yirik korxonalarga investitsiyalarni jalb qilish va
yuqori texnologik mahsulot
eksportini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali xalqaro innovatsion xamkorlikka jalb
qilish
mexanizmlarini yaratish;
mahalliy mahsulotlarni sotish bozorlarini o‘rganish va ularning tegishli bozor
segmentlaridagi o‘rnini aniqlash bo‘yicha marketing
tadqiqotlarini amalga oshirish;
bozor
signallarining doimiy mavjud miqyosi va turli tovar va xizmatlarga
istiqboldagi talabi,
ularning texnik, iqtisodiy va ekspluatatsion darajasiga talablar
monitoringini (ichki va tashqi)
tashkil etish;
texnologiyalar transferti sohasida xalqaro hamkorlikning huquqiy mexanizmlarini
yaratish;
yuksak texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish
uchun bojxona
qonunchiligi va ma’murchiligini takomillashtirish;
korxonalarning moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish: sanoat tarmoqlari
korxonalari tarkibining moliyaviy menedjer va boshqaruvchilari tayyorlash
darajasini
oshirish.
Yaqin va uzoq istiqbolda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning barqaror o‘sib
borishiga iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish,
texnik va
texnologik yangilashni jadallashtirish hamda ko‘lamini kengaytirish,
ishlab chiqarishni
diversifikatsiya qilish borasidagi islohotlar zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: