Mundarija kirish tadqiqot natijalarining tanqidiy tahlili


Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash


Download 1.65 Mb.
bet15/17
Sana19.06.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1624683
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
МУНИРА дис. 27.05.23 лотинча

3.3. Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash
Buyum sarf vaqtini ixtisoslik va buyumga ishlov berish bosqichlari bo‘yicha hisoblash
Yangi tolaviy tarkibli gazlamadan ayollar ustki kiyimini tayyorlashda zamonaviy asbob-uskunalardan foydalangan holda buyumning loyihadagi tikish sarf vaqti aniqlandi. Shunga asosan ixtisoslikka qarab buyum tikishga ketgan sarf vaqtini va buyum sarf vaqtini ixtisoslik hamda buyumga ishlov berish bosqichlari bo‘yicha hisoblash amalga oshirildi (3.11-3.12- jadvallar). Ayollar jaketiga ishlov berish texnologik ketma-ketligi ilovada keltirilgan (1-jadval).


3.11- jadval


Ixtisoslikka qarab buyum tikishga ketgan sarf vaqtini hisoblash








Ishturi

Sarf vaqti

Amaldagi sarf vaqti sek.

Loyihadagi sarf vaqti

sek.

%

sek.

%

1

Universal mashinalarda

1667

47.91

1206

37.996

2

Maxsus mashinalarda

132

3.79

132

4.158

3

Yarim avtomatlarda

35

1

235

7.403




Jami:____1834____52.7'>Jami:



1834



52.7

1573

49.557

1

N.I.B

405



11.64

390

12.28

2

Dazmol

556

15.98

543

17.107




Jami



961



27.62

933

29.387

1

Qo‘l ishi

684



19.66

668

21.045




Jami:



3479



100

3174

100



3.12-jadval
Buyum sarf vaqtini ixtisoslik va buyumga ishlov berish bosqichlari bo‘yicha hisoblash

t/r

Buyumga ishlov berish bosqichlari

Sarf vaqti

Amalda

Loyihada

c

%

c

%

1

Tayyorlov bosqichi

1.1

Dublerinlash

230

6.4

230

7.8

1.2

Old bo‘lakga ishlov berish

690

23.2

625

25.3

1.3

Ort bo‘lakga ishlov berish

260

5.7

240

6

1.4

Yenga ishlov berish

328

10.2

308

10.7

1.5

Yoqaga ishlov berish

193

5

185

4.4

1.6

Astarga ishlov berish

308

7.9

271

7.4

1.7

Adipga ishlov berish

45

0.7

35

1.1

2

Yig‘ish

2.1

Old bo‘lak va ort bo‘lakni biriktirib tikish

263

5.4

258

6.1

2.2

Yoqani biriktirib tikish

298

6.9

283

7.4

2.3

Yengni biriktirib tikish

120

2.4

125

2.7

2.4

Avra va astarni biriktirib tikish

546

14.5

498

13.2

3

Yakuniy ishlov berish

3.1

Yakuniy NIIB

220

6.7

215

7.3

3.2

Izma ochish

25

0.8

20

1.1

3.3

Tugma qadash

35

0.8

30

1.2




Jami

3479

100

3174

100

Asbob-uskuna zamonaviysiga (yangisiga) o‘zgartirilganda erishilgan iqtisodiy samaradorlik quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:


T= *100
Mehnat unumdorligini o‘sishi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
МУУ= *100
-buyumni (uzeli) eski asbob uskunada tikish uchun umumiy sarf vaqti, sek;
-taraqqiy (yangi) etgan asbob-uskuna qo‘llanilganda buyumni (uzelini) tikish uchun umumiy sarf vaqti, sek.
Buyum sarf vaqtini ixtisoslik va buyumga ishlov berish bosqichlari bo‘yicha hisob natijalariga ko`ra iqtisodiy samaradorlik 8,7 % ga , mehnat unumdorligi esa 9,6 % ga erishildi.
XULOSA
Engil sanoat tarmog‘ining asosiy sohasidan biri bo‘lgan tikuvchilik sanoatida yangidan yangi izlanishlar olib borilmoqda va tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Asosiy maqsad milliy hom ashyodan unumli foydalangan holda sifatli va hamyonbop tikuv buyumlarini ishlab chiqarish, mamlakat ichki bozorini imkon qadar to‘liq ta’minlashdan iborat. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarishda dastavval bir qancha iste’molchi va iqtisodiy talablar o‘rganilib chiqiladi. Bu esa mahsulot sifatiga o‘zining ulkan ta’sirini ko‘rsatadi.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, dissertatsiya ishida yangi assortimentdagi gazlamalardan tikuv buyumlarini ishlab chiqarish va uning sifatin oshirish vazifasi belgilandi.
Dissertatsiya ishida Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi izlanuvchilari tomonidan yaratilgan tanda ipi paxta (100 %) va arqoq ipi paxta+viskoza tolali (50+50%) polotno to‘qilishli, yuza zichligi 220 g/m2 bo‘lgan yangi tolaviy tarkibli gazlama ayollar kiyim uchun tavsiya etildi.
Yangi strukturali gazlamadan kiyim loyihalash uchun Toshkent shaxri va Surxondaryo viloyatida 25-40 yosh oralig‘idagi ayollar o‘rtasida 20 ta savolni o‘z ichiga oluvchi so‘rovnoma o‘tkazildi. Respondentlar 100 kishini tashkil etib, ulardan 30 nafar talabalar, 30 nafar ziyolilar, 20 nafar ishchi-xizmatchilar, 20 nafar uy bekalari. Bunda paxta+viskoza hamda paxta+bambuk tolali gazlamadan bahor va kuz mavsumiga mo‘ljallangan ayollar kiyimini loyihalash tavsiya etildi.
Ayollar kiyimini loyihalash uchun 25-40 yosh oralig‘idagi ayollar uchun paxta+viskoza tolali gazlamalardan ustki kiyimni loyihalashda asosan pushti va kulrang rangdagi nim yopishgan situetdagi klassik kostyum va kundalik pidjak tavsiya etiladi. Bunda o‘tqazma yengli, taqilmasi markaziy, relyef chokli, yoqasi adip qaytarmali va asos bilan yaxlit bichimli ayollar kostyumi e’tiborga olindi. So‘rovnoma orqali olingan natijalar asosida respondentlar ma’qul ko‘rishgan ustki kiyim ko‘rsatkichlari (silueti, bichimi, rangi va h.z) hamda, ularning yoshi, faoliyat turi orasidagi ozaro bog‘liqlik o‘rganildi.
Paxta+viskoza tolali gazlamaning fizik-mexanik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tajribaviy tadqiqot ishlari “Centex.uz” laboratoriyasida olib borildi va uning natijalari GOST talablariga javob berishi aniqlandi. paxta-viskoza tolali gazlamaning havo o‘tkazuvchanligi junli kostyumbop gazlamaga nisbatan 66%, yarim junli kostyumbop gazlamaga nisbatan 67%, nitron-nitron tolali gazlamaga nisbatan 55%, lavsan-nitron tolali gazlamaga nisbatan 29 % yuqori, paxta tolali gazlamaga nisbatan esa 4 % ga kichik ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Issiqlik saqlash xususiyati junli kostyumbop gazlamaga nisbatan 30%, yarim junli kostyumbop gazlamaga nisbatan 38 %, nitron-nitron tolali gazlamaga nisbatan 7 % ga past, paxta tolali gazlamaga nisbatan 15 % yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Paxta-viskoza tolali gazlama birinchi yuvilgandan keyin tanda bo‘yicha kirishishi 1,4 % ni, arqoq buyicha 1,17 % ni tashkil etdi; ikkinchi yuvilgandan keyin tanda bo‘yicha 1,3 % ni, arqoq bo‘yicha 0,97 % ni tashkil etdi.
Paxta-viskoza tolali gazlamadan ayollar kostyumi konstruksiyasini ishlab chiqarish korxonasi metodikasi asosida qurildi, modelning texnik rasmi va uzellarga ishlov berish sxemasi ishlab chiqildi. Paxta-viskoza tolali gazlamadan ayollar kostyumiga ishlov berish texnologik rejimlari tavsiya etildi, bunda kiyim detallarini ip va elim bilan biriktirish rejimlari tavsiya etildi.
Kiyim paketining elimli birikish mustahkamligi ko‘rsatkichlari keltirildi. Ayollar ustki kiyimini loyihalashda tola tarkibi 70% viskoza, 30% poliester, yuza zichligi 150g/m2, elim markasi PA12/6-66 bo‘lgan dublerin buyum paketi uchun tavsiya etiladi.
Buyum sarf vaqtini ixtisoslik va buyumga ishlov berish bosqichlari bo‘yicha hisob natijalariga ko`ra iqtisodiy samaradorlik 8,7 % ga, mehnat unumdorligi esa 9,6 % ga erishildi.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling