Mundarija Kirish. Zamonaviy geodezik asboblar fani maqsad va vazifasi. Gnss yordamida syomka qilish. Taxeometrik syomka planini tuzish. Kirish


Download 119.02 Kb.
bet2/3
Sana10.02.2023
Hajmi119.02 Kb.
#1184986
1   2   3
Bog'liq
Zamonaviy geodezik asboblar titul

GNSS yordamida syomka qilish

Tarmoqlar va ulardagi punktlar O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastr davlat qo‘mitasining yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya bo‘limi tuzgan loyihaga binoan o‘rnatiladi (3.10.1-rasm). Bugungi kunga kelib geodezik tarmoqlarni yer sun’iy yo‘ldoshlari texnologiyasi asosida barpo etish ancha taraqqiy etdi. Yerning sun’iy - 150 - yo‘ldoshlarini yerdan kuzatish orqali qit’alararo geodezik munosabat bog‘lashga va dunyo geodezik tarmoqlarini barpo qilishga imkon yaratildi. 3.10.1-rasm. O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud sun’iy yo‘ldosh geodezik tarmoqlarining amaldagi joylashuvi Davlat sun’iy yo‘ldoshli geodezik tarmog‘i 1, 2, 3 va 4 - sinflari punktlarining umumiy zichligi har 50 km2 ga kamida bitta punktni tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida hozirda 1942 yilda qabul qilingan geodezik koordinatalar tizimi (SK-42) amal qiladi. Ayni paytda O‘zbekistonda Davlat sun’iy yo‘ldoshli geodezik tarmoq-lari tarkibi belgilangan bo‘lib, ularni rivojlantirish umumdan ayrimga o‘tish prinsipiga asoslangan. Davlat sun’iy yo‘ldoshli radionavigatsiya tizimlari NAVSTAR (AQSh) va GLONASS (Rossiya) hamda kosmik geodeziya-ning boshqa usullaridan foydalanib quriladigan Davlat sun’iy yo‘ldoshli geodezik tarmoqlari o‘z ichiga quyidagilarni oladi: referens geodezik punktlar tizimi; 0 - sinf sun’iy yo‘ldoshli geodezik tarmog‘i; 1 - sinf sun’iy yo‘ldoshli geodezik tarmog‘i. Davlat sun’iy yo‘ldoshli geodezik tarmoqlari punktlarining o‘rni koordinatalarning ikki tizimida – umum yer va referens tizimlarida aniqlanadi. Har ikkala tizimlar orasidagi bog‘lanish biridan ikkinchisiga o‘tish parametrlari aloqasi orqali bog‘lanadi. Respublikamizda sun’iy yo‘ldoshli geodezik tarmoqlarni yaratishda davlat geodezik punkt va tarmoqlarini asos qilib olinishi lozim deb hisoblaymiz. Ma’lumki, doimiy amal qiluvchi bazaviy stansiya yo‘ldosh geodeziyasi priyomnigi va antennadan iborat bo‘ladi. Ushbu bazaviy stansiya ishonchli joyda barqaror o‘rnatiladi va uzluksiz energiya ta’minoti manbai bilan ishlaydi. Ma’lumotlarni qabul qiluvchi priyomnik yo‘ldosh signallarini o‘zida qabul qiladi. Qabul qilingan signallar qayta ishlanadi va aniq vaqtda ishlaydigan boshqa moslamalarga uzatilib moslamaning doimiy ishlashini ta’minlaydi. Ushbu davlat sun’iy yo‘ldoshli geodezik tarmoqlarini yaratish shaharlar hududida, yirik sanoat va energetik ob’ektlarni tuzish, loyihaviy qidiruv va qurilish ishlarini bajarish, gidrouzel qurilishi bosqichida gidrotexnik inshootlarni rejalash, yirik ko‘prik qurilishlarda, tunnel trassasini joyga ko‘chirish uchun planli asos bo‘lib xizmat qiladi. Geodezik tarmoqlar aniqligi, zichligi va barqarorligiga bo‘lgan talablar turlicha bo‘ladi. Hozirda davlat geodezik tarmoqlarini raqamlashtirish, sun’iy yo‘ldosh geodezik tarmoqlarini barpo qilish va 1:25 000 masshtabdagi topografik asosni yaratish ishlari O‘zbekiston hamda Janubiy Koreya Respublikalari o‘rtasidagi “Milliy geoaxborot tizimlari” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha bo‘yicha respublikamizning barcha hududlariga asosiy va yordamchi sun’iy yo‘ldosh geodezik tarmoqlari o‘rnatilib, uning muhofazasi hududiy yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari zimmasiga yuklatilgan. Ularning nazorati va monitoringi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi davlat unitar korxonasi tomonidan olib borilmoqda. “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hududiy filiallarining yer tuzuvchi mutaxassislari yer hisobini yuritish ishlarini olib borishda GPS qurilmalarini mazkur sun’iy yo‘ldosh geodezik tarmoqlariga bog‘lagan holda amalga oshirib kelinmoqda. Bir va ikki chastotalik GPS va GNSS priyomniklar eng ko‘pi o‘n ikkita sun’iy yo‘ldosh bilan bog‘lanish imkonini beradi va eng kami oltita sun’iy yo‘ldosh bilan bog‘langanda ishchi holga keladi. Aniqlik darajasi relef murakkabligi, rover antennasining radiusi ochig‘ligi va ob-havo sharoitiga karab o‘rtacha 60 santimetrni tashkil etgan. Aniqlik darajasini oshirish maqsadida qilinadigan geodezik va geoinformatik ishlar qo‘shimcha vaqt va qo‘shimcha mutaxassisning intellektual salohiyati talab qilinadi. Bu esa o‘rtacha murakkablikdagi bo‘lgan 3 gektar hududni 1:500 masshtabdagi planini tuzish maqsadida qilinadigan geodezik ish uchun kamida uch nafar yetuk malakali mutaxassis 8 soat davomida ish olib borish hamda GPS va GNSS priyomnikda olingan ma’lumotlarni davlat geodezik punktiga bog‘lash uchun qo‘shimcha bir kunni talab qilgan . Davlat geodezik tarmog‘iga Leica GNSS to‘lqin qabul qilgich qurilmasini o‘rnatish jarayoni, Jizzax shahar hududi Hozirda yanada takomillashgan uch chastotalik GNSS priyomniklari esa aniqlik darajasi va yetuk malakali mutaxassis ish sarfi jihatidan qulay va samarali ekanligi aniqlandi. Aniqlik darajasini oshirish maqsadida qilinadigan geodezik va geoinformatik ishlarni uch chastotalik GNSS priyomnik avtomatik tarza amalga oshiradi. O‘rtacha murakkablikdagi bo‘lgan 3 gektar hududni 1:500 masshtabdagi planini tuzish maqsadida qilinadigan geodezik ish uchun kamida ikki nafar yetuk malakali mutaxassis 4 soat davomida ish olib borish va davlat geodezik punktiga bog‘lash uchun qo‘shimcha vaqt talab qilinmaydi.
Sputnik navigatsiya sistemasi signalida ishlaydigan har bir priyomnik ishga tushirilgandan so‘ng navigatsiya sputniklari signalini qabul qilib, uni qayta ishlash yo‘li bilan navigatsiya axboratini rasshifrovkalaydi (shifrini ochadi) va qabul qabul qilingan axboratni koordinata qiymatlari, xarakat tezligi va vaqtga aylantiradi. Fazoviy koordinatalrni va vaqtni himoblash uchun to‘rtta sputnikni kuzatish yetarli bo‘ladi. Priyomnik o‘chirilganda uni elektron xotirasida oxirga holatni (pozitsiyani) koordinatasi saqlanadi. Priyomnikni keyinga o‘lashda, bu koordinatalar uni dastlabki holati bo‘ladi. Bundan tashqari, priyomnikni doimiy xotirasida sputnik orbitasining holati, soat parametrlari va ishlab turgan barcha sputniklarni vaziyati, ya’ni oxirgi almanaxi saqlanib qoladi. Yangi navigatsion yechimda,bu malumotlardan qaysi sputniklar ufiqdan yuqorida ekanligi, qaysi sputniklar yaqinlashib kelayotganligini ya’ni ularning holatni (koordinatasini) aniq aniqlash uchun foydalaniladi. Priyomnik o‘chirilganda ham priyomnikni kvars soati yurishni davom etadi , bu esa vaqtni kerakli darajada aniq baholash imkoniyatini beradi. Priyomnik qayta ishga tushirilganda yangi yechimlarni olish uchun aktivatsiyalanadi. Priyomniklar va boshqa uskunalar doimiy ravishda takomillashib, yangilanib turishini inobatga olsak, alohida biron bir priyomnikni batafsil bayon etish noo‘rin bo‘ladi. Shuning uchun sputnik priyomniklarini soddalashtirilgan umumiy tuzilishini beramiz. Priyomniklar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni Shebshaevich va boshqalar, 1993; Teunissen et al., 1998; Misra and Enge, 2001; Rizos, 1999 lar va boshqa maxsus adabiyotlardan topish mumkin. Zamonaviy priyomniklarning o‘lchamlari, bahosi, vazifasidan qat’iy nazar u beshta asosiy qurilmaga bo‘linishi mumkin:
1) antenna va unining elektronikasi;
2) kuzatgich konturi bo‘lgan radiochastotali blok;
3) nivigatsion mikroprotsessor;
4) ta’minot bloki;
5) komanda berish va nazorat displey bloke
Ko‘pgina priyomniklarda ma’lumotlarni saqlash va ma’lumotlarni kiriti sh chiqarish qurilmalari bo‘ladi. Qo‘shimcha ravishda priyomniklar komplektiga ma’lumotlarni to‘plagich , radiomodemlar, metrologik sistemalar, shtativlar, shtangalar, markazlashtirgichlar, ruletkalar, kabellar va x.k. qurilmalarni kiritish mumkin. GPS priyomnik antennasi ufq yuqorisidagi, tanlangan, sputniklarni L1 va yoki L2 chastotadagi o‘ng tomonlama doiraviy polyarizatsiyalangan radioto‘lqinlarni qabul qilishga mo‘ljallangan. Elituvchi chastotalarning modullashtirilgan to‘lqinini antenna elektr tokiga aylantiradi, uning tarkibida standart va aniq kodlar, modulyatsiyalashgan navigatsiya ma’lumotlar oqimi bo‘ladi.


Download 119.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling