Mundarija Muqaddima


Xizmatning o’ziga xos xususiyatlari


Download 143.34 Kb.
bet3/16
Sana27.01.2023
Hajmi143.34 Kb.
#1133894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
SSSSSS

1.2.Xizmatning o’ziga xos xususiyatlari
Xizmat haqida gapirilganda aytish lozimki, u moddiy tovardan farq qiladi. Shu sabali, ko'plab tadqiqotchilar quyidagilarni o'z ichiga olgan xizmatlarning o'ziga xos xususiyatlarini ta'kidlashni zarur deb hisoblashadi:
1) miqdoriy xususiyatlarning yetishmasligi;
2) sifatning beqarorligi;
3) xizmatlarning qat'iy emasligi;
4) bilvosita sifatni o'lchash;
5) xizmatning ijrochi va iste'molchidan ajralmasligi.
Yuqoridagi xususiyatlarga xizmatlarning boshqa xususiyatlarini qo'shish mumkin:

  • Xizmatlarni taqdim etish xizmat ko'rsatuvchi va iste'molchi o'rtasidagi sheriklik bilan tavsiflanadi. Ushbu faoliyatning natijasi foyda, foyda, ayniqsa xizmatlarni iste'molchi uchun juda muhimdir, shu tufayli u xizmat ko'rsatuvchi provayderning ishini bozor narxida to'laydi;

  • Iste'molchi ko'pincha xizmat ko'rsatish jarayonida bevosita ishtirok etadi. Biroq, xizmatlarning butun turini ishlab chiqarish iste'molchining ishtirokisiz mumkin;

  • Xizmatlar iste'molchisi ularning egasi bo'la olmaydi. Ammo bu xizmat ko'rsatiladigan narsalarga taalluqli emas (masalan, ta'mirlangan televizor);

  • Xizmatlarni taqdim etish bu faoliyatdir, shuning uchun iste'molchilar ularni olish va to'lashdan oldin xizmatlarni sinab ko'rish va baholash mumkin emas;

  • Muayyan xizmat ma'lum bir foydalanish qiymatini faqat ma'lum bir vaqt va joyda ifodalaydi, bu uning bozorda o'rnini bosish imkoniyatlarini keskin cheklaydi.

Xizmatlar tovarlarning maxsus turi sifatida tobora turli xil shakllarga ega bo’lib bormoqda. Hozirgi vaqtda ilmiy adabiyotlarda turli xil mezonlar qo'llaniladi va ularga muvofiq ravishda taklif etiladi. An'anaga ko'ra xizmat ko'rsatish sohasi moddiy va nomoddiy xizmatlarni o'z ichiga oladi.
Moddiy xizmatlar moddiy ishlab chiqarishda yaratilgan foydalanish qiymatlarini ko'chirishga yoki tiklashga qaratilgan. Bular yuk transporti, sanoat kommunikatsiyalari, moddiy-texnik ta'minot va sotish, savdo, umumiy ovqatlanish, poyabzal, kiyim-kechak, madaniy va maishiy buyumlarni ishlab chiqarish va ta'mirlash bo'yicha xizmatlar.
Nomoddiy xizmatlarga ta'lim, sog'liqni saqlash, yo'lovchilar transporti, madaniy-ma'rifiy muassasalar, jismoniy tarbiya va sport, davlat xizmatlari, maishiy xizmat ko'rsatishning ayrim korxonalari (hammom, kir yuvish, sartaroshxona) xizmatlari kiradi.
Mehmonxona biznesi aynan xizmatardan daromad qilishga yo’naltirilgan soha hisoblanadi. Mehmonxona asosan nomerlarini sotish va ovqatlantirish xizmatidan foyda qiladi. Shu sohaga mos xizmatlarning o’ziga xos xususiyati bu 4S qoidasi asosida tushuntiriladi.
Saqlanmaslik;
Sezilmaslik;
Sifatni doimiy emasligi
Iste’mol va ishlab chiqarishning parallel bo’lishi
Har biriga alohida izoh beradigan bo’lsak;
Saqlanmaslik- moddiy ishlab chiqarishdan farqli ravishda xizmat ko’rsatish sohasining mahsulotini tayyor qilib omborxonaga qo’yish mumkin emas. Bu butunlay imkonsiz.
Sezilmaslik-moddiy tovardan farqli xizmatni ushlash, sezish mumkin emas. Ya’niy bunda xizmatning nomoddiyligi haqida so’z boradi.
Sifatni doimiy emsligi- xizmat ko’rsatishning asosiy omili inson hisoblanadi. Inson esa kayfiyati , ishlash muhiti , mijozning ko’rinishiga qarab turli xil shaklda xizmat ko’rsatishi umumkin. Bu esa o’z navbatida xizmat ko’rsatish jarayonidagi turli o’zgarishlarga sabab bo’ladi, shu o’rinda sifat o’zgarishiga ham. Bundan tashqari bu iste’molchiga ham bog’liq. Kim uchundir sifatli ko’ringan xizmat boshqa mijoz uchun haddan tashqari rasmiy yoki aksincha bachkana ko’rinishi mumkin.
Ishlab chiqarish va iste’mol parallel amalga oshishi- birinchi xususiyatga ko’ra xizmatni saqlab bo’lmasligi haqida aytib o’tgan edim. Shu xususiyatning mantiqiy davomi sifatida aytish mumkinki, xizmatlar shu vaqtta yakka shaxs tomonidan ishlab chiqariladi ya’niy taqdim etiladi va shu vaqtning o’zida is’temol qilanadi. Ishlab chiqarish va iste’mol parallel ravishda amalga oshadi. O’rtada hech qanday tashish , rekalama , saqlash va yana shularga o’xshash xizmatlar mavjud emas.
Aslida xizmatning o’ziga xos xususiyatlari sifatida ko’p narsani gapirishimiz mumkin, lekin ularning hammasi ham alohida kategoriya emas. Ularni biri boshqasini izohlaydi, to’ldiradi va/yoki takrorlaydi. Har bir xizmat ko’rsatish turiga qarab xususiyatlar yana ko’payishi uchun. Demak, bu borada yagona fikrda to’xtab qolishimiz noto’g’ri bo’ladi.


Download 143.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling