Mundarija kirish
Download 1.38 Mb.
|
document- pdf.io - 1
Reja: 1.Sharq uyg’onish davri va unda ilm-fan rivojlanishi yo’nalishlari. 2. Ma’mun akademiyasi olimlarining ma’naviy-ahloqiy qarashlari. 3. Ma’mun akademiyasi olimlari ma’naviy-ahloqiy qarashlarining inson tarbiyasidagi ahamiyati va ularning talabalar ma’naviy sifatlarini tarbiyalash imkoniyatlari.
Al-Ma’mun tomonidan tashkil etilgan «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») – akademiya barcha ilm sohiblari to’plangan markazga aylandi va Sharqda ilm-fanining taraqqiy etishi, ma’naviy hayotning yuksalishiga ta’sir etdi. Butun Sharqda bo’lgani kabi Movarounnahrda ham ilm-fan va ma’rifat sohasida mashhur bo’lgan faylasuf va munajjimlar, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy meros bilan nom qoldirgan al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino kabi qomusiy olimlar yetishib chiqdi. Eslab qoling! «Bayt ul-hikma» olimlari orasida Markaziy Osiyolik Ahmad Farg’oniy, Muhammad Xorazmiy, Abbos Ibn Said Javhariy, Ahmad Ibn Markaziy kabilar ham bo’lgan. «Bayt ul-hikma» olimlari orasida hamyurtimiz Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy alohida mavqyega ega bo’lgan. Ahmad Farg’oniy uning taklifi bilan 815 yilda yozib tugatgan astronomiyaga oid asarini muhokamaga qo’yadi, ilmiy jamoa unga yuqori baho beradi. Oqibat natijada yosh olim Ahmad Farg’oniy bu nufuzli maskanning haqiqiy a’zosi etib qabul qilinadi. Xorazmiy vafotidan so’ng Ahmad 63
butun O’rta va Yaqin Sharqqa yoyiladi.
2. «Bayt ul hikma» va uning ilm-fan rivojidagi ahamiyati. 3. IX–X asrlarda pedagogik fikr taraqqiyoti va uning asosiy yo’nalishlari. «Bayt ul hikma» olimlarining Xorazm Ma’mun akademiyasi shakllanishiga ko’rsatgan ta’siri. Navbatdagi seminar mavzusi «Abu Ali ibn Sinoning ma’naviy ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari» deb nomlanadi. Bu seminar mashg’uloti quyidagi reja asosida tashkil etiladi.
1. Abu Ali ibn Sino o’rta asrlarda yashab o’tgan qomusiy olimdir. 2. Abu Ali Ibn Sino ta’limotida ma’naviy ta’lim-tarbiya usullari, shakl va usullari. 3. Ibn Sino jismoniy va bola tarbiyasi haqida. 4. Ibn Sino pedagogik qarashlarining bugungi kunda talabalar ma’naviy sifatlarini tarbiyalashdagi ahamiyati.
Ibn Sino 980 yilda Buxoro shahriga yaqin Afshona qishlogida kichik amaldor oilasida tug’ilgan. IX asrning oxiri X asr boshlariga kelib, o’lkada ijtimoiy-siyosiy vaziyat murakkablashadi, Qoraxoniylar Somoniylar davlatini bosib oladi. Shu tufayli Ibn Sino Xorazmga - Gurganchga ko’chib o’tadi. Xorazmda u bir qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy boshqarayotgan «Ma’mun akademiyasi» da ilmiy ish bilan shug’ullana boshlaydi. 64
Ibn Sino umrining so’nggi yillarida Gurganj, Ray va Hamadonda yashaydi. U 1037 yil oxirida Isfahonda vafot etadi. Ibn Sinoning odob-axloq va insonparvarlik haqidagi ta’limoti katta ilmiy– amaliy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu ta’limot, inson olam rivojlanishining toji bo’lib, u buyuk sharaf va hurmatga loyiqdir, degan fikrga asoslanadi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling