Mundarija: kirish
—rasm. 2017 yilda YaIM ni shakllantirishda hududlarning ishtiroki
Download 0.68 Mb.
|
KURSAVOYREJASTRUCTURE 27.11.2019(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-rasm. Jami transport xizmatlari hajmida hududlar bo’yicha transport xizmatlarining ulushi (foizda) 15 (2017y)
- 4. MILLIY IQTISODIYOTDA TARKIBIY O’ZGARISHLARNI IQTISODIY O’SISHGA TA’SIRINI BAHOLASHNING DOLZARB MASALALARI
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Asosiy adabiyotlar
- Qo’shimcha adabiyotlar
- Internet saytlari
6—rasm. 2017 yilda YaIM ni shakllantirishda hududlarning ishtiroki (YaIM ga nisbatan foizda).14
O`zbekiston hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiy o`sish sur`atlaridagi notengliklar bir qator ob yektiv sabablar – bozor islohotlarining dastlabki davridagi hududiy rivojlanish darajasi, hududning investitsion jozibadorligi, iqtisodiy-geografik rivojlanishi, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, innovatsion salohiyati va boshqa ko`pgina omillar bilan izohlanadi. Respublika YaIM ni shakllantirishda YaHM ning ulushi bo`yicha Toshkent shahri 15,8 % bilan yetakchilik qildi. Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari mos ravishda 10,3 va 7,5 % ko`rsatkich bilan keyingi o`rinlarni egallaydi. YaHM ning eng kam ulushi Sirdaryo (2,1 %), Jizzax (2,5 %) viloyatlarida va Qoraqalpog`iston Respublikasida (3,3 %) qayd etilgan. Ushbu holat viloyatlarni rivojlantirishda notengliklar mavjudligini anglatadi va ushbu viloyatlarda yangi ishlab chiqarish kuchlarini barpo etish zarurligini anglatadi. Aholi jon boshiga YAHM ning hududiy differentsiatsiyasi bo`yicha tahlili shuni ko`rsatadiki, Toshkent shahrida bu ko`rsatkich o`rtacha respublika darajasidan 2,1 barobarga yuqori. Navoiy viloyatida bu ko`rsatkich 1,8 barobar, Toshkent viloyatida 1,2 barobarni tashkil etadi. Aholi jon boshiga YAHM ning hajmi bo`yicha hududlararo tafovut 3,9 barobarni tashkil qiladi. Xalqaro tan olingan iqtisodiy meyorlarga muvofiq YAHM ning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan qismi 4,5 barobardan ortib ketmasligi zarur. Agar shu tendensiya saqlanib qoladigan bo’lsa yaqin istiqbolda biz hududlararo notekislik riski muammosiga duch kelamiz Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo`nalishlari diversifikatsiyalash, resurslarga qaramlikni kamaytirish, yuqori ulushli qo`shilgan qiymatga ega tarmoqlarni rivojlantirish va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni o`zlashtirish hisoblanadi. Mustaqillik yillarida O`zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi iqtisodiy o`sish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish va hududlarning investitsion jozibadorligini oshirishga yo`naltirilgan. Hududlar iqtisodiyotini takomillashtirishga yo`naltirilgan chora-tadbirlar xomashyo ishlab chiqarishga yo`nalganligini bartaraf etishga, ishlab chiqarish-texnologik bazasini shakllantirish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosibliklarni kamaytirish imkonini berdi. Xizmatlar sohasi aholining barcha qatlamlarini qamrab oldi va jamiyatda sodir bo`layotgan deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta`sir ko`rsatdi, bu holat tarkibiy o’zgarishlarning sholi turmush darajasiga ta’sirini ko’rsatidi. O`zbekistonda mustaqillik yillarida, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va tarkibiy o`zgartirishlarni chuqurlashtirish, mamlakat aholisining bandligini, daromadlarini va turmush sifatini oshirishning muhim yo`nalishlari va omillaridan biri sifatida xizmatlar sohasi va servisni jadal rivojlantirish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, iqtisodiyotning barqaror o`sishini ta`minlashda mazkur soha muhim o`rinni egallamoqda. 2000-2017 yillarda xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi deyarli barcha hududlarda ijobiy rivojlanish tendentsiyalarini ko`rsatib turibdi. 2017 yilda Namangan, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahri peshqadamlar qatoridan joy egallashgan. Toshkent shahrida yuqori o`sish sur`atlarini ta`minlanishi, avvalo aholi real daromadlarining o`sishi, yakuniy iste`mol mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, bu har xil turdagi xizmatlarning rivojlanishiga kuchli ta`sir ko`rsatmoqda. Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, sanoati rivojlangan hududlarda (qazib olish sanoatini hisobga olmagan holda) – Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri bo`yicha xizmatlar sohasining o`rtacha jon boshiga ko`rsatkichlari Samarqand, Namangan, Xorazm, Jizzax va Surxondaryo viloyatlariga nisbatan yuqoriligi kuzatildi. Ushbu murrakkab mazmunga ega tarmoqlararo korrelyatsiya tarkibiy o’zgarishlar sharoitida sanoat tarmog’i “lokomotiv” vazifasini bajarishi bilan bir qatorda boshqa tarmoqlarni ham o’z ortidan ergashtirish xususiyati mavjud ekanligini ko’rsatadi. Shu bilan birga, respublikaning iqtisodiy rivojlangan hududlarida yuqori salmoqqa ega bo`lgan xizmat turlarining oshishi tendentsiyasi kuzatilmoqda 7-rasm. Jami transport xizmatlari hajmida hududlar bo’yicha transport xizmatlarining ulushi (foizda)15 (2017y) Yangi ish o`rinlarini tashkil etish, investitsiya, soliq, pul-kredit va ilmiy-texnik siyosatni takomillashtirish hamda yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kichik biznesni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning yanada barqaror o`sishini ta`minlash, bozor xizmatlarining tarmoq tuzilmasida sifatli tarkibiy o`zgarishlar qilish imkonini beradi. Bu esa, O`zbekistonda xizmatlar ishlab chiqarish va iste`mol qilishning oqilona tuzilmasini shakllantirish hamda aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirilishini ta`minlash imkonini beradi.
1. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarning tasnifi, tarkibiy o'zgarishlarning integral miqdoriy va sifat xususiyatlari va parametrlari shakllantirish, iqtisodiyotning tarkibiy o'zgarishlarini boshlaydigan iqtisodiy omillar, shuningdek, ularni yanada rivojlantirishning imkoni bo’lgan yo'nalishlari aniqlash; 2. Tarkibiy o'zgarish mexanizmining ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy elementlarini rivojlantirishga ta'siri aniqlash; 3. Tizimli nomutanosibliklarni kuchaytirishning asosiy sabablarini aniqlash bilan islohotlar jarayonida iqtisodiyotining o'zgarishi oqibatlarini tahlil qilish;. 4. Yalpi ichki mahsulotining tarkibiy tahlili amalga oshirish. Aholi daromadlari va sanoat tuzilmasining prognozi bo’yicha taqsimot tuzilishi prognozi amalga oshirish; 5. Yalpi ichki mahsulotining tizimli tahlili o’tkazish va yalpi ichki mahsulotining prognozini hisoblashni amalga oshirish; 6. Milliy iqtisodiyot tarmoqlarining tarkibiy nomutanosibligini makroiqtisodiy tahlil qilishni takomillashtirish yo’nalishlari ishlab chiqish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy vazifalariga erishishga qaratilgan amaliy tavsiyalar va yondashuvlar taklif etish. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar jarayonida va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida tarkibiy o’zgarishlarni o’rganish va iqtisodiy o’sish ehtimoli qo’shimcha ravishda tekshirilishi kerak bo’lgan bir qator sohalarni aniqlashni talab etadi. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning yo’nalishini o’rganish, iqtisodiyotda tarmoq tarkibi o’zgarishining endogen va ekzogen sabablarini o’rganish, shuningdek tizimli o’zgarishlarning samaradorligini baholash, iqtisodiyotning o’zgarishi va iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining tuzilmasining milliy iqtisodiyotga xos xususiyatlarni aniqlash uchun turli vaqt oralig’ida qiyosiy tahlil qilish, strukturaviy o’zgarishlarni tadqiq qilish uchun nazariy va matematik modellashtirish usullarini ishlab chiqishni talab etadi. Milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarnig iqtisodiy o’sishga ta’sirini tahlil etishda quyidagilar e’tibor qaratish lozim: a) Trend sifatida real yalpi ichki mahsulotni olish zarur b) Iqtisodiy o’sish uzoq muddatli xarakterga ega jarayondir. Shu sababdan eng kamida 10 yillik davrni tahlil etish lozim. g) Iqtisodiy o’sish bilan bir qatorda aholi turmush farovonligini ifodalovchi ko’rsatkichlarni ham tahlil etish lozim. Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatadigan taqsimot omillari mamlakatning tarmoqlari, korxonalari va hududlari bo’yicha ishlab chiqarish resurslarini taqsimlashning amaldagi tuzilmasi, shuningdek, xo’jalik faoliyati subyektlari o’rtasida daromadlarni taqsimlashning amaldagi tartibi hisoblanadi. Bu omillar iqtisodiy tizimning qobiliyatiga, o’sish va uning samaradorligi ham ta’sir qiladi. Iqtisodiy o’sish turlarini ajratish bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri o’sish omillari mavjud. Iqtisodiy o’sishga yuqori ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, iqtisodiy o’sish omillariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) yer va tabiiy boylik; 4) ilmiy-texnologik taraqqiyot; 5) iqtisodiy integratsiya; 6) ijtimoiy-iqtisodiy omillar guruhi. Nazariy jihatdan barqaror iqtisodiy rivojlanishning yangi konsepsiyasini shakllantirish, amaliy jihatdan – makroiqtisodiy siyosatni yuqori iqtisodiy o’sishga yo’nalgan infratuzilmani yaratishdan iborat. Tarkibiy o’zgarishlar natijasidagi Iqtisodiy o’sish uch turdagi maqsadlarga erishish zarurligini nazarda tutadi:
iqtisodiy maqsadlar (iqtisodiy o’sish samaradorligi va barqarorligi); ijtimoiy maqsadlar (ehtiyojlarni qondirish darajasi, madaniy an’analarni saqlab qolish, qaror qabul qilishda ishtirok etish uchun jamiyatning turli qatlamlari huquqlarining tengligi); ekologik maqsadlar (atrof-muhit obyektlarining barcha xilma-xilligi tufayli turli avlodlarning hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish). Bu borada mamlakatimizda qabul qilingan Konsepsiyaga ko’ra O’zbekiston Respublikasini o’rta va uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadlari, ustuvor vazifalari va vazifalarini belgilangan. Shu bilan birga, konsepsiyaning asosiy maqsadi yuqori va barqaror iqtisodiy o’sish davrida respublikaning har bir fuqarosining hayot sifatini yahshilash, bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirishga qaratilgan. Prognozlarga ko’ra, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda o’lchanadigan maqsadli ko’rsatkichlar sifatida real YaIMning 2,1 barobar o’sishini va aholi jon boshiga YaIMning 2030 yilda 2015yilga nisbatan 3 barobar yoki 4538 dollarga yetkazish maqsad qilingan. Belgilangan maqsadlarga erishish uchun o’rtacha yillik iqtisodiy o’sish sur’ati 4,8% dan kam bo’lmasligi zarur. 2030 yilga kelib aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIMning qiymati bo’yicha o’rta sinfning yuqori pog’onasidagi davlatlar qatoriga kirish maqsad qilingan. Ijtimoiy yo’nalishda esa mehnat bozoridagi keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari o’sishini ta’minlash va kam ta’minlanganlik darajasini ikki barobar qisqartirish, umr ko’rish davomiyligini 78-80 yilgacha oshirish, o’lim ko’rsatkichini bir yarim barobar qisqartirish, aholining uy-joyga bo’lgan ehtiyojini to’liq qondirish, sifatli ichimlik suvi bilan aholini to’liq ta’minlash, 2018-2030 yillarda YAIM o’sishining asosiy drayveri bo’lgan sanoat tarmog’i yalpi mahsuloti real hajmlari 2,3 barobar o’sishini ta’minlash (YAIMdagi ulushini 2018 yilda 26,3% dan 2030 yilda 33,3% % gacha oshirish), qurilish ishlari 2,1 barobar (5,7% dan 6,4% gacha) va xizmatlar sohasi 2,1 barobar (35,6% dan 39,3% gacha) va mos ravishda qishloq xo’jaligi ulushi 1,8 barobar (32,4% dan 21% gacha) kamayishi hisoblanadi.16 Iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatining o’sishi eksport hajmining 3 barobar ko’payishini ta’minlaydi. Iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun 2030 yilgachakapital qo’yilmalar hajmini 3,1 barobar, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmini 7,0 marta oshirish belgilangan. Zamonaviy iqtisodiyotda milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni iqtisodiy o’sishga ta’sirini baholashning dolzarb masalalarida iqtisodiy o’sishning yana bir turi mavjud bo’lib, bu innovatsion o’sishdir. Iqtisodiy o’sish iqtisodiy rivojlanishga olib kelishi lozim. Iqtisodiy rivojlanish iqtisodiy o’sishga nisbatan kengroq tushunchadir, bu shuni ko’rsatadiki, milliy iqtisodiyot iqtisodiy o’sish va pasayish holatida bo’lishi mumkin. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida jamiyatning kambag’al va o’rta qatlamlari ko’pincha manfaatdor hisoblanadi. Iqtisodiy o’sish konseptsiyasi, doimiy hajmlarni oshirishga qaratilgan. Mintaqalarda va tarmoqlarda ijobiy iqtisodiy o’zgarishlar asosida iqtisodiy o’sish ta’minlanadi.
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlari mavzusidagi kurs ishini tayyorlash davomida quyidagi xulosalarga kelindi: Birinchidan, iqtisodiyotning tarkibi – juda murakkab, koʼp qirrali tushuncha boʼlib, xilma-xil xoʼjalik tizimidagi elementlarning oʼzaro munosabatlarini ifodalaydi. Iqtisodiy adabiyotlarda ijtimoiy, tarmoq, ishlab chiqarish, mintaqaviy (hududiy) va tashqi savdo tarkiblariga boʼlinadi. Iqtisodiyotning tarmoq tarkibi juda keng maʼnoda kengaygan ishlab chiqarish va ijtimoiy mexnat taqsimoti jarayonida ishlab chiqarishning alohida sharoitlarini xarakterlaydi. Ikkinchidan, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlari asosida raqobatbardoshlikni oshirish choralari kelajakdagi iqtisodiy oʼsish va daromadlarni oshirish imkonini beradi. Ular orasida kuchli korrelatsion bogʼliqlik mavjud. Uchinchidan, Qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, investitsiyalarning keng jalb qilinishi natijasida nafaqat iqtisodiy o`sish sur`atlarining oshishi, balki iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o`zgarishlarining yuz berishi kuzatiladi. Tarkibiy o`zgarishlar borasidagi siyosatning izchil amalga oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti tarkibi diversifikatsiya qilinadi. To’rtinchidan, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirilishi natijasida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sish barqarorligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligi, investitsiya va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mehnat bozoridagi keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlarini oshirish va kam ta’minlanganlikni kamaytirish kabilar ta’minlaniladi. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni taklif etamiz: Qishloq xo’jaligi tarmog’ini mexanizatsiyalash orqali qishloq xo’jaligida ortiqcha bandlarni sanoat tarmog’iga ko’chirish chora-tadbirlarini ko’rish; Mintaqalararo aholi turmush farovonligi ko’rsatkichlarini doimiy solishtirib borish orqali iqtisodiy tavofutlarni oldini olish; “Vatanparvarlik”indeksini ishlab chiqish va unga ixtisoslashish orqali iqtisodiy o’sishni iqtisodiy taraqqiyotga aylantirish mexanizmini yaratish; Investorlar uchun yagona darcha xizmatini tashkil etish orqali byurokratik to’siqlarni bartaraf etish; FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Asosiy adabiyotlar: Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқ. –Тошкент, 2016. 56-б. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Мазкур китобдан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2016 йил 1 ноябрдан 24 ноябрга қадар Қорақалпоғистон Республикаси,вилоятлар ва Тошкент шахри сайловчилари вакиллари билан ўтказилган сайловолди учрашувларида сўзлаган нутқлари ўрин олган.-Тошкент, Ўзбекистон, 2017. 488-б. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Мамлакатимизни йилларда ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг асосий якунлари ва кейинги йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маъруза, 2017 йил 14 январь. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2017. – 104 б. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза. 2016 йил 7 декабрь. –Т.: Ўзбекистон, 2017. 48-б. Мирзиёев Ш.M. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси. - Тошкент: “Ўзбекистон”, 2018. 48-б. Qo’shimcha adabiyotlar: Vaxabov A.V., Jumaev N., Xoshimov E. “Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi” T. "Akademnashr", 2009. 141 s. Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. T.: "Moliya", 2012. Якубов И.О., Хошимов Х.А. “Минтақавий иқтисодиёт”. Ўқув-услубий мажмуа. Т.: ТДИУ, 2016 йил. Рахимова М.Р. Минтақа ва махаллий хўжалик иқтисодиёти. Ўқув қўлланма. Т.: ЎзРЁУАЖ, 2004. 128 бет. Рахимова М.Р., Ишмухамедов А.Э. Минтақавий иқтисодиёт. Лотин алифбосида дарслик. Т .ТДИУ. 2010. 335 бет. Абдурахмонов К.Х., Абдуллаев О., Дадабоев Ш. “Региональная экономика и управление” Учебник. ТГЭУ 2007. 730 бет Mc Connell, Brue. Economics. 17th edition. Mcgraw-hill/Irwin, USA, 2014. N. Gregory Mankiw. Principles of Economics, 7th edition. Amazon, USA 2016. Paul A. Samuelson, William D. Nordhaus. Economics. 19th Edition. McGraw-Hill Companies. USA. 2015. Internet saytlari: www.gov.uz www.stat.uz www.worldbank.com 1 https://president.uz/oz/lists/category/2?page=2&per-page=10 2 https://regulation.gov.uz › document › 8839-kontseptsiya_kompleksnogo_s.. 3 el.tfi.uz › images › Iqtisodiy_talimotlar_tarixi_e8... 4 el.tfi.uz › images › Iqtisodiy-ijtimoiy_taraqqiyot_.. 5 el.tfi.uz › images › Iqtisodiy_talimotlar_tarixi_e8... 6 Muallif tomonidan tuzildi 7 https://www.hbs.edu/.../Review%20of%20Competitiveness%... 8 Klaus Schwab, The Global Competitiveness Report 2018. World Economic Forum 9Review of Competitiveness Frameworks-Harvard Business School 2019. 10www.stat.uz ma’lumotlari asosida muallif tomonidan qayta ishlandi 11 https://regulation.gov.uz › document › 8839-kontseptsiya_kompleksnogo_s.. 12 www.stat.uz ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan 13 www.stat.uz ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan 14 www.stat.uz ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan 15 www.stat.uz 16 https://regulation.gov.uz › document › 8839-kontseptsiya_kompleksnogo_s.. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling