Mundarija kirish


Download 1.38 Mb.
bet27/31
Sana03.06.2020
Hajmi1.38 Mb.
#114278
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
document- pdf.io - 1

    Bu sahifa navigatsiya:
  • L ARI

13-oquvchi: Ozbek shoiri Durbek, Gadoiy, Atoiylar ijodini o’rganish ham juda ahamiyatli, deb oylaymiz. Temur va temuriylar davrining istedodli shoiri, asli Balxlik Durbekning Yusuf va Zulayho”dostoni juda shuhrat qozongan. Gadoiyning yagona devonining asl nusxasi hozirda Parij milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Atoiy lirik shoir bolib,uning gazallari sodda va ravon tilda yozilgan. Shu jihatdan u xalqqa juda yaqin. Devonini oqiganmiz.

1-boshlovchi: Juda uzoq yillar davomida sohibqiron Amir Temur nomi tilga

olinmadi, tarix darsliklari, adabiy asarlardan chiqarib tashlandi. Sobiq SSSRda



Temur shaxsi va temuriylar davri haqida gapilganda, tirnoq ostidan kir qidirildi, uning faqat salbiy tomonlariga urgu berildi. Akademik Ibrohim Mominov Amir Temurning Orta Osiyo tarixida tutgan orni risolasi uchun badnom qilindi ... Amir Temurning va boshqa temuriylarning go’rlari kovlanib, suyaklari agdar-75

tondar qilindi. Bu ozbek millati shaniga va tarixiga adolatsiz yondashuvning



zamirida avlodlarni ajdodlardan ayirish, millat oz tomirlarini bilmasligi uchun qilingan harakatlar edi.

2-boshlovchi: Mustaqillik sharofati bilan, shaxsan yurtboshimiz

boshchiligida bu noodilona munosabatga chek qoyildi, yoshlarimiz tarixni ishonchli manbalardan oqib o’rganishlari imkoniyati tugildi. Amir Temurning bunyodkorlik ishlari, ilm-fan va madaniyat ishlariga qilgan homiyliklari, shaxsiy hayotini misol qilib tola ishonch bilan ayta olamizki, Amir Temur bizning milliy iftixorimiz, uning hayoti va faoliyati bilan faxrlanamiz, unga munosib vorislar bolib, millatimizning kelajagi yolida oqiymiz, ishlaymiz va hayot kechiramiz.

76

III BOB. IX-XV ASRLARDA IJTIMOIY PEDAGOGIK GOYALARINI



O’RGANISHGA DOIR PEDAGOGIK EKSPEREMENT NATIJALARI TAHLILI

3.1. TAJRIBA BOSHIDA OQUVCHILARNING MAVZIGA DOIR BILIMLARI TAHLILI

1-son Samarqand pedagogika kollejida «Pedagogika» faniga 78 soat ajratilgan, shundan 56 soat maruza, 22 soat amaliy mashgulot. Bu fanning asosiy vazifalari kollej talabalarida pedagoglik kasbining vujudga kelishi, mazkur kasbning jamiyat taraqqiyotida orni, buyuk mutafakkirlarning pedagoglik kasbiy tog’risidagi fikrlari, pedagogning kasbiy, hissiy-irodaviy va axloqiy sifatlari, talim tizimi, barkamol shaxsni shakllantirish muammolari, talim va tarbiya nazariyalari hamda talim-tarbiya metodlari tog’risida bilimlarni berish, shuningdek ularni umumpedagogik madaniyati va manaviy sifatlarini rivojlantirish, pedagogik faoliyatga psixologik va amaliy tayyorgarligini shakllantirishdan iboratdir.

Millatimizning buyuk mutafakkirlarining talim-tarbiyaga oid qarashlari va manaviy merosi asosida yuksak fazilatlarga ega bolgan insonni shakllantirish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan bolib, manaviy xislatlarga ega bolish muhim ijtimoiy ehtiyoj ekanligi, uni har bir insonda tarbiyalash birinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda. Yuksak manaviyat uchun kurash murakkab jarayon. Zero, jamiyatning manaviy asoslarini mustahkamlamasdan, uning har bir azosida yuksak manaviy sifatlarni rivojlantirmasdan turib farovon va madaniy hayotni qurish mumkin emas. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mustaqil Ozbekistonning manaviy-axloqiy negizlarini mustahkamlashni davlatimizning yangilanishi va taraqqiyotining asosiy tamoyillaridan biri sifatida takidlagan [2,29].

Xalqimizning ildizlari qadim tarixga borib taqaladigan manaviy qadriyatlari azaldan umuminsoniy yuksak fikr va goyalar bilan yog’rilgan. Barkamol shaxs tarbiyasi muammolari bilan shugullanadiganlarning bugungi vazifasi -ajdodlarimiz tomonidan asrlar osha toplangan manaviy boyliklarni yosh

77

avlodning chinakam mulkiga aylantirish, bu bilan yoshlarni manaviy barqaror, oz

Vataniga sodiq qilib tarbiyalashdan iborat.

Pedagogika fanini oqitish talim muassasalarining malum didaktik tamoyillari: ilmiylik, tarixiy malumotlarni hayot bilan boglash, izchillik va tizimlilik, korgazmalilik, kasbiy yonalganlik, individual xususiyatlarni hisobga olish asosida quriladi.

Oqitishni tashkil etishga asosiy talablarni ifoda etgan tamoyillar soni doimo bir xil bolib qolavermaydi. Hayotning ozi pedagogik talimga jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi-talim jarayonini tashkil etishning yangi tamoyillarini ilgari surdi. Bizning nuqtai nazarimizda, ularning orasida eng ahamiyatlisi:

oquv ishlarida talabalarning ijodiy faolligi, ongliligi, mustaqilligi;



oquv jarayonida oqituvchi va talabalarning birligi va ijodiy hamkorligi, oqituvchilarning boshqaruvchilik, yonaltiruvchilik roli va hokazolar.

Tarixiylik tamoyili, masalan, oqitishning talabalarni nafaqat oquv fani, ularning mohiyati, xususiyatlari, keyingi rivojlanish istiqbollari bilan tanishtirish, balki qachon, qaysi sabablar bilan yuzaga kelgani, ildizlari haqida bilim berishni ham nazarda tutadi.

Shu munosabat bilan tadqiqot ishimizda pedagogika fanini oqitishda kolleji talabalarida mutafakkirlarimizning ulkan manaviy merosi va pedagogik qarashlarini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratildi.

Tajriba-sinov ishlari o’tkazishda quyidagi metodlardan foydalanildi:

1.Tajriba-sinov ishlarining maqsadi, vazifalari pedagogik fanini oqitishda talabalar ongiga IX-XV asrlardagi ijtimoiy pedagogik goyalarni singdirish boyicha «Pedagogika» fani materiallari misolida fanning predmeti, dastur, oqitish texnologiyasi uchun tuzildi.



2. Sosiologik uslublari (anketa sorovi, suhbat, intervyu). Tajriba va nazorat guruhlarining talabalar soni, pedagogika fanida talabalarning mavzuga oid bilim darajalari bir xil bolishi taminlanadi. Tajriba guruhda ham nazorat guruhda ham yangi talim mazmuni noananaviy usullar bilan otildi.

3. Tajriba va nazorat guruhlariga bir xil savollar tayyorlash.


78

4. Tajriba-sinov ishlarining asosiy negizi tajriba va nazorat guruhi talablari



asosida talabalarning manaviy sifatlarini tarbiyalanganlik darajalari taqqoslandi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling