Mundarija kirish


Download 1.38 Mb.
bet19/31
Sana03.06.2020
Hajmi1.38 Mb.
#114278
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
document- pdf.io - 1

1- mashg’ulot

Birinchi mashgulotda oqituvchi maxsus kursning vazifalari, ish uslublarini yoritadi, uning zarurligi, ahamiyatini asoslab beradi, Mamun akademiyasi qomusiy olimlarining pedagogik merosi talabalarning kasbiy, shaxsiy va manaviy sifatlarning tarbiyalashdagi tasiri haqida toxtaladi.

Bundan tashqari, allomalarning hayoti, ilmiy faoliyati, pedagogika va manaviyatga oid goyalarga hamda badiiy adabiyotlar, sahna asarlari, boshqa materiallar bilan tanishtiradi, ma’ruza va maxsus adabiyotlardan qaydlar va kochirmalar olishga oid maslahatlar beradi.

2-mashgulot

IX-XV asrda Sharq mamlakatlarida ilm-fan va madaniyatning jadal


55

rivojlanish omillari bayon qilinadi.

3-mashgulot

Abu Abdulloh ibn Yusuf al-Xorazmiyning hayot yoli, uning ilmiy faoliyati, asarlari, matematika fani rivojlanishida tutgan orni, yoshlarning manaviy tarbiyasiga oid pedagogik fikr va goyalari bilan tanishtiriladi.

4-mashgulot

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniyning hayoti va ilmiy faoliyati. Tabiiy va pedagogika hamda ijtimoiy fanlar rivojiga qoshgan hissasi. Beruniyning tabiatga, fan asoslarini empirik organishga munosabati, yoshlarda manaviy sifatlarning rivojlanishi, uning manaviy fazilatlari shakllanishida bosh omil mehnat ekanligi haqidagi fikrlari. Mamun akademiyasining asoschisi sifatidagi faoliyati.

5-mashgulot

Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati. Ilmiy faoliyati. Tabobat ilmi rivojidagi beqiyos xizmatlari.

Inson faoliyatida aqliy, jismoniy, manaviy va mehnat tarbiyasi birligi haqidagi qarashlari, shaxsning shakllanishida yosh xususiyatlari va boshqa omillarning tasiri haqidagi fikrlari.

6-mashgulot

Mamun akademiyasi. Uning tashkil topish tarixi, akademiyada faoliyat korsatgan olimlar. Ularning buyuk kashfiyotlari.

Akademiya azolarining pedagogika fani rivojiga qoshgan hissasi. Ularning manaviy tarbiya, kollej talabalarining shaxsiy-manaviy sifatlarni tarbiyalashga xizmat qiladigan fikrlari, bugungi kundagi ahamiyati.

7-mashgulot

Oqituvchi oz ma’ruzasida umumlashtiruvchi xulosalar qilib, Mamun akademiyasi olimlarining din va ilm-fanga oid asosiy pedagogik qarashlari; insonning kelib chiqishi, tabiat va jamiyatdagi o’rni, tarbiyaning maqsad va vazifalari, uning tarkibiy qismlari(aqliy, jismoniy, manaviy, estetik va mehnat tarbiyasi), talim va tarbiya jarayonining mohiyati, tamoyillari, shakl va usullari,

56

ularning gnoseologik talqini, oqituvchiga, uning shaxsiga qoyiladigan talablar,



oila tarbiyasi masalalari xususida toxtaladi.

Qomusiy olimlar pedagogik merosining alohida qimmati, kollej talabalarining kasbiy va manaviy tayyorgarligida ulkan imkoniyatlari haqida soz yuritiladi.



O’tmish allomalarining pedagogik fikr va goyalarini bilish va yuqori baholashgina emas, ularni ijodiy qollay olish malakalarini egallash zarurligi ham uqtiriladi. Yakuniy mashgulotda mavzuga doir konferensiya darsi o’tkazilishi ham mumkin. Konferensiya darsini «hozirgi zamon yoshlarining manaviy sifatlari: u qanday bolishi kerak» mavzusida o’tkazish maqsadga muvofiq. Konferensiyaga tayyorlanishda, albatta Sharq mutafakkirlarining talabalar manaviy sifatlarini tarbiyalashga xizmat qiladigan fikr va goyalari bilan birga hozirgi davrda yoshlar egallashi zarur bolgan xislatlar uygunlashadi.

Mashgulotlar oxirida o’tkaziladigan oquv viktorinasi ham talabalarning fanga doir qiziqishini uygotadi. U quyidagi masalalarni oz ichiga oladi:

1. IX-XV asrlarda Sharqda ilm-fan va madaniyatning jadal rivojlanishida asosiy omillar nimalardan iborat edi?

2. Mamun akademiyasi olimlarini sanab bering. Nima sababdan ularni qomusiy olimlar deymiz?

3. Abu Rayhon Beruniyning hayoti va manaviy qarashlari haqida nimalarni bilasiz?

4. Ibn Sinoning hayoti va ilmiy faoliyati. Uning qaysi pedagogik fikr va goyalari sizningcha alohida qimmatga ega?

5. Sharq qomusiy olimlarining pedagogik qarashlaridagi qaysi asosiy yonalishlar Mamun akademiyasidagi olimlar faoliyati yonalishlariga togri keladi?

6. Mamun akademiyasida faoliyat yuritgan olimlarning manaviy tarbiyaga oid fikrlari haqida nimalarni bilasiz?

7. Barkamollik mezonlari nimalardan iborat?

8. Sharq mutafakkirlarining pedagogik goyalarini keyingi avlod olimlaridan kimlar rivojlantirdi?

57

9. Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa



allomalarning pedagogik merosi bilan tanishish sizga nimalar berdi? Kelajakdagi pedagogik faoliyatingizda undan qanday foydalanmoqchisiz?

Viktorina songida hakamlar hayati (talabalar) qarori elon qilinadi va goliblarga esdalik sovgalari topshiriladi.

Bundan tashqari, «Mamun akademiyasi olimlarining talabalar manaviy sifatlarni tarbiyalash va pedagogika fani rivojlanishida tutgan o’rni» mavzusidagi maxsus seminar ham pedagogika fanini oqitishda kollej talabalarining manaviy sifatlarini tarbiyalashda ijobiy natijalar berdi.

Yuqoridagilardan malum boldiki, Mamun akademiyasi olimlarining barkamol shaxs sifatlarini tarbiyalashga oid ilgor qarashlari bugungi kunda ham yuksak qimmatga ega.

Mamun akademiyasi olimlarining pedagogik merosini organish talabalarga turli davr olimlarining insonning jamiyatdagi o’rni, tarbiya, ayniqsa manaviy tarbiyaning maqsadi va vazifalari, tarkibiy qismlari, talaba-yoshlarning manaviy sifatlarini tarbiyalash va rivojlanishiga tasir etadigan omillar, oqituvchi shaxsiga talablar, oiladagi tarbiya va boshqa masalalarga qarashlarini kuzatish imkonini beradi.

Biroq, bu merosni shunchaki bilishning ozi kifoya qilmaydi, undan foydalana olish, pedagogik faoliyatda uni qollashning yollari va metodlarini aniqlash lozim.

Bu borada «Pedagogika» kursidan tashkil etilgan «Sharq mutafakkirlarining talabalar manaviy sifatlarini tarbiyalashga doir qarashlari» mavzusidagi maxsus seminar muhim ahamiyat kasb etdi. Maxsus seminarning vazifalari:

1. Kollej talabalarining Sharq mutafakkirlari pedagogik merosi haqidagi bilimlarini kengaytirish va umumlashtirish.

2. Pedagogika fanini oqitishning barkamol shaxs sifatlarini tarbiyalashdagi asosiy yonalishlarni aniqlash va tavsiflash.

3. Kollej talabalarini bugungi kunda dolzarb bolgan manaviy sifatlarni tarbiyalash haqidagi pedagogik fikr va goyalarini ijodiy ozlashtirish, kelgusi faoliyatida ulardan foydalanishga yonaltirish.

58

Maxsus seminarning asosiy ish shakli dars, asosiy metodlari kollej

talabalarining maruzalarini tinglash va muhokama qilish, mustaqil ish davomida organgan falsafiy, tarixiy, pedagogik bilimlarini umumlashtirishdan iborat edi.



Kollej talabalariga mustaqil holda ma’ruza uchun mavzu tanlashga imkon berildi. Maruzaga, uning mazmuni yuzasidan chiqishlarga, maruzalarni kichik hajmdagi referat tarzida rasmiylashtirishga qoyiladigan talablar bilan tanishtirildi. Adabiyotlar royxati tavsiya etildi.

Dastlabki mashgulotda talabalarning Ozbekiston Respublikasi «Talim tog’risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» boyicha manaviy sifatlarni tarbiyalash va rivojlantirish masalalariga oid ikkita ma’ruzani tinglash va muhokama qilish vazifasi qoyildi. Song maxsus seminarda ko’riladigan masalalar mazmuni bilan tanishtirildi.



Birinchi mashgulotda orta asrlarda Mamun akademiyasi olimlarining ilm-fan va madaniyatning jadal rivojlanishiga tarixiy omillarning korsatgan tasiri yoritiladi: al-Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniyning yoshlarni manaviy sifatlarini tarbiyalashga doir fikrlarining asosiy yonalishlariga tavsiflab berildi.

Ikkinchi mashgulot Mamun akademiyasi olimlari ijodida barkamol shaxs sifatlarini tarbiyalashga tasir etuvchi omillar: manaviy tarbiya va manaviy sifatlar haqidagi mavzularga bagishlandi.

Uchinchi mashgulot talabalarning «Yaqin va Orta Sharq allomalarining yoshlar manaviy sifatlarini tarbiyalash shakl va usullari tog’risida» mavzusidagi ma’ruzalarining muhokamasiga bagishlandi.



Tortinchi mashgulotda talabalarning «Mamun akademiyasi allomalari manaviy tarbiya haqida» mavzusidagi maruzalari muhokama qilindi.

Talabalar ozaro taqriz qilish uchun referatlar almashdi, hammaga toldirish uchun sorovnoma tarqatiladi.

Maxsus kurs boyicha anketa savollari va javoblari quyidagi natijalarni berdi (2.1.-jadval):

59

Izoh: N1, N2 tajriba va nazorat guruhlari talabalarining umumiy soni. «Pedagogika» kursi oquv fanini organib bolgandan so’ng mashgulotlar



oquv konferensiyasi bilan yakunlandi. Konferensiya rejasi quyidagicha tuzildi:

60


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling