Mundarija Muqaddima
Download 143.34 Kb.
|
SSSSSS
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB Xizmat 1.1
- II BOB Tovar 2.1
- Foydalanilgan adabiyotlar
Muqaddima Inson bor ekanki u butun hayoti davomida o’zining cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun harakatda bo’ladi. Bu ehtiyojlarni qondirish o’z-o’zidan osongina hal bo’lmaydi. Bunda insonga mablag’ va kuchdan tashqari , tashqi tarafdan, moddiy va nomoddiy predmetlar ham zarur. Misol uchun biror shaxsda ovqatlanish ehtiyoji paydo bo’ldi, unda ovqatlanish uchun yetarli mablag’ bor lekin, yaqin atrofda umumiy ovqatlantirish korxonasi mavjud emas, yoki korxona mavjud lekin, ovqatlari qolmagan. Bu holda shaxs ehtiyojini qondirish uchun yetarli sharoit yo’q. Ya’niy iste’molchida yetarli sharoit bor lekin ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchida talabga mos taklif yo’q bo’lishi mumukin. Iste’molchi va sotuvchi o’rtasida sotuv amalga oshishi uchun har ikki tomonda ham maqsadga muvofiq tovar va mablag’ bo’lishi zarur. Demak, iste’molchilar o’z ehtiyojlarini qondirishda nafaqat o’zining balki sotuvchining ham vaziyati juda katta ahamiyatga ega. Bu yerda mahsulotning sotuvdan keyin iste’mol qilinish vaziyati haqida gapirildi. Lekin biz sotuvchi yoki yetkazib beruvchi deb ataydigan ob’yekt yoki shaxslar ham ishlab chiqarishning qaysidir nuqatalarida kimningdir iste’molchisi sanaladi. Shundan kelib chiqib aytish mumukinki, bozor munosabatlari juda murakkab bo’lib, undagi har bir arzimasdek ko’ringan element bozor holatini butunlay o’zgartitib yuborishi mumkin. Umuman olganda bozorni tashkil qiluvchi asosiy mahsulotlar xizmat va moddiy tovarlarga bo’linadi. Bozordagi istalgan sotuvchi shu ikkisidan birining sotuvchisi hisoblanadi. Yuqorida aytilgani kabi sotuv jarayoni yuzaga kelishi uchun xizmat, moddiy tovar va iste’molchi (bunda iste’molchi ehtiyoji, didi, yoshi, mablag’i va h.k nazarda tutilyapti) o’zaro muvofiq bo’lishi kerak. Men kurs ishimda xizmat va tovar haqida batafsil ma’lumot berish orqali bu ikki mahsulotning farqli jihatlarini tushuntirib berishga harakat qilaman. Dastlab xizmat haqida , keyin tovar haqida ma’lumot beriladi va xulosa qismida ma’lumotlarni umumlashtirilib asosiy farqlar haqida so’z boradi. Download 143.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling