Mundarija kirish tadqiqot natijalarining tanqidiy tahlili
Download 1.65 Mb.
|
МУНИРА дис. 27.05.23 лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Paxta-viskoza tolali gazlamadan ayollar kostyumiga ishlov berish texnologik rejimlarini tavsiya etish
Konfeksion karta
Ayollar kostyumining maketi ishlab chiqarish sharoitida tikildi va uning qomatda joylashuvi tipaviy manekenda tekshirildi. 3.2-rasm. Korxona metodikasi bo‘yicha maketning tipaviy manekendagi xolati Metodikaning afzalliklari quyidagilardan iborat: -Hisoblash jarayonida konstruksiya qurish juda ham qulay. - Hozirgi zamonaviy individual qomat hisobga olinib konstruksiya taqdim etilgan. - Hozirgi zamonaviy moda yo‘nalishi hisobga olinib bazaviy konstruksiya taqdim etilgan. -Orqa o‘rta chiziq qomatga mos tushadi; -Kiyim konstruksiyasini qurishga vaqt kam sarflanadi. Ayollar kostyumining texnik rasmi va unga ishlov berish usullari 3.2-3.3-rasmlarda keltirildi. 3.2-rasm. Ayollar kiyimi texnik rasmi. 3.3-rasm. Kiyim asosiy uzellariga ishlov berish sxemasi. 3.2. Paxta-viskoza tolali gazlamadan ayollar kostyumiga ishlov berish texnologik rejimlarini tavsiya etish Bizga ma’lumki, engil sanoat tarmog‘i respublikamiz daromad fondining asosiy ulushini tashkil etadi. Tez sur’atlarda taraqqiy etib borayotgan hozirgi zamonda Respublika iqtisodiyoti rivojiga o‘zining hissasini qo‘shish, mavjud bo‘lgan har bir soha oldidagi muhim masala sanaladi. Jumladan engil sanoat tarmog‘ining asosiy sohasidan biri bo‘lgan tikuvchilik sanoatida ham yangidan yangi izlanishlar olib borilmoqda va tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Asosiy maqsad esa milliy hom ashyodan unumli foydalangan holda sifatli va hamyonbop tikuv buyumlarini ishlab chiqarish, mamlakat ichki bozorini imkon qadar to‘liq ta’minlashdan iborat. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarishda dastavval bir qancha iste’molchi va iqtisodiy talablar o‘rganilib chiqiladi. Bu esa mahsulot sifatiga o‘zining ulkan ta’sirini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarilayotgan har bir tikuv buyumining vazifasiga nisbatan gigienik, estetik, ekspluatatsion, ergonomik va iqtisodiy talablar qo‘yiladi. Ushbu talablarni o‘zida aks etgan tikuv buyumlarini ishlab chiqarish va aholini sifatli mahsulot bilan ta’minlash dolzarb masala sanaladi. Hozirda to‘qimachilik sanoatida mamlakatda mavjud bo‘lgan tolalar asosida yangi assortimentdagi gazlamar ishlab chiqarilmoqda va ularni pardozlash usullari o‘rganilmoqda. Ilmiy tadqiqot ishida yangi assortimentdagi paxta-viskoza tola tarkibli gazlamalardan yangi modelli ayollar ustki kiyimi paketini yaratish masalasi qo‘yilgan. Kiyim paketi—bu tayyor buyumni tashkil etuvchi (avra, astar, qotirma) qavatlar majmuasi. Yangi assortimentdagi gazlamalarni ishlab chiqarishdan eng asosiy maqsad tannarxni pasaytirib sifatni oshirishdir. Tannarxi past, lekin sifati yuqori bo‘lgan gazlamalardan tikuv buyumlarini ishlab chiqarishda foydalanish esa bevosita mahsulot tannarxining pasayishi va sifatini oshirishga imkon yaratadi. Bu esa mahsulotga bo‘lgan talabni kuchaytiradi. Kiyim modelini tanlashda dastlab gazlama tola tarkibi e’tiborga olinadi. “Kimyoviy texnologiyalar” va “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedralari tomonidan berilgan modifikatsiyalashgan gazlamalarning fizik va mexanik ko‘rsatkichlari mavjud kostyumlik gazlamalar xususiyati bilan solishtirildi [24]. Olingan natijalardan shunday xulosa qilish mumkinki, yangi assortimentdagi gazlamalarning uzish kuchi kattaligi mavjud jun va yarim jun tolali gazlamalarning ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori. Modifikatsiyalangan paxta-viskoza tolali gazlama uzish kuchi yarim jun va jun gazlamaga nisbatan tanda bo‘yicha 58 %ga yuqori, arqoq bo‘yicha esa jun gazlamaga nisbatan 48 %ga, yarim jun gazlamaga nisbatan 65%ga past ko‘rsatgichga ega bo‘ldi. Olingan tadqiqot natijalariga ko‘ra ayollar ustki kiyimini loyihalash uchun modifikatsiyalangan paxta-viskoza tolali gazlama tavsiya etiladi, avra va qotirmali gazlamaning strukturaviy xarakteristikasi 3.2- va 3.3- jadvalda keltirilgan. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling