Mundarija reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Kurs ishining dolzarbligi
Download 88.6 Kb.
|
Avtomatlashtirilgan o’qitish dasturlaridan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi.
- Kurs ishining vazifasi
- Kurs ishining obe’kti
Kurs ishining dolzarbligi. Ushbu kurs ishi hozirgi kunda axborot texnologiyalari rivojlangan davrda pedagog chizmachilik o’qituvchilarining kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda dars o’tish jarayonlarini yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o’zining ikrlarini, ya’ni axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, eski usul va metodalrdan biroz chetlangan holda dars jarayonlarini olib boorish kerakligi ta’kidlaydi:- “Sifatli ta’lim, endi kechagidek dars berishni zamonning o‘zi qabul qilmaydi, mumkin ham emas. Maktab qurib berishimiz shart. Ichidagi muhit, ta’lim, milliy g‘urur va iftixorimiz nuqtayi nazari sizlarga bog‘liq”, — deya o‘qituvchilarga murojaat qildi prezident. Qolaversa, biz ustozlarga president tomonidan berilaytotgan imkoniyat va ishonch dars o’tish jarayonida o’quvchilarga sifatli va tushunarli, yangi metodlardan foydalangan holda o’tishimizga undaydi. zero,- “Biz ustozni otaday ulug‘ deb bilgan, doimo ardoqlagan ma’rifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham o‘qituvchi, muallim deganda o‘zim uchun eng aziz va hurmatli bo‘lgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va ta’lim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan. Bugungi kunda O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin ko‘makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir”, – deydi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Kurs ishining maqsadi. Men ushbu kurs ishim orqali hozirgi kunda kompyuter texnologiyalaridan foydalansh rivojlangan paytda chizmachilik fani o’qituvchilari uchun dars jarayonida kompyuterdan foydalanish metodlari va usullarini, avtomatlashtirilgan o’qitish dasturlarini, chizmachilik darslarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish metodlarini yoritishni maqsad qildim. Bu albatta, maktabda dars beradigan chizmachilik fani o’qituvchisi uchun kerakli qo’llanma bo’la oladi deb o’ylayman. Kurs ishining vazifasi. Kurs ishimning vazifasi o’qituvchi o’z dars jarayonlariga ijodiy yondashishlari to’g’risida metodlarni yoritish, avtomatlashtirilgan o’qitish dasturlaridan foydalanish usullarini, chizmachilik o’qishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish metodlarini, chizmachilik darslarida kompyuterdan foydalanishda qo’yiladigan talablarni chizmachilik fani o’qituvchilariga turli xil metodlar orqali o’rgatish. Kurs ishining obe’kti: Umumiy o’rta ta’lim muassasalari Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism va uchta mavzu, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Download 88.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling