichik uzunlikdagi, bahyaning mustahkamligi katta uzunlikdagi bahyalarga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Agar bir xil uzunlikdagi bahyaqatorlarda bahyalar soni har xil bo‘lsa, bunda uzilish kuchlari bahyaqatorlar uchun har xil bo‘ladi. Mokisimon bahyaning uzunligi 2 dan 3 mm gacha oshirilganda, barcha turdagi matolar uchun uzilish kuchi 25±2.8% ga kamayadi, bahyaning uzunligi 2 dan 4 mm gacha oshirilganda -35±4%, 2 dan 5 mm gacha -45±3.3% gacha o‘zgaradi. SHunday qilib, muayyan bahya uzunligidagi uzilish kuchini bilgan holda, bahya uzunlikdagi bahyalarning uzilish kuchini o‘zgarishini prognozlash mumkin bo‘ladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, paketdagi materiallar qavatlarini ko‘payishi bahyaqatorning uzilish kuchini oshishiga olib keladi. Agar mokisimon bahyaqatorning mustahkamligi 2 qavat materialni biriktirganda 100% qilib olinsa, unda uch qavatli materialni biriktirishdagi uzilish kuchi o‘rtacha 3% ga oshadi, 4 qavatli biriktirishda esa – o‘rtacha 6% ni tashkil qiladi. Paketdagi materiallar qavatlari sonining oshish hisobiga (5 dan 7 tagacha) bahyaqatorning uzilish kuchi 12-16% ga o‘sadi. Ayrim xollarda biriktirilayotgan materialni turiga qarab bahyaqatorni uzilish kuchi qavatlar soni 7 dan ko‘p bo‘lganida 20% ga oshadi. Igna ipining tarangligiga ko‘p jixatdan moki ipining tarangligi (yoki chatishtirgich ipi), tikuv mashinasining tezligi, materialga tepkining bosimi, egilishga nisbatan ipning mustahkamligi, ip yuzasini pardozlash sifati, ipning mashina detallari konturlarini egib o‘tish radiusi kabilar ta’sir qiladi. Tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlandiki, barcha xollarda igna ipining tarangligini oshishi bilan bahyaqatorning uzilish kuchi kamayishi kuzatiladi. Igna ipining tarangligi 0.2 dan 0.3 gacha o‘zgarishi moki bahyaqatorning uzish kuchini 10±5.5% ga kamaytiradi. Igna ipining tarangligi 0.3 dan 0.4 gacha o‘zgartirilishi esa -17±7% ni tashkil qiladi. Zanjirli bahyaqatorlarda igna ipning turlicha taranglikda ipning mustahkamligi deyarli o‘zgarmaydi [9]. Bahyaqatorga nisbatan tanda ipi yo‘nalishining o‘zgarishi ipli birikmalarning uzilish kuchiga ta’sir qiladi (cho‘zish kuchi bahyaqator chizig‘iga nisbatan perpendikulyar ravishda qo‘yiladi). Tadqiqotlarningko‘rsatishicha, ipli birikmaning uzilish kuchining eng katta qiymati bahyaqatorlarning tanda ipiga nisbatan 45˚ burchak ostida yoki perpendikulyar bo‘lganida namoyon bo‘ladi. Eng kam miqdordagi uzilish kuchi bahyaqatorning tanda yoki arqoq ipiga nisbatan 30˚ burchakkacha bo‘lgan xolatda erishiladi. Biriktirtirilayotgan materiallarda bahyaqatorlarni tanda ipiga nisbatan joylashuviga qarab uzilish kuchlarini o‘zgarishi materiallardagi iplarga ta’sir qiladigan uzilish kuchlariga qayta taqsimlanishi bilan tushuntiriladi. SHunday taqsimlanish, masalan, tanda ipiga nisbatan 30˚ burchak ostida bahyaqatorning joylashuvida bahyaqatorning ma’lum qismida cho‘zilish kuchlarini konsentratsiyasini oshishiga va uzilish kuchini unchalik katta bo‘lmagan qiymatida uning emirilishiga olib keladi. CHokdagi bahyaqatorlar soni va choklarning konstruksiyasi ipli birikmalarning mustahkamlanishiga ta’sir qiladi.Ikki yoki uch qatorli bahyaqatorlardan foydalanish bundanda mustahkam birikmalarni oshirish imkonini beradi. Ikkinchi bahyaqator chokning mustahkamligini ko‘ndalang yo‘nalishda o‘rtacha 60-85% ga oshiradi. Bahyaqator o‘rtasidagi masofa ipli birikmaning mustahkamligiga deyarli ta’sir qilmaydi. O‘zaro biriktirilayotgan materiallar qavati sonini va bahyaqatorlarning sonini oshishida bahyaqatorning mustahkamligini oshishiga chokning konstruksiyasi ta’sir qiladi.Agar chok haqining kengligi etarli darajada bo‘lmasa yoki chetlari oson sitiluvchan materiallar yo‘rmalmagan bo‘lsa, ekspluatatsiya qilish jarayonida chokka ta’sir qiladigan tashqi kuchlar ta’sirida bahyaqator materiallardan ajralib chiqishiga olib kelishi mumkin. Minimal ravishdagi chok xaqi kengligi shunday olinishi kerakki, bunda namunalarni cho‘zishda biriktirish choklari materialdan ajralib chiqmasligi kerak. Engil sitiluvchan materiallarning qirqimlarini mahkamlash uchun qirqimlar yo‘rmalanganda elimlanadi, issiqlik bilan ishlov beriladi (qirqimlarini kuydirish), yopiq qirqimli choklar bilan ishlov beriladi. Tikuv mashinasi ignasi bilan materialning teshilishi bahyaqator atrofida materialni zaiflashuviga olib keladi. Bu uzilish kuchining kutilmagan holda pasayishiga olib keladi (chok atrofida materialning uzilishi ro‘y beradi). Kiyimni tikishda materialning ishqalanishi material iplarining igna tufayli butunlay yoki qisman emirilishi bilan izohlanadi. Material ipini teshib o‘tish ehtimoli uning zichligi va material tolasi diametrining o‘sishi ulardagi apret miqdoriga ko‘ra, biriktirlayotgan materiallarning qavati va boshqalarga qarab oshib boradi. Katta tezlikda harakatlanayotgan igna materialga urilib materialni shikastlamay chetga suradi (masalan, bayka, flanelni biriktirib tikishda) yoki igna sanchilganda qisman yoki iplarning to‘liq ishqalanishi yuzaga kelib, shu bilan birga ularni material teskarisiga tortib chiqarishi xam mumkin. Kiyim tikishda materiallarning ishqalanish darajasini kamaytirish uchun igna nomeri va tikuvchilik iplarini to‘g‘ri tanlash, ignaning o‘tkirligi va yuzasi sifatini tekshirish lozim bo‘ladi. Yangi turdagi materiallardan foydalanishda, ularni biriktirishning ratsional rejimlarini ishlab chiqish kerak. Bahyaqator va material o‘rtasida ta’sir kuchlarining taqsimlanishi bir maromda kechmaydi, bu xol ularning turli hil cho‘ziluvchanligi (uzayishiga)bilan tushuntiriladi. Bahyaqatorlarning mumkin bo‘lgan cho‘ziluvchanligi odatda biriktirilayotgan materiallarning cho‘ziluvchanligidan yuqori bo‘lmaydi. (Bahyaqatorning tanda yoki arqoq iplari yo‘nalishi bo‘yicha joylashuvida), shuning uchun cho‘zilishdagi asosiy kuch asosan materialga ta’sir qilib, uning uzilishiga olib keladi. Paxta ipli mokisimon bahyaqatorning cho‘zilishdagi uzayishi 10-15% bo‘lsa, ikki ipli zanjirsimon bahyaqatorlar uchun 30-35% ni tashkil qiladi. SHuning uchun materiallarning qiya qirqimlari bo‘ylab bahyaqatorlarni yuritilishi, ayniqsa, tanda ipiga nisbatan 45˚ burchak ostidagi yo‘nalishda, mokisimon bahyaqatorlarga nisbatan ikki ipli zanjirsimon bahyaqatordan foydalanish maqsadga muofiq. CHunki zanjirsimon bahyaqatorlar yuqori cho‘ziluvchanlikka ega. Bu holat materialning qiya qirqimlari bo‘yicha mokisimon bahyaqatorga qaraganda cho‘zilib ketishi bilan izohlanib, natijada cho‘zilish tufayli materialning emas, balki bahyaqatorning uzilishi kuzatiladi. Ipli birikmalarning chidamliligi ularning kiyimni ekspluatatsiya jarayonida emirilishini oldini olinishi va uzoq muddatga xizmat qilishi bilan izohlanadi. Tikuv buyumlarini ekspluatatsiya jarayonida bahyaqatorlardagi iplarni tekshirish shuni ko‘rsatadiki, bahyaqatordagi iplar ikkita o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishlarda ko‘p martalik cho‘zish deformatsiyasi ta’siri ostida bo‘lib, natijada o‘rilish joylarida iplarning emirilishi ro‘y beradi va bu hol iplar va choklarning buzilishiga olib keladi. Iplarning chidamligiga materiallarning bikrligi, chok chastotasi, bahya ko‘rinishi, igna ipining tarangligi, tikuvchilik iplarining nomeri va ularning tola tarkibi ta’sir qiladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, biriktirilayotgan materiallarning bikrligini oshishi bilan bahyaqatordagi iplarning chidamliligi (bahyadagi iplarning chalishishdan qat’iy nazar) pasayadi. SHuningdek, chidamlilikning pasayishiga bahyalardagi iplarning tarangligi ta’sir qilib, natijada iplar orasidagi taranglik ortadi. CHok chastotasini oshirilishi (bahyaqatordagi 1 sm ga to‘g‘ri keladigan bahyalar soni) ipli birikmaning chidamliligining oshishiga ta’sir qiladi (masalan, 1 sm bahyaqatordagi chok chastotasini 3 dan 4 tagacha oshirishi chokning chidamliligini 20% ga oshiradi). Tikuvchilik iplarining qalinligi oshishida bahyaqatorlarning chidamliligi o‘sadi (masalan, paxta tolali ipiga nisbatan ipini olinishi chok mustahkamligini 20% ga oshiradi). Ipli birikmalarning chidamligiga ularning biriktirilayotgan materialdagi tanda ipiga nisbatan yo‘nalishi ta’sir qiladi. Eng kam chidamlilikka asosiy ip yo‘nalishiga nisbatan 45˚ burchak ostida yuritilgan bahyaqatorlar ega bo‘ladi. Kiyim tayyorlashda detallarni birlashtirish tikuv iplari orqali amalga oshiriladi. CHokning mustahkamligi baxyaning strukturasi, gazlamaning xususiyatiga bog‘liq. Buyumga ishlov berish bo‘yicha ishlab chiqiladigan tavsiyalar va qo‘llanmalar materialning spetsifik xususiyatini e’tiborga olishi kerak va buyumni ekspluatatsiyasida uning barqarorligini ta’minlash uchun mos metodlar qo‘llaniladi. Buyum detallarini birlashtirish barqarorligini prognozlash va me’yorini aniqlash uchun chokni sinashni ob’ektiv metodlarini qo‘llash lozim. Tikuv mashinalari mexnizmi ta’sirida baxya hosil qilish jarayonida tikuv ipining fizik mexanik va strukturaviy o‘zgarishi kuzatiladi. Bu o‘zgarishlarining kattaligi ipning strukturasi va xususiyati, tikuv mashinasining ishlash tezligi, baxyaning zichligiga bog‘liq. SNIISHP tadqiqotlarida tikish jarayonida hosil bo‘ladigan ipning strukturaviy o‘zgarishi uzilish kattaligiga ta’sir qilishi aniqlangan. Masalan, paxta tolali iplr uchun 3 tasi qo‘shilgan S buramli 80 va 50 iplarning mustahkamligini yo‘qotishi tikish jarayonida o‘rtacha 20-30% ni tashkil etadi. Baxyaqatorni bajarish jarayonida ip mustahkamligining kuzatishdagi o‘zgarishlari buyumda chok mustahkamligiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. SHuning uchun chok mustahkamligini baxolash uchun tayyorlangan namunalarda chokni tikishda yuzaga keladigan ipning strukturaviy o‘zgarishlari xisobga olinadi. Ilmiy tadqiqot ishida [40] turli xil iplarda bajarilgan chokning mustahkamligi tadqiqoti natijalari keltirilgan. Tadqiqot uchun quyidagi iplar olingan: sun’iy, shtapel va biokomponennt. CHok mustahkamligi o‘zgarishini aniqlash uchun 97 sinf mashinasida 100 sm uzunlikda paxta tolali gazlamada baxyaqator tikildi, chok chastotasi 1 sm da 5 ta baxya. Tikilgan chok baxyaqatorni boshlanishidan to‘rtta nazorat uchastkalariga bo‘linadi. Har bir uchastkada uchta proba tayyorlanadi, bunda baxyaning oxiri puxtalanmaydi. Sinash uchun namunalar baxyaqator boshlangandan 150 mm masofada olinadi (1.1-rasm). Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling