Mundarija kirish
Download 1.38 Mb.
|
document- pdf.io - 1
1 – variant 1. Muhokama etiladigan masalalar. 2. Sharq allomalarining pedagogik fikr va g’oyalari haqida ma’ruza. 3. So’rovnoma yakunlarini e’lon qilish. 4. Talabalarning eng yaxshi taqrizlari va eng yaxshi referatlarini e’lon qilish. 5. Yakunlash. 2– variant Konferensiya ishtirokchilari avval besh guruhga bo’linadi. Har bir guruh bitta olimning ma’naviy sifatlarni tarbiyalashga xizmat qiladigan pedagogik fikr va g’oyalari yuzasidan ma’ruza tayyorlaydi. Ma’lum ketma-ketlikda chiqish qilar ekan, talabalar maxsus seminar, unga mustaqil tayyorlanish jarayonida o’zlariga topshirilgan olimning hayoti, ilmiy faoliyati va pedagogik fikr va g’oyalari haqida o’rganganlarini umumlashtiradilar. O’z chiqishlarida maxsus tayyorlangan materiallar: portretlar, diopozitivlar, slaydlar, kitoblar, shu olim faoliyatini tadqiq etgan olimlardan intervyu, audio, videomateriallar va boshqalarni tayyorlaydilar (ma’ruzani ko’rgazmali misollar yordamida tushuntiradi.) O’quv konferensiyasi qatnashchilariga quyidagi savollar bilan murojaat qilish mumkin: hozirgi yoshlar qanday ma’naviy sifatlarga ega bo’lishi kerak? Qomusiy olimlar talabalarning ma’naviy sifatlariga qanday talablar qo’yadi? Savollar yuzasidan fikr almashuvdan so’ng, yakun yasaldi: Talabalarning so’rovnomalarga javoblari, eng yaxshi referat va taqrizlar e’lon qilindi. 2.2.2-jadval Maxsus seminar natijalari
61
Yuqorida muammoga doir amaliy ishlar natijalaridan ko’rinib turibdiki: 1. «Pedagogika» kursidan nazariy ma’lumotlarni amaliyotga joriy etish talabalarning ma’naviy sifatlarini o’z shaxsiy hayotlarida tarkib topishida ijobiy natijalarga olib keldi. 2. Talabalar amaliy mashg’ulotlarida qo’yilgan muammolarni hal etishda erkin, ijodiy, mustaqil fikrlashga harakat qildilar. 3. Talabalar ma’ruzalarda o’rgangan bilimlarini amaliyotda qo’llashi ularning bilim, malaka va ko’nikmalari rivojlanayotganligi ma’lum bo’ldi. Buni biz tadqiqot natijalarini tahlil etish orqali aniqlashga muvaffaq bo’ldik. «Pedagogika» darslarida talabalarga singdirilgan ijtimoiy pedagogik g’oyalar, maktab va madrasalardagi o’quv mashg’ulotlari ularning borliqqa munosabati, xulq-atvorining me’yori bo’lib xizmat qila oladi. Ma’naviy sifatlar aql, adolat, mas’uliyat, o’zaro yordam, mehr–shafqat kabi xulq-odob me’yorlari bilan uzviy bog’liq. O’quvchilarning ijtimoiy pedagogik g’oyalar tarixiga oid bilim va tushunchalarini tarbiyalashda «Pedagogika tarixi» darslari, kurs doirasida tashkil etiladigan seminar mashg’ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Biz quyida Sharq mutafakkirlarining pedagogik ta’limoti hamda Ma’mun akademiyasi 62 olimlarining asarlari asosida tashkil etilgan seminar mashg’uloti haqida fikr yuritamiz. Seminar mashg’uloti mavzusi «Sharq uyg’onish davri va unda ta’lim- tarbiya masalalari (IX–XIII asrlar)» tarzida belgilanib, u quyidagi reja asosida o’tkazildi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling