Mundarija kirish


Download 1.38 Mb.
bet24/31
Sana03.06.2020
Hajmi1.38 Mb.
#114278
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Bog'liq
document- pdf.io - 1


2-oquvchi: Mavlono Abdulmalik mashhur al-Hidoyamuallifi

Burhoniddin Marginoniyning avlodi bolib, mudarrislik qilgan. Madrasadan

bo’sh vaqtlarida odamlarni shatranj va nard oyinlariga oqitgan, she’rlar yozgan.



Hadisshunos olimlardan shayx Shamsuddin Muhammad ibn al-Jazoiriy

bolib, Amir Temur uni Rumdan olib kelgan. U Sherozda vafot etgan.



1393 yili Amir Temur Sherozdan bir nechta olimlarni olib keltiradi: ular Saduddin at-Taftazoniy va Mir Sayid Sharif Jurjoniylar katta faylasuf olimlardan bolishgan. Ulardan arab va fors tillarida yozilgan risolalar, fiqh, astronomiya va falsafaga oid kitoblar qolgan.

Tarixchi Ibn Arabshoh Temur zamonasida otgan tafsirchi olim, muhaddis

va qori hoja Muhammad Zohid Buxoriy va mavlono Faxruddinlarning nomlarini ham hurmat bilan tilga oladi.

3-oquvchi: Amir Temur davridagi ilm ahlini eslaganda yirik olim xoja Muhammad Porsoni eslamay bolmas. U Naqshbandiya tariqatining kozga koringan namoyondalarining hayot va karomatlari haqida, umuman tasavvufning nazariy va amaliy masalalariga bagishlangan koplab asarlar muallifidir. Uning “Risolai kudsiya”(Kudsiy kalimalar haqida risola”), Maqomati xoja Alouddin Attor”, Fasl ul-xitob(qatiy xitob”), Mahaq al-orifin(Marifatli kishilarni farqlovchi maxaq toshi) (Maxaq toshi kumush va oltinga surtilib,ularning sof yoki qalbakilini aniqlovchi maxsus tosh ekan- muall. izohi), Taxqiqot(Haqiqatni izlash ), ”Risola” kabi muhim asarlari oz zamonidayoq ilmiy jamoatchilikning diqqat-etiborini qozongan.

4-oquvchi: Hamma davrlarda ham tibbiyotga, tabiblarga muhtojlik bor.

Ayniqsa osha zamonlarda urush-talashlar kuchaygan bir davrda tabiblar va Dor ush-shifo (shifo uylari)ga ehtiyoj juda kuchaygan. Tabiblar va shifokorlarga etibor kuchli bolgan. Tarixiy manbalarda Temur va Temuriylar davrida juda kop mohir tabiblar yashaganligi va tibbiyotga oid muhim asarlar yozilganligi haqida 71



malumotlar bor. Bulardan tabiblar sardori mavlono Farrux, mavlono

Jaloluddinlardir. Zamonasining yana bir mohir tabiblaridan mavlono Ahmadning nomini tarixchi Ibn Arabshoh alohida hurmat bilan tilga oladi: U misgar va yulduzlarga qarab hisob oladigan, inson taqdirini belgilaydigan olim kishi edi. Ul zot menga men yulduzlarga qarab ikki yuz yilga hukmi tole’ chiqardim,- degan edilar”.

5-oquvchi: Amir Temur va Temuriylar davrida tarix fani juda taraqqiy

qilgan edi. Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiylarning Zafarnoma”si, Giyosiddin Ali Yazdiyning ”Roznomayi gazovoti Hindiston, Hofizi Abruning Zayli Zafarnoma”(Zafarnomaga ilova), Tojiddin as-Salmoniyning Tarixnoma”si, Mirzo Ulugbekning Tarixi arba ulus(Tort ulus tarixi), Abdurazzoq Samarqandiyning Matla’ us-say’dayn va majma’ ul-baxrayn(Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki azim daryoning qoshilish o’rni), Mirxondning Ravzat us-safo” (Poklik bogi), Xondamirning Habib us siyar fi axbor va afrod ul-bashar”(Inson xabarlari va fardlarida do’stning tarjimai holi”), Zahiriddin Muhammad Boburning Boburnoma” asarlari osha davrning eng sara ilmiy mahsulidir.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling