Mundarija Kirish Umumiy qism


Kurs loyihasining maqsadi va vazifasi


Download 346.57 Kb.
bet2/4
Sana11.09.2023
Hajmi346.57 Kb.
#1675562
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs loyihasi kon mashina (3)

Kurs loyihasining maqsadi va vazifasi.


Kurs loyihasini bajarishdan maqsad talabalarning "Elektr yuritma asoslari" fani boʻyicha olgan nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirish, mustahkamlash va elektr yuritma boʻyicha muayyan masalalarni yechish uchun bularni tatbiq qilishni oʻrganish. Kurs loyihasining vazifasi talabalarni mutaxassislik boʻyicha ishlashga tayyorlash, jumladan kon mashina va mexanizmlarning elektr yuritmalari boʻyicha maʼlum masalalarni yechishni oʻrgatishdir.
Kurs loyihasini bajarish boʻyicha umumiy maʼlumotlar.
Talabalar kurs loyihasini bajarishlari uchun"Elektr yuritma asoslari" fanidan tegishli nazariy va amaliy maʼlumotlarga ega boʻlishlari kerak.
Kurs loyihasini bajarish uchun rahbar tomonidan topshiriq beriladi.Unda barcha kerakli bo’lgan ma’lumotlar va chizmalar keltiriladi.
Kurs loyihasini bajarishdan oldin talabalar ushbu uslubiy qo’llanmani va berilgan topshiriqni diqqat bilan o’rganib chiqishlari lozim.
Kurs loyihasi izoh yozuvi va chizmalardan iborat bo’ladi.
Izoh yozuvi uchun sarvarak tuziladi(ilovada namunasi keltirilgan)
Izoh yozuvida kurs loyihasining har bir bo’limi uchun sarlavha yoziladi.
Hisoblashlarga va chizmalarga tushuntirish keltirilishi kerak. Har bir ko’rsatgich va miqdorlarning o’lchov birliklari aniq va to’g’ri ko’rsatilishi kerak. Chizmalarni chizmachilik asboblaridan foydalanib chizish kerak.Chizmalar Davlat standartiga muvofiq chizilishlari lozim.
Kurs loyihasining mazmuni
Kurs loyihasining izoh yozuvi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1.Kirish
2.Kurs loyihasini bajarish uchun topshiriq va dastlabki ma’lumotlar.
3.Elektr yuritma dvigatelining quvvatini hisoblash va turini tanlash.
4.Elektr yuritmaning ishga tushirish-rostlash qarshiliklarini hisoblash.
5.Elektr yuritmani tarmoqqa ulovchi elektr apparatlarini tanlash.
6.Elektr yuritmaning Avtomat boshqarish sxemasini tuzish.
Shu bilan birga foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltiriladi.Izoh yozuvi uchun A4 formatdagi qog’ozda rasmiylashtiriladi.
Chizma A1 formatli vatmanda chiziladi va elektr yuritmani Avtomat boshqarish sxemasidan iborat bo’ladi.

Download 346.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling