ELEKTR MANOMETRLAR
Elektr manometrlar asosan yuqori chastotali o'ta yuqori va pulsatsiyali bosimlarni o'lchashda qo'llaniladi. Elektr manometrlarning ishlash usuli sezgir elementning bosim ta'sirida elektrik xarakteristikalarining o'zgarishiga asoslangan bo'lib (44- rasm) quyidagi turlarga bo'linadi:
1. P’ezoelektrik manometrlar.
2. Induksion manometrlar.
3. Tenzometrik manometrlar.
4. Qarshilikli manometrlar.
5. Sig'imli manometrlar.
6. Induktiv manometrlar.
P’ezoelektrik manometrlarda turli xil kristall dielektrik materiallarning deformatsiyalanishi natijasida ularning yuzasida elektr zaryadlari hosil bo'lishi (pezoelektrik effekt hodisasi) dan foydalaniladi. Bunday dielektriklar sifatida kvars, turmalin, bariy-titanatlar qo'llaniladi. Bu manometrlarning berilgan ta'sirni juda tezlik bilan sezishi ularning afzalligi hisoblanadi.
Induksion manometrlarda sezgir elementning egilishi natijasida hosil bo'ladigan bosim induksion o'zgartgich yordamida ikkilamchi asbobga uzatiladigan elektr signalga aylantiriladi.
Elektr signalni masofaga uzatuvchi manometr - MED induksion manometrlar orasida eng keng tarqalgandir. Diametri 160 mm bo'lgan korpusga bir o'ramli trubkasimon prujinali ushlagich, uzatish mexanizmi va induksion chulg'am (g'altak) joylashtirilgan.
Tekshirilayotgan sistemaning bosimi P shtutser orqali trubkali prujinaga uzatiladi, prujina deformatsiyalanib, induksion chulg'am magnit o'tkazgich 3 ni harakatga keltiradi. O'lchanayotgan bosimning har bir qiymatiga chulg'amdagi magnit o'tkazgichning ma'lum (aniq) holati to'g'ri keladi. Manometrning chulg'ami 2 va ikkilamchi asbobning chulg'ami 4 differensial-transformator sxemasi bo'yicha ulangan. Asbobning chiqish kattaligi transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg'amlari orasidagi o'zinduksiyadir.
|
Avt. Struktura va printspial sxemasi, rost, naz. qilinadigan va sig.gan par.ni ilmiy tahlili.
|
List
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |