Mundarija o`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 266.31 Kb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojalik mahsulotlarini sotish usillari va uni takomillashtirish
Click here to buy
A B B Y Y PD F Transfo rm er 2 .0 w w w .A B B Y Y. c o m Click here to buy A B B Y Y PD F Transfo rm er 2 .0 w w w .A B B Y Y. c o m korxonaloariga, boshqa muassasalarga, tadbirkorlarga, xususiy korxonalarga yoki bozorda sotishi mumkin. Hozirda fermerlar mahsulotini asosan tayyorlov tashkilotlari va qayta ishlash korxonalariga shuningdek bozorda sotmoqda. Fermerlar uchun mahsulot sotish kanali faqat bitta emas, ular bir vaqtning o‘zida mahsulotning bir qismini tayyorlov tashkilotlariga yoki qayta ishlash korxonalariga bir qismini esa bozorlarda yoki boshqa xaridorlarga sotishi mumkin. Qishloq xo‘jaligida ko‘p miqdorli fermer xo‘jaliklarining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishi sohada mahsulot tayyorash tizimini ham tubdan yangilanishiga undamoqda. Chunki qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish bilan bir qatorda uni tayyorlash, saqlash, qadoqlash va iste’molchilarga talofatsiz yetkazib berish muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, tez buziladigan va transportda tashishi noqulay bo‘lgan mahsulotlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozoriga xizmat ko‘rsatish tizimida raqobat muhitini kuchayishini taqozo etadi. Texnik xizmat ko‘rsatish va moddiy texnika ta’minoti sohalarida bo‘lgani kabi mahsulotlarni tayyorlash va qayta ishlash shug‘ullanuvchi korxonalar ham ozchilikni tashkil qilib, o‘z mahsulotlarida yakka hokimliklarni (monopoliya mavqeini) qo‘lga kiritib olganlar. Masalan, deyarli ko‘pchilik tumanlarda paxta, don, sut, sabzavot va boshqa mahsulotlarni tayyorlash va qayta ishlash sohasida 1 tadan korxonalar faoliyat ko‘rsatadi. Qishloq joylarida infrastruktura tarmog‘i - savdo-sotiq va tayyorlov tizimi taraqqiy etmagan. Tayyorlovchilar yakkahokimchilik mavqeidan foydalanib, zimmalariga olingan shartnomalarini bajarmaslik hollarini uchratish mumkin. Eng yomon tomoni shundaki, sut, sabzavot kabi bir qator qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tez buziluvchanligidan ularni uzoq saqlab bo‘lmaydi. Tumanda ularni qabul qilish va qiluvchi korxonalar yagona ekanligidan, ba’zida mavsumiy paytlarida ularni o‘z vaqtida qabul qilib olishning iloji bo‘lmaydi. Qolaversa, bunday mahsulotlarni uzoq masofadan tashib kelish imkoniyatlari chegaralangan, mahsulot sifati ham buzilishi mumkin. Fermer xo‘jaliklari uchun mahsulot sotish yo‘nalishlari ichida bozorlari katta ahamiyat kasb etadi. Mahsulotni bevosita bozorlarda sotishning fermer uchun manfaatli tomonlari ko‘p. Chunki bunda u mahsulotini o‘zi istagan narx bo‘yicha (talab va taklifdan kelib chiqib) sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi, shuning bilan birga bozorda u mahsulotni naqd pulga sotishi mumkin. Download 266.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling