Mundarija Muqaddima


Download 143.34 Kb.
bet10/16
Sana27.01.2023
Hajmi143.34 Kb.
#1133894
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
SSSSSS

2.4.Tovarni sotish siyosati
Agar bozor ishtirokchisi, ya’ni korxona marketingi iste’molni yuzaga chiqarish, zarur xildagi tovarlarni yaratish, bahosini aniqlash, ularni taqsimlash va iqtisodiy rag‘batlantirish tizimi ustida yaxshi ishlagan bo‘lsa, bunday tovarlar sotilmay qolmaydi. Har birimiz bilamizki, iste’molchilar tez sotiladigan tovarlarni navbatda turib ham olishga tayyor bo‘ladilar. Shuni ham aytish kerakki, ko‘pchilik marketingni ta’minot va rag‘batlantirish ishlari bilan bir xil, deb hisoblaydilar.
Marketing – ayirboshlash yo‘li bilan talab va ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan kishilik faoliyatining turi. Masalan, ayollar lab bo‘yog‘ini «Fabrikada kosmetika ishlab chiqarilsa, do‘konda esa ishonch sotiladi», deb ta’kidlaydi firma rahbari Charlz Revson. Shuning uchun ayol kishi shunchaki lab uchun bo‘yoq sotib olmasligi hammaga tushunarli, yoki do‘kondan diametri chorakta bo‘lgan parmalash buyumini xarid qilmay, shu diametrdagi oraliq (teshikni) xarid qilinadi, deb hisoblaydi bilimdon sotuvchilar. Shunga o‘xshash “faqat bifshteks sotilmaydi, uni iste’mol qilganda keladigan ishtaha bilan birga huzur-rohat sotilishi kerak”. Mijozga shu kerak. Shuning uchun bozor ishtirokchilari, sotuvchilari har qanday tovar ortida yashiringan talablarni yuzaga chiqarib, uning xususiyatlarini, undan keladigan bahramandlikni, foydani sotishlari lozim.
Bozor iqtisodiyoti bir xil mahsulotni ishlab chiqarish foydali boshqasini ishlab chiqarish esa zararli ekanligini belgilovchi iste’molchi talabi, uning xohishi erkinligini cheklaydi. Korxona mahsulot ishlab chiqarishni iste’molchi talabi bilan moslashtirmasa, ishlab chiqarish bankrotga uchraydi. Xomashyo resurslarini yetkazib beruvchilar ham shunday. Ishlab chiqariladigan mahsulot qanday bo‘lsa uning uchun shunday resurs kerak bo‘ladi. Yetkazib beruvchilar mehnat va moddiy resurslar hisobiga maksimal foyda olishlari uchun bozor tizimi talablariga bo‘ysunib iste’mol talablaridan kelib chiqib resurslarni tanlashi lozim. Chunki faqat foyda ko‘radigan firmalargina shu xildagi resurslarga o‘z talablarini qo‘yadilar, ularni xarid qiladilar. Demak, iste’molni qondiradigan mahsulotlar uchun resurs yetkazib beruvchilar o‘zlari istagan xildagi va sifatdagi resurslarni yetkazib berishda «Erkin» emaslar.
Kishilarning talabalari cheksizdir, lekin ularni qondirish uchun zarur bo‘lgan resurslar cheklangan. Shuning uchun kishilar o‘zlarining moliyaviy imkoniyatlariga yarasha eng ko‘p qoniqtiradigan tovarlarni tanlab oladilar. Talab – xarid qilish qobiliyati bilan belgilanadigan iste’moldir. Iste’molchilar kichik, o‘rtacha va katta tipda bo‘lishi mumkin. Ular korxonalar, kompaniyalar va turli xildagi xo‘jaliklardir. Lekin talablar o‘zgarib turuvchi ko‘rsatkichdir. Kishilar xilma-xil, yangidan yangi narsalarni qidirib topishga harakat qiladigan, hamma har doim ishlatadigan, foydalanadigan bir xil tovarlarni yoqtirmay qoladilar, me’dalariga tegadi. Tovar tanlashdagi harakat mahsulot bahosining pasayishi yoki kishilar daromadining ko‘payib borishi bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Xaridorlar o‘z pullariga eng ko‘p qoniqish hosil qiladiganlarini tanlab oladilar.


Download 143.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling