Mundarija Kirish Umumiy qism Texnologik qism Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Ilova Kirish
-rasm. YXK.03 agregati oxirgi seksiyasining texnologik sxemasi
Download 142.21 Kb.
|
Biotexnologiya, chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlash texnol
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23-rasm. EH-078 qoziqchali bloklar orqali ( Г) УXK sektsiyalarini (A, Б, B) bir-biri bilan ulash negizida tuzilgan UXK majmuasi bilan ulash
22-rasm. YXK.03 agregati oxirgi seksiyasining texnologik sxemasi.
1-qoziqchali blok qismi; 2-cho'tkali blok qismi; 3-arrali seksiya qismi; 4-vintli konveer (shnek); 5-tozalangan chigitli paxta chiqadigan nov. YXK 01 (boshlang'ich) seksiyasi, YXK 02 (o'rta) seksiyasi va YXK 03 (oxirgi) seksiyalar qo'shilib YXK agregatini tashkil etadi (23-rasm). Bularning bir-biridan farqi: YXK.01-seksiyasida ta'minlovchi valiklar o'rnatilgan bo'lsa, YXK.03-seksiyasida tozalangan paxta mashinadan chiqadigan joyiga yopiq nov o'rnatilgan. 23-rasm. EH-078 qoziqchali bloklar orqali (Г) УXK sektsiyalarini (A, Б, B) bir-biri bilan ulash negizida tuzilgan UXK majmuasi bilan ulash 3. Paxta tozalash mashinalarida tozalash samaradorligini aniqlash Paxta tozalash korxonasining uzluksiz texnologik jarayonida o'rnatilgan uskunalar va mashinalarning mukammalligi, ularda chigitli paxta, tola, lint va boshqa mahsulotlarni tozalashning umumiy samaradorlik ko'rsatkichiga qarab belgilanadi. Chigitli paxta, tola, lint va boshqalarni ishlab chiqarayotganda ular tarkibidagi has-cho'plar, o'liklar va tolali nuqsonlarni ajratish qobiliyati mashinaning tozalash samaradorligi deb ataladi. Tozalash samaradorligi ajratilgan iflos aralashma va tolali nuqsonlar yig'indisi og'irligining shu mashinada ishlangan chigitli paxta, tola yoki boshqa mahsulotlar tarkibidagi umumiy iflosliklar og'irligiga bo'lgan nisbatining foiz ifodasidan iboratdir. Texnologik jarayondagi tozalagich mashinalarining tozalash samaradorligi ularning tuzilishi va o'rnatilgan joyiga qarab har xil bo'ladi. Undan tashqari chigitli paxtadan has-cho'plar va o'likning ajralishi bir xil bo'lmaydi. Shunga ko'ra, tozalagich mashinalarining has-cho'plarni va o'likni ajrata olish hususiyati alohida hisoblab topiladi. Chigitli paxta namligi qancha yuqori bo'lsa, mashinaning tozalash samaradorligi shuncha kam bo'ladi. Texnologik jarayonda mashinani ketma-ket ishlashi va mashina qismlarining tezlik rejimi tozalash samaradorligiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ma'lumki, chigitli paxtani ketma-ket tozalaganda birinchi turgan tozalagichlar iflosliklarni juda yaxshi ajratadi. Mashinaga chigitli paxtani ko'p yuborganda ham, ularning ish unumi yuqori bo'lganda ham tozalash samaadorligi kamayib ketadi. Texnologik jarayondagi hamma mashinalarning umumiy tozalash samaradorligini (Kum) aniqlash alohida olingan mashinanig tozalash samaradorligini aniqlash kabi bo'lib, bunda mumiy ajralgan has-cho'plar og'irligi yig'indisining tozalanayotgan chigitli paxta tarkibidagi iflos aralashmalar og'irligiga nisbatan foiz ifodasida olinadi. Texnologik jarayondagi mashinlarni umumiy tozalash samaradorligi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: Bu yerda
samaradorligi, % hisobida. Tola tarkibiga o'tgan iflos aralashma miqdorining chigitli paxta og'irligiga nisbatan foizi (Ct) quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: Bu yerda
miqdori, % hisobida. Kum- hamma mashinalarning tozalash samaradorligi, % hisobida. Berilgan partiyadagi tolaning og'irligi chigitli paxta og'irligining bir qismini tashkil qilib, tola chiqishiga proparsional bo'lgani uchun Bu yerda
nisbatan % hisobida; B - chigitli paxtadan chiqadigan tola miqdori, % hisobida. Tolaga o'tgan o'likning chigitli paxta og'irligiga nisbatan foizi (Ut) quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: Bu yerda: Un - chigitli paxtadagi o'liklar miqdori, % hisobida. Kum - texnologik jarayonga kiradigan mashinalarning o'likka nisbatan umumiy tozalash samaradorligi. Chigitli paxtadan tolaga o'tgan iflos aralashma va o'likning umumiy miqdori (C) quyidagicha aniqlanadi: Download 142.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling