Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi
mazkur
davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo‘lgan.
2013 yilda xorijiy investitsiyalar hajmi 3832,4 million AQSH dollarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2012 yildagidan qariyb 1074.97 million AQSH dollariga ko‘p ekanini
kuzatish mumkin. 2014 yilda xorijiy investitsiyalar hajmi 3277,55
millionAQSH dollarni
tashkil etgan bo‘lsa, shundan 2526,56 million AQSH dollari, ya’ni 79 foizidan ko‘prog‘i
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy kompaniyalar bilan
tuzilgan shartnoma va
bitimlar asosida 2015 yilda iqtisodiyotimizning real sektoriga 3 milliard AQSH dollaridan
ortiq investitsiya kiritish ko‘zda tutilmoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, bu mablag‘ning 2
milliard 180 million AQSH dollaridan ortig‘i yoki 72 foizdan ziyodini to‘g‘ridan-to‘g‘ri
chet el investitsiyalari tashkil etadi.
2015 yilda hududiy investitsiya dasturi doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy
investitsiyalarning mutloq qiymati 402 million dollarni tashkil etgan. Hududlar kesimida
tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning katta
qismi Toshkent shahri (39,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan va xorijiy
sarmoyalar ishtirokida
faoliyat olib borayotgan korxonalar soni mazkur yilda 273 taga ko‘paygan. Umumiy
hisobda mamlakatimiz bo‘yicha 2013 yilda xorij sarmoyasi ishtirokidagi
korxonalar soni
372 tani tashkil etgan. Boshqa hududlarimiz bo‘yicha ma’lumotlar 2.3.1-rasmda keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: