Mundarija Kirish Umumiy qism Texnologik qism Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Ilova Kirish


Download 142.21 Kb.
bet1/11
Sana16.06.2023
Hajmi142.21 Kb.
#1508036
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Biotexnologiya, chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlash texnol




Mundarija

1. Kirish…………………………………………………………………….……..3


2. Umumiy qism………………………………………………………….…….…8
3. Texnologik qism…………………………………………………………….…12
4. Xulosa…………………………………………………………………………18
5. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….….…19
6. Ilova……………………………………………………………………….…...20

Kirish
Yer yuzidagi xalqlar qishloq xo’jalik mahsulotlarini iste’mol qilishni boshlagandan buyon uni saqlash va qayta ishlash bilan shugullanib uni doimo rivojlantirib kelishgan. Mashaqqatli mehnat evaziga yetishtirilgan mahsulotni nes-nobud qilmasdan hamda uning sifatini pasaytirmasdan saqlash, undan unumli foydalanish qadimdan inson ehtiyojlaridan biri bo’lib kelgan. Bunda turli xil zararkunandalardan himoya qilish to’g’risida ham bosh qotirib kelishgan.
Mamlakatimizning turli xududlarida olib borilgan arxeologik qazishmalar qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash quldorlik tuzumi davridayoq amalga oshirilganligi aniqlangan. Jumladan O’rta Osiyo sharoitida ham qadimdan qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga e’tibor berib kelingan. Mintaqamizda ob-havo yil va sutka davomida o’zgaruvchan bo’lganligi sababli go’sht, yog’, sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar tezda ayniydi, aksincha juda qattiq sovuqda esa sabzavot va mevalar muzlab o’z sifatini yo’qotadi. Shu sababli qadimdan bizning ota-bobolarimizni qishloq xo’jalik mahsulotlarini qay usulda saqlash muhim muammo bo’lib kelgan.
Asosan quruq mahsulotlar tez buzilmaydigan mahsulotlar hisoblanib, ularni quruq joyda, shisha idishlarda, yopiladigan qog’oz qutilarda, miqdori ko’p bo’lgan mahsulotlarni (g’alla, em-xashak, urug’liklar) usti yopiq ayvonlarda yoki omborlarda saqlab kelishgan.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash usullari bo’yicha O’rta Osiyoda IX – XII asrlardayoq bir qator ulamolar bilim va tajribalariga tayanib, samarali jihatlarini o’z asarlarida yozib qoldirishgan. Bular, Ibn Al Haysam (965-1035), Ibn Xatib ar Roziy (1149-1209), Ibn Roshta (XII asr), Ibn Hammar (942 yilda tugilgan), Muhammad Ibn Bahrom (1149 yilda vafot etgan), Abu Hamid ibn Ali ibn Umar, Hasrat Mashhadiy Sayid Muhammad (XVII asr) kabilarning asarlarida ham qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tadbirlarini aytib o’tishgan.
Paxta tozalash sanoati uchun tola chiqishi, uning chigitdan oson ajralishi, pishiqligi kabi ko’rsatkichlar katta ahamiyatga ega. Mazkur korxonalarda sifatli mahsulot yetishtirish hamda ish unumdorligini oshirish, daromadni ko’paytirish yuqoridagi omillarga bog’liq.
Hozirda, mamlakatimizda tayyorlanayotgan paxta tolasini 2020 yildan boshlab 100% o'zimizda qayta ishlab tayyor mahsulotni eksport qilish masalasi dolzab hisoblanadi. Dunyo bozorida tolaning oqligi, ifloslanish darajasi va ayniqsa, mikroneyr ko’rsatkichiga alohida e’tibor beriladi. Mikroneyr ko’rsatkichi 4,8-4,9 dan yuqori bo’lsa tola dag’al hisoblanadi va jahon bozorida raqobat qilaolmaydi. Dag’al tolaning xarid narxi ham past bo’ladi. Paxta tolasiga narx belgilashda asosiy va maqbul ko’rsatkich 23,5-26,4 gk/teks uning solishtirma uzilish kuchi hisoblanadi.


Download 142.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling