1.3. Korxonada mahsulotlarni sotishning hozirgi holati tahlili
Qishloq xo‘jaligining eng asosiy vazifasi respublika hududidagi qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning xomashyoga, aholining oziq-ovqat
mahsulotlariga bo‘lgan talablarini qondirishdir. Shu bilan birgalikda,
tarmoq tashqi bozor
talabini qondirishda ham qatnashishi maqsadga muvofiqdir
Bu talablar qishloq xo‘jaligi uchun davlatning paxta va g‘allaga bo‘lgan
eng muhim
buyurtmalarini bajarishga asoslanadi. Bu mahsulotlarga davlat buyurtmalarining miqdori
ularni yetishtirish bo‘yicha rejalashtirilgan hajmga nisbatan 30 foiz darajasida belgilangan.
Bu o‘rinda eslatib o‘tish kerakki, qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib
chiqib, tarmoqda yetshitirilgan mahsulotlarning,
chunonchi, urug‘lik, yem-xashak, ozuqa
kabilarning ma’lum bir qismi ichki talabni qondirishga sarflanadi. Aks holda tarmoqda
takror ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishi ta’minlanmaydi.
Qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarishining
kengaytirilgan takror ishlab
chiqarish asosida rivojlanishini ta’minlash uchun yetishtirilgan mahsulotlarning bir qismi bu
boradagi talablarini qondirish maqsadida ishchi-xizmatchilarga ish haqi o‘rniga natura
holida beriladi, ularning ovqatlanishlari uchun ajratiladi.
Shuningdek, aholining kam
ta’minlangan qismini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida ularga ma’lum miqdordagi
mahsulotlar tekinga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: