Mundarija kirish tadqiqot natijalarining tanqidiy tahlili
-jadval Paxta-nitron tolali gazlamaning strukturaviy xarakteristikasi
Download 1.65 Mb.
|
МУНИРА дис. 27.05.23 лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.6-jadval Qotirma materialning strukturaviy xarakteristikasi
- 3.7- jadval Namlab-isitib ishlov berish parametrlari
- 3.8- jadval Paxta viskoza tolali gazlamalarning qotirmali materiallar bilan biriktirish rejimlari
- 3.9-jadval Ip bilan biriktirish operatsiyalari
- 3.10-jadval Kiyim paketining elimli birikish mustahkamligi ko‘rsatkichlari
3.5-jadval
Paxta-nitron tolali gazlamaning strukturaviy xarakteristikasi
3.6-jadval Qotirma materialning strukturaviy xarakteristikasi
Kiyimlarga texnologik ishlov berish ularning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Detallar va qirqimlarni biriktirish, namlab isitib ishlov berish va yakuniy ishlov berish sifati, ko‘p tomonlama kiyim sifati, uning qomatdagi o‘tirish sifati, gazlama chidamliligi va boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlaydi. Texnologik ishlov berish jarayonida buyum zarur bo‘lgan hajmli shaklga, tovarbop ko‘rinishga ega bo‘ladi. Texnologik ishlov berish jarayonida shakllanuvchi kiyim sifati muhim darajada qo‘llanilayotgan texnologik uskunalarning turiga, ishlov berish rejimiga, igna diametriga, ip turi va uning xususiyatiga bog‘liq. 3.4-3.5-3.6- jadvallarda ishlov berish parmetrlari keltirilgan. 3.7- jadval Namlab-isitib ishlov berish parametrlari
3.8- jadval Paxta viskoza tolali gazlamalarning qotirmali materiallar bilan biriktirish rejimlari
3.9-jadval Ip bilan biriktirish operatsiyalari
Namunalar keltirilgan issiqlik, bosim va namlik ta’sirida o‘zaro yopishtirildi va namunalarning mustahkamligini belgilovchi ko‘rsatgichlar, ya’ni uzish kuchi va uzilishdagi cho‘zilish foizi aniqlanildi. Ilmiy- tadqiqot ishida «100% Spun Polyester», №40/2 markadagi tikuv ipidan foydalanib chok mustahkamligi “SENTEX.UZ”laboratoriyasida «STATIMAT-C» mashinasida tekshirildi. Detallarni biriktirishda 0,48 mm qalinlikdagi paxta nitron tolali gazlama uchun №40/2 poliester ip, 90-100 raqamdagi igna, 3-4 mm dagi baxya uzunligi tanlandi. Elimli birikma natijasida paket mustahkamligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari 3.7-jadvalda keltirildi. 3.10-jadval Kiyim paketining elimli birikish mustahkamligi ko‘rsatkichlari
Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yuza zichligi 85 g/m2 bo‘lgan elimli materialdan foydalanilganda uzilish kuchi tanda bo‘yicha 17 N, arqoq bo‘yicha 12,5 N, uzilishdagi cho‘zilish foizi tanda bo‘yicha 7%, arqoq bo‘yicha 10 % ni, yuza zichligi 150 g/m2 bo‘lgan elimli materialdan foydalanilganda uzilish kuchi tanda bo‘yicha 18 N, arqoq bo‘yicha bo‘yicha 15 N, uzilishdagi cho‘zilish foizi tanda bo‘yicha 28%, arqoq bo‘yicha 30% ni, yuza zichligi 110 g/m2 bo‘lgan elimli materialdan foydalanilganda elim paketning uzilish kuchi tanda bo‘yicha 16 N, arqoq bo‘yicha bo‘yicha 12,5 N, uzilishdagi cho‘zilish foizi tanda bo‘yicha 11%, arqoq bo‘yicha 15% ni tashkil etdi. Xulosa qilib aytganda, yuza zichligi 150 g/m2 bo‘lgan dublerinli buyum paketining uzish kuchi, birinchi namunaga nisbatan tanda bo‘yicha 6% ga, arqoq bo‘yicha 17 % ga, uchinchi namunaga nisbatan tanda bo‘yicha 12 % ga, arqoq bo‘yicha 17%ga, uzilishdagi cho‘zilish birinchi namunaga nisbatan tanda bo‘yicha 75% ga, arqoq bo‘yicha 77% ga, uchinchi namunaga nisbatan tanda bo‘yicha 61% ga, arqoq bo‘yicha 50% ga oshdi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, tola tarkibi va elim turi bir xil, lekin zichligi turlicha bo‘lgan qotirma materilallardan tashkil topgan buyum paketlari turli xil ko‘rsatgichlarni ko‘rsatdi. Yuqoridagilarni hisobga olib, ayollar ustki kiyimini loyihalashda tola tarkibi 70% viskoza, 30% poliester, yuza zichligi 150g/m2, elim markasi PA12/6-66 bo‘lgan dublerin buyum paketi uchun tavsiya etiladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling