Mundarija Kirish. Yo‘l loyihalanayotgan joyning iqlimi. Berilgan yo‘l toifasi uchun texnik me’yorlar


Download 1.58 Mb.
bet1/8
Sana14.12.2022
Hajmi1.58 Mb.
#1003086
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
A.Muhammadyusuf


Mundarija

  1. Kirish.

  2. Yo‘l loyihalanayotgan joyning iqlimi.

  3. Berilgan yo‘l toifasi uchun texnik me’yorlar.

  4. Asosiy variant uchun bo‘ylama kesimni loyihalash.

  5. Yo‘l poyining ko‘ngdalang kesimini loyihalash.

  6. Yo‘l to‘shamasi konstruksiyasini loyihalash.

  7. Xulosa.

  8. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati.


Kirish
Mamlakatimizdagi avtomobil sanoati yildan-yilga o‘sishi, avtomobillarni yuk ko‘tarish qobiliyatini va tashilayotgan yuk hajmini ortishi, harakat jadalligi va tezlikni ortishi avtomobil yo‘llarining iste’mol talablarini ortishiga olib kelmoqda. Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyevning 2017-yil 14- fevraldagi PF-4954 sonli “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni sohani rivojlantirishda yangi sahifa ochib berdi deb bemalol ayta olamiz. Hammamizga ma’lumki, O‘zbekiston to‘g‘ridan to‘g‘ri dengizga chiqish yo‘liga ega emas. O‘zbekiston hududining ko‘pgina qismi 30% tog‘ va tog‘ oldi adirlari, 70% o‘rtacha qirli, adirlik va tekislik bo‘lib keskin kontinental, quruq iqlim sharoiti 90% atrofida ishlab chiqarish va aholini respublika hududida uchdan bir qismida joylashishi transport tarmog‘ini rivojlanishiga ta’sir etadi. Bu geografik vaziyat mamlakatimizning keng jahon andozalari talabi darajasida bo‘lgan, rivojlangan mukammal transport tizimiga ega bo‘lishini taqozo etadi va uni taraqqiy ettirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Bunda asosiy o‘rinni avtomobil yo‘li egallaydi. So‘ngi vaqtlarda mamlakatimizda sodir bo‘layotgan jarayonlar, qurilish sohasidagi o‘zgarishlar yurtimiz chiroyiga chiroy qo‘shib O‘zbekiston yanada gullab yashnashiga omil bo‘lmoqda. Zero bu o‘zgarishlar o‘z-o‘zidan emas balki kata sarmoya va kata mehnatlar evaziga kelgan. Albatta bu ishlar inson mehna va zahmati bilan amalga oshadi. Lekin bunday ulkan ishlar faqatgina inson mehnati bilan qilish ancha murakkab jarayonlarni vujudga keltiradi. Bu murakkab ishlar avtomatlashtirilgan texnika va texnologiyalar bilan ma’lum bir kampyuter tizimlari bilan amalga oshiriladi. Qurilish ishlarini asosiylari yo‘l va bino inshooti bo‘lgani uchun, ularning eng ko‘p vaqt oladigan jarayoni shu inshootlarni loyihalash jarayonidir. Shu bilan birga eng yaxshi maosh oladigan ishchilar ham bu loyihachilardir. Loyiha–bu hali qurilmagan yo‘l, bino va inshootning chizmada ko‘rinishi, chizmalar tarhi, qurilish olib borish ko‘rsatmasi va qacha sarf-harajat ketishini ko‘rsatuvchi, inshootning qanday qurilishi kerakligini ko‘rsatuvchi yo‘l xaritasidir. Ushbu kurs loyihasini bajarishdan maqsad ham mamlakatimizdagi yo‘l xo‘jaligidagi texnika texnologiyalardan samarali foydalish va avtomobil yo‘llarini loyihashda yangicha g‘oya va ko‘nikmalarni egallashdan iboratdir.


Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling