1-rasm. Iqtisodiyot tuzilmasining dinamikasini tahlil qilish o’ziga xos quyidagi xususiyatlari mavjud:6
Zamonaviy iqtisodiyotidagi tarkibiy o’zgarishlarni tahlil qilish quyidagilar asosida amalga oshirildi:
1) YAIM tarkibida iqtisodiyot tarmoqlari (birlamchi va ikkilamchi tarmoqlar, xizmat ko’rsatish sohalari) ulushi dinamikasi (tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish nisbati) va ish bilan band bo’lganlar soni;
2) YAIM tarkibidagi tarmoqlar ulushi dinamikasi (shu jumladan tarmoq elastikligi koeffitsientlari va tarkibiy avans koeffitsientlaridan foydalangan holda);
3) import va eksport tarkibining harakati;
4) oraliq iste’mol harakati (moddiy talab);
5) Ishlab chiqarish va iste’mol dinamikasi;
6) Iqtisodiyotning o’sish sur’atlarining dinamikasi (shu jumladan, iqtisodiyotning o’sish sifati indeksidan foydalangan holda).
Milliy iqtisodiyotning tarkibi (strukturasi) deganda ma’lum omillar taʼsirida yuzaga kelgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimotini ifodalaydigan iqtisodiyot tarmoqlarining nisbati tushuniladi.
Milliy iqtisodiyotning tarkibi quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha tasniflanadi:
1) iqtisodiyot sektorlari boʼyicha tarkiblash;
2) iqtisodiyot tarmoqlari boʼyicha tarkiblash;
3)hududiy jihatdan tarkiblash;
4) milliy iqtisodiyot infratuzilmasi boʼyicha tarkiblash;
5) iqtisodiy – ijtimoiy nuqtai nazardan tarkiblash;
6) tashqi iqtisodiy faoliyat boʼyicha tarkiblash.
Milliy iqtisodiyot tarkibi ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish funktsiyalariga koʼra tarmoqlarga boʼlib oʼrganiladi. Bunga misol tariqasida quyidagi tarmoqlarni keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |