3.2. Karer trassalarining o’tkazish va tashish qobiliyatini hisoblash;
Avtomobil transportida.
Avtomobil yo’llarining o’tkazish qobiliyati – vaqt birligi ichida ma’lum bir uchastka orqali o’tishi mumkin bo’lgan avtomosamosvallar soni. O’tkazish qobiliyati asosan avtosamosvallarning tezligi va xarakatlanish yo’lagi soniga bog’liq. Avtomobil yo’llarining o’tkazish qobiliyati quyiidagi formula asosida aniqlanadi:
N = (1000VnKner)/lB
N=
bu yerda: Kner – avtomobillar haraktlanishining notenglik koeffitsiyenti(Kner=0,5…0,8);V – avtosamosvalning harakatlanish tezligi, km/s; n – avtosamosvallarning bitta yo’nalish bo’lab harakatlanish yo’lagi; lB – avtosamosvallar orasidagi xavfsizlik masofasi lB=50…60 m.
Avtomobil yo’llarining yuk tashish qobiliyati – shu yo’l orqali vaqt birligi ichida tashilishi mumkin bo’lgan yuk miqdori. YUk tashish qobiliyati quyidagi formula asosida aniqlanadi:
M = (Nmnom)/ Krez , t/ch ,
M=77250 t/ch
bu yerda: Krez – o’tkazish qobiliyatining rezerv koeffitsiyenti (Krez = 1,75…2);
mnom – nominal yuk ko’tarish quvvati,t.
Avtomobil yo’llarining yuk o’tkazish va o’tish qobiliyati ko’riladigan uchastkaning yuk aylanish xajmiga mos kelishi lozim.
QOPLOVCHI TOG’ JINSLARIDAN AG’DARMA HOSIL QILISH.
IV. QOPLOVCHI TOG’ JINSLARIDAN AG’DARMA HOSIL QILISH.
Ag’darma hosil kilish usuli qo’llaniladigan transport va ishchi uskunalar turlariga bog’liqdir.
Temir yo’l transportida – ekskavatorli (mexanik kurakli, abzetserli), plugli va buldozerli ag’darmalar, konveyer transportida esa, ag’darmaga tog’ jinslarini joylashtirishda konsolli ag’darma hosil qilgichlar qo’llaniladi.
Ochiq kon ishlari natijasida qazib olingan qoplovchi jinslarni va nokonditsion hisoblangan foydali qazilma to’planadigan joyga ag’darma deyiladi. Ularni joylash bilan bog’liq bo’lgan texnologik jarayonga ag’darma hosil qilish deyiladi. Ag’darmalarning karer konturiga nisbatan joylashuviga qarab ular ichki va tashqi ag’darmalarga bo’linadi. Agar ag’darma karer konturi ichkarisida joylashgan bo’lsa ichki ag’darma, tashqarisida joylashgan bo’lsa tashqi ag’darma deyiladi.
Turg’unligi bo’yicha – doimiy va vaqtinchalik ag’darmalarga bo’linadi. Ag’darma o’z konstruksiyasiga ko’ra kon massasi uyumi hisoblanib, bir necha qatlamdan (yarusdan) iborat va planda noto’g’ri shaklga ega to’g’ri burchakka yaqin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |