Kirish
Foydali qazilma konlarini topish, ularni qazib olish va qayta ishlash insoniyatning dastlabki faoliyatilaridan biri hisoblanadi. Hozirgi zamon fan va texnikasining hamda konchilik sanoatining to’xtovsiz rivojlanishi foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashga yangidan yangi talablarni qo’yib kelmoqda. SHu bilan birga hozirgi kunda konchilikda – nisbatan kambag’al, noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasiga keng e’tibor karatilmoqda.Konchilik sanoati - zamonaviy industriyaning asosiy xom ashyo va yoqilg’i bazasi hisoblanadi. U energetika va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarining asosiy yoqilg’i manbaidir. SHuningdek, konchilik sanoati qora va rangli metallurgiya, ximiya sanoati, o’g’itlar ishlab chiqarish sanoati uchun xom-ashyo bazasi hisoblanadi. Xalq xo’jaligida foydalanilayotgan tabiiy resurslarni 70% ini mineral xom-ashyolar tashkil qiladi.
Jahon miqyosida qazib olinadigan foydali qazilmalarning umumiy miqdori yiliga 9-10 mln. t ni, kon massasining yillik unumdorligi esa 35-37 mlrd. t ni tashkil etadi.
Ochiq usulda qazib olish ishlarining rivojlanishi, yer osti usulida qazib olishga nisbatan unumdor, iqtisodiy jihatdan samarador va xavfsizligidadir. Ochiq usulda qazib olishda ish unumdorligi yer osti usuliga qaraganda 5-8 marta yuqori, tannarxi esa 2-4 marta kam. Ushbu farq so’nggi 30-40 yil ichida oshib borishda davom etmoqda.
Foydali qazilma boyliklariga xo’jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so’ng ishlatiladigan barcha turdagi tog’ jinslari kiradi. Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta o’rin egallaydi. Uni xom-ashyo sifatida qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi.
Har xil tog’ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig’indisiga ochiq kon ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda yer ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar va jarayonlar, ochiq kon inshoatlari orqali amalga oshiriladi. yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jihozlangan yer osti inshoatlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga bo’linadi:
ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari);
qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga to’plash yoki tushirish ishlari).
O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan haqli sur’atda faxrlanadai – bu yerda mashg’ur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali fazilma konlari va ma’dan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral xom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. SHundan 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb qilingan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |