Mundarija kirish tadqiqot natijalarining tanqidiy tahlili
Tadqiqot ob’ekti va predmeti
Download 1.65 Mb.
|
МУНИРА дис. 27.05.23 лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy yangiligi.
- Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
- Tadqiqot mavzusi bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Mahalliy to‘qimachilik xom ashyolari, paxta-viskoza tolali gazlama va undan loyihalangan kiyim.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadqiqot maqsadi yangi assortimentdagi paxta-viskoza tolali kostyumbop gazlamadan ayollar kiyimini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish. Bu esa na fakat ichki bozorni, balki tashqi bozorni yangi assortimentdagi gazlamadan raqobatbardosh tikuv buyumini yaratish orqali ta’minlash imkonini beradi. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi: -paxta-viskoza tolali gazlamani sifat va texnologik ko‘rsatkichlarini tadqiq kilish; Ilmiy yangiligi. Olib borilgan nazariy va amaliy izlanishlar natijasida: -paxta-viskoza tolali gazlamani sifat va texnologik ko‘rsatkichlari tadqiqqilindi; -paxta-viskoza tolali gazlamadan kiyim tikishda chok hosil qilishning ratsional parametrlari aniqlandi; -paxta-viskoza tolali gazlamadan buyum tikishda chok mustahkamligi tadqiqqilindi. -paxta-viskoza tolali gazlama xususiyatlarini kiyim tayyorlash texnologik jarayoniga ta’sirini tadqiq kilish; -paxta-viskoza tolali gazlamadan buyum tikish ratsional texnologik parametrlarini tadqiq kilish. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Paxta viskoza tolali gazlamadan ayollar ustki kiyimini tayyorlashda yuza zichligi 230 g/m2 bo‘lgan paxta-viskoza tolali gazlama, qotirma material sifatida tola tarkibi 70 % viskoza, 30 % poliester, yuza zichligi 150 g/m2, elim markasi PA-12/6/66 bo‘lgan dublerin, astarlik gazlama uchun sun’iy shoyi matosidan foydalanib ayollar kostyumini tikish texnologiyasi ishlab chiqildi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Dissertatsiyaning uslubiy asosini tikuvchilik materialshunosligi va kiyimlarni tayyorlash texnologiyasi sohasidagi mamlakatimiz va xorijdagi etakchi olimlarning ilmiy ishlari tashkil etadi. Zamonaviy texnika yutuqlarini sohaga tadbiq etish orqali yaratilganyangi tarkibli gazlamalardan sifatli kiyimlar tayyorlash dolzarbligicha qolmoqda. Rus olimlaridan V. I. Bajenov, B.A.Buzov, T.A.Modestova, N.D.Alыmenkova, YU. V. Dodonkin, S. N. Kiryuxin, N. G. Novikov, garbiy Evropa olimlaridan germaniyalik D. J. Morfi, italiyalik B. Bonn, ingliz olimi E. Ermetejd va boshqalarning to‘qima tuzilishiga oid nazariyalari tahlil etilgan. Mamlakatimiz tadqiqotchilaridan N. O‘rozov, E. SH. Alimbaev, I.A.Nabieva, U.T.Abdullaev ishlarida yangi strukturali gazlamalarni yaratish, ularning tuzilishi va yangi turlarini loyihalashtirish nazariyalarini tahlili keltirilgan. X.X.Kamilova, S.SH.Tashpulatov, F.U.Nigmatova, M.K.Rasulova, U.T.Muminova, D.U.Arifdjanova, M.A.Abdukarimovalarning ilmiy tadqiqot ishlari turli assortimentdagi kiyimlarni tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling