Mundarija ma'ruza matеriallari


Toshkent Botanika bog‘i, ya’ni tajriba o‘tkazilayotgan joyni er va iqllim sharoiti


Download 1.01 Mb.
bet37/98
Sana27.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1129547
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   98
Bog'liq
Мажмуа ресурс

Toshkent Botanika bog‘i, ya’ni tajriba o‘tkazilayotgan joyni er va iqllim sharoiti. Toshkent tog‘ yon bag‘ri zonasiga joylashgan. YOz bu erda issiq, quruq bo‘lib maksimal harorat eng ko‘pi bilan 43oS gacha bo‘ladi. Er yuzasi yozda 60ogacha qiziydi, bu esa o‘simliklarni umumiy holatiga yaxshi ta’sir qilmaydi. Er harorati va havo sug‘orish natijasida bir oz pasayib, turli o‘simliklarni ekish imkoniyatini beradi.
Kuz iliq va quruq, ertalabki shabnam ko‘tarilgandan keyin yana quruq va iliq ob-havo sharoiti bo‘ladi. Ayrim yillarda, masalan 1956 y. kuz quruq va uzoq davom etgani uchun ayrim o‘simliklar (dastarbosh, moychechak, arslonquyrqu, qoncho‘p va boshqalar) ikki marta gullab, ikki marta hosil berishga ulgurdilar.
Qish nam, yomg‘irli, kam qorli, ayrim sovuq kunlar, haftalar, hatto oylar iliq quyoshli kunlar bilan almashib turadi.
Deyarli har yili er yuzasi qor bilar qoplanadi, ammo ular ko‘pincha tez erib ketadi. Toshkentda faqat eng kuchli va uzoq sovuqli vaqtlarda er 15-20 sm gacha chuqurlikda yaxlaydi. Ko‘pchilik qishlarni past harorati taxminan -18o, ayrim qattiq sovuqlarda harorat -29,5o gacha pasayadi.
Bahor odatda erta keladi, kamdan kam kech keladi va yomg‘irli bo‘lib, bir xil bo‘lmaydi. U tez va kutilmaganda o‘zgarib turadi. Sovuq kunlar ko‘pincha yaxshi, quyoshli, yana qisqa yomg‘irli kunlar bilan almashib turadi.
Toshkent bahorini xarakterli xususiyati kuchli sovuq kunlar kelib qolishi bilan bog‘liq bo‘lib, ayrim dorivor o‘simliklarga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Masalan 1956 va 1957 y.y. harorat bahorda -3o gacha sovub, erdan o‘sib chiqqan belladonna, obvoynik, solyanki rixtera va boshqalarni qismlari yaxlab qolgan.
Toshkentdagi bunday sovuqlar aprelni o‘rtasigacha va hatto oxirigacha (1957y.) bo‘lishi mumkin. Eng ko‘pi bilan sovuqsiz davr 7-8 oy davom etishi mumkin.
Ko‘p yillik ma’lumotlar Toshkentda bir yilda o‘rtacha 360 mm yog‘ingarchilik bo‘lishi ko‘rsatadi.
Qish va bahorda yog‘ingarchilikni asosiy qismi yog‘gani uchun havo namligi ko‘p. YOzgi yuqori harorati havoni namligini nisbatan kam bo‘lishini ta’minlaydi.
Toshkentda kun uzunlingi faslga qarab turlicha bo‘ladi. YOzda u 15-16 soatni tashkil qiladi. YOzgi kunlar uzun bo‘lgani uchun tropik va subtropik o‘simliklar yozda yomon o‘sadi va gullaydi. Masalan yapon parpisi, ituzum (qish) va sano yoz oxirida gullaydi.
Toshkent botanika bog‘i tog‘ yonbag‘rida bo‘lib, chirchiq daryosi (o‘zaniga) vodiysiga joylashgan. Eri ekib sug‘oriladigan, ishqoriy reaksiyaga ega. Namlikni etishmasligi uchun ular ariq suvlari bilan sug‘orish orqali qondiriladi. Sug‘orishsiz Toshkentda faqat rixter solyankasi, viktor ungerniyasi va boshqalarni etishtirish mumkin. Hamma introduksiya qiinatgan o‘simliklar sug‘orilishga muhtoj.
Botanika bog‘ida ko‘pchilik o‘simliklarni etishtirish uchun ularni urug‘lari 3 mahal sepiladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling