Mundarija Muqaddima


Download 143.34 Kb.
bet2/16
Sana27.01.2023
Hajmi143.34 Kb.
#1133894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
SSSSSS

I.BOB
XIZMAT
1.1.Xizmat tushunchasi haqida nazariyalar
Harq qanday yangi narsaning o’z zamonasiga mos ravishda o’z ta’rifi va vazifasi bo’ladi. Bu nazariyalar shu zamon uchun to’g’ri bo’ladi , lekin zamon o’zgarib yangilikar ko’paygani sari nazariyalar eskiradi. Boshqa ixtirolar singari xizmat tushunchasi ham o’z evolyutsiyasini boshdan o’tkazgan va uning ta’rifi makon va zamonga qarab o’zgaradi.
"Xizmat" ta'rifini topish qiyinligi shundaki, xizmat tadqiqotchisi moslashuvchan ob'ekt bilan muomala qiladi, uning chegaralari xizmat ko'rsatuvchi va / yoki iste'molchining istaklariga qarab o'zgaradi. Jismoniy ob'ektlar to'plamini va ijrochining xizmat ko'rsatuvchi xodimlarining bir qator harakatlarini o'z ichiga olgan bitta ob'ekt iste'molchi tomonidan moddiy mahsulot sifatida ham, xizmat sifatida ham ko'rib chiqilishi mumkin.
Xizmatlar xilma-xil bo'lib, ularning asosiy mezonlari xizmatning ob'ekti, xizmatning moddiy mahsulot bilan aloqasi, xodimlarning ishtirok darajasi va xizmatlarni taqdim etishda texnologiyadan foydalanish bo'ladi . Quyida bir qancha nazariyalar bilan yanishamiz.
1.1 rasm1 Xizmat tushunchasi haqida nazariyalar

Muallif

Ta’rif

G.Assel

Xizmatlar - bu iste'molchilar sotib oladigan nomoddiy tovar. Ular mulk bilan bog'liq emas.

K.Grenros

Xizmat - bu dalolatnoma yoki foyda, uni xaridor har qanday moddiy ob'ektga egalik huquqini olmaydi.

E.P.Golubkov

Xizmat - bu, agar kerak bo'lsa, mijozlar va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar, jismoniy resurslar, xizmat ko'rsatuvchi korxona tizimlari o'rtasida yuzaga keladigan bir qator (yoki bir nechta) nomoddiy harakatlarni o'z ichiga olgan jarayon.

K .Xaxever

Xizmat - bir tomon ikkinchisiga taklif qilishi mumkin bo'lgan va o'ziga xos ravishda moddiy bo'lmagan va mijozning mulkiga olib kelmaydigan faoliyat yoki foyda turi.

B.Render

Xizmat - bu bir tomonning ikkinchisiga taklif qilishi mumkin bo'lgan faoliyat turi yoki foydasi, umuman olganda moddiy emas va biror narsani olib qo'yishga olib kelmaydi. Xizmatlarni ishlab chiqarish tovar bilan moddiy shaklda bog'liq bo'lishi mumkin yoki bo'lmasligi mumkin.

R .Rassel

Xizmatlar - bu harakatlar, harakatlar yoki ishlarni bajarish; ular nomoddiydir.

R.Merdik

Xizmat - bu iqtisodiy birlikka tegishli bo'lgan shaxs yoki mahsulot holatining o'zgarishi, bu birinchisining oldindan roziligi bilan boshqa iqtisodiy birlik faoliyati natijasida yuzaga keladi.

Bu nazariyalar orasida bir-birini qisman takrorlaydigan, bir-birini to’ldiruvchi ta’riflar ham bor. Umuman olganda bularning hech birini noto’g’ri deyish mumkin emas. Shunchaki ularning biri boshqasiga qaraganda to’liqroq bo’lishi mumkin. Xizmat haqida yillar davoimida aynan bir nazariyani ilgari surish qiyin , sababi yuqorida aytilgani kabi o’zgarishlar nazariyalarga juda katta ta’sir o’tkazadi. Hozirgi vaziyat uchun yuqoridagi nazaryilardan xulosa qilgan holda men xizmat uchun o’z nazariyamni aytishim mumkinki:


Xizmat- jarayon bo’lib, xizmatni sotib olish moddiy mulkka egalikni anglatmaydi. Xizmat nomoddiy mahsulot sifatida ikki tomon kelishuvi bilan amalga oshiriladi. Bu holatda ham sotuv amalga oshadi.
Yuqorida ko’rsatilgan fikrlardan men uchun eng tushunarli va soddasi G.Assel nazariyasi bo’ldi. Bu ta’rifda tushunarsiz uzundan uzoq izohlardan foydalanilmagan, sodda va tushunarli shaklda berilgan. Bundan tashqari eng asosiy jihatlarnigina ko’rsatgan. Ya’niy mahsulot nomoddiyligi va mulkka egalik qila olmaslik. Aslida juda ko’p narsalar haqida gapirish mumukin lekin, ko’p holatlarda bir xususiyat ikkinchisini taqozo qiladi demak, bir-birini taqozo qiluvchi xususiyatlarni alohida ta’kidlash shart emas. Nazariyalarda murakkab atama va so’zlardan foydalanish uni tushunishni qiyinlashtiradi va o’quvchining zerekishiga olib keladi.
Keling endi Golubkov nazariyasi haqida gapirsam. Yuqorida aytilgan bir-birini taqozo qiluvchi xususiyatlarni alohida ta’kidlash aynan mana shu nazariyada mavjud. Ta’rifga ko’ra “Xizmat - bu, agar kerak bo'lsa, mijozlar va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar, jismoniy resurslar, xizmat ko'rsatuvchi korxona tizimlari o'rtasida yuzaga keladigan bir qator (yoki bir nechta) nomoddiy harakatlarni o'z ichiga olgan jarayon.” . Bunda xizmat ko’rsatish va sotib olish mumkin bo’lgan shaxslar alohida aytilgan. Men muqaddima qismida sotuvchi ishlab chiqarishning qaysidir nuqtasida kim uchundir iste’molchi bo’lishi mumkinligi haqida aytib o’tdim. Ushbu ta’rif orqali aynan shu fikr tushuntirilyapti. Demak , bu yerda uzundan uzoq gapirish o’rniga sotuvchi va xaridor deb soddagina yozish mumkin edi. Ammo yuqorida aytilgandek nazariya makon va zamonga qarab o’zgaradi. Agar Golubkov shu nazariyasi bilan sotuvchi ham xaridor bo’lishi mumkinligi haqida o’rgatmaganida insonlar balki bu haqida umuman o’ylab ko’rishmasdi va hozirgi nazariyalar butunlay boshqacha bo’lishi mumkin edi. Bugungi kundagi odamlarning o’tgan davrdagi odamlarga nisbatan har tomonlama shu bilan birga iqtisodiy bilimlarining ham yuqoriligini ta’kidlash lozim. Shuning uchun ham hozirgi nazariyalarga har-xil elementarniy izohlarni kiritishimiz shart emas. Chunki bu odamlarga oddiy holat bo’lib ketgan. Kun kelib biz uchun universal bo’lgan nazariyalar ham kim uchundir aylantirma gapdek tuyiladi. Va bu hech ham achinarli hol emas, aksincha quvonishga arziydi.

Download 143.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling