Mundarija Kirish Umumiy qism Texnologik qism Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Ilova Kirish
-rasm. Jinlash jarayonida ishtirok etuvchi asosiy ishchi qismlar
Download 142.21 Kb.
|
Biotexnologiya, chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlash texnol
28-rasm. Jinlash jarayonida ishtirok etuvchi asosiy ishchi qismlar
1-ishchi valik; 2-qo'zg'almas pichoq; 3-uruvchi moslama; 4-to'rli yuza; 5-ignali baraban. Ishchi valik PKM materialidan tayyorlangan bo'lib, qo'zg'almas pichoq unga qisilib turishi natijasida yuzasi qiziydi va tolani ilashtirish xususiyati ortadi. G'adir-budur bo'lgan ishchi valik yuzasiga yopishgan tola qo'zg'almas pichoq tagiga olib o'tiladi, chigit esa, o'taolmay tashqarida qoladi, shunda uruvchi moslama uni urib yoki gorizontal o'q bo'yicha sidirib tolasidan ajratadi. Ajratilgan chigit uruvchi moslama tagidagi to'rli yuzaga tushib, uning teshiklaridan o'tib, mashinadan chiqib ketadi. Agarda tolasi to'liq olinmagan chigitlar bo'lsa, to'rli yuzadagi teshiklardan o'ta olmay, ignachali barabanga o'tadi, undan so'ng ignachali baraban ularni yangi chigitli paxta bilan birgalikda yuqoridagi jarayon takrorlanadi. Bunday xolat, to chigitning yuzasida me'yorida tola tuki qolmaguncha bir necha bor davom etadi. Chigitdan to'liq ajratilgan tola ishchi valigi yuzasidan pastga o'z og'irligi yoki cho'tkali baraban yordamida pastga tushiriladi va mashinadan chiqariladi. Valikli jinda, tolani chigitdan ajratuvchi, asosiy ishchi qismlari-ishchi valigi, qo'zg'almas pichoq va uruvchi moslama. Bularning ishlashi quyidagicha amalga oshiriladi: chigitli paxtaning tolasi ishchi valik yuzasiga yopishganligi sababli qo'zg'almas pichoq orasidan (ostidan) tortib o'tkaziladi, chigitlari esa qo'zg'almas pichoq uchiga kelib taqalib o'tolmaydi, shunda uruvchi moslama ularni urib, yoki sidirib o'z muvozanatini (yo'nalishini) o'zgartirishga majbur qiladi. Tola esa ishchi valik yuzasida yaxshi yopishib turganligi va u bilan birga aylanma harakat qilganligi sababli chigitga biriktirilgan joyidan ajraydi va ketma-ket o'z og'irligi bilan ishchi valigining tagiga tushadi (shuni uzun tolali paxtaning tolasini ajratish, ya'ni valikli jinlash jarayoni deyiladi). Chigit esa o'z muvozanatini o'zgartirib urush moslamasining ostiga tushadi, u tukdorligiga qarab saralanadi, ya'ni urish moslamasining tagidagi to'rning teshiklari shunday qilinganki, tuki kichik miqdordagi chigitlar o'tishi mumkin, qolganlari esa o'ta olmaydi, ya'ni tolasi to'liq, ajralmagan chigitlar, yana aylanib yangi berilayotgan paxta bilan qo'shilib kelishi mumkin. Chigit yuzasidagi kerakli miqdordagi tuk qolsagina ular to'r teshigidan tushib ketadi va mashinadan chiqarilib yuboriladi. Xulosa Shunday ekan, tolaning sifatli bo’lishi nafaqat seleksioner olimlar va yetishtiruvchiga, balki uni qayta ishlovchi korxonalarning ishlarshi to’g’ri tashkillashtirishiga hamda standart talablariga amal qilishlariga bog’liq bo’ladi. Ya’ni, sifatli tola ishlab chiqarishda uning tabiiy sifat ko’rsatkichlari (uzunligi, rangi, qalinligi, pishib yetilganligi va h.k.) bilan birga, paxtani qayta ishlashda to’g’ri texnologik jarayon o’rnatish, unda ishlatiladigan dastgohlarning texnik holati alohida ahamiyatga ega. Sifatli ta’mirlangan, ishchi organlarning harakat rejimlari, texnologik oraliq masofalari to’g’ri o’rnatilib, yaxshilab sozlangan dastgohlarning texnologiyada ishlatilishi, sifatli mahsulot ishlab chiqarishga kafolat beradi, deb aytish mumkin. To’qimachilik sanoati o’z rejasiga muvofiq muayyan sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan paxta tolasiga buyurtma beradi. O’zbekiston Respublikasi Standarti (O’zRST 615-94) ga muvofiq topshirilgan paxtaning tolasi 9 ta (1a, 1b, 1, 2, 3 hamda 4, 5, 6, 7) tipga, 5 ta sanoat naviga bo’linadi. Lekin, to’qimachilik sanoatining talabi asosan 5-tip tolaga eng ko’p bo’lib, u qariyb yetishtirilgan paxtaning 60 % ni tashkil etadi. Sanoat talabiga mos tola yetishtirish va uni sotishda jahon bozorida raqobatlashaoladigan darajada tola sifatini oshirish omillari to’g’risida etishib chiquvchi mutaxassislarining bilimini mustahkamlash uchun ushbu uslubiy ko'rsatma asosiy dastur bo’lib xizmat qiladi. Download 142.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling