Mundarija: reja
rasm: Quyi Amudaryo bo'yida saksovullar ko'paytirish. Sho'radoshlar oilasi qishloq xo'jaligidagi ahamiyati
Download 463.18 Kb.
|
Zulfiya Botanikadan kurs ishi sho`radoshlar
rasm: Quyi Amudaryo bo'yida saksovullar ko'paytirish.
Sho'radoshlar oilasi qishloq xo'jaligidagi ahamiyati. Sho'radoshlarning xo'jalikdagi ahamiyati. Bu oila vakillarining xususiyatlaridan biri ularning tarkibida natriy xlorid,kaliy karbonat, kaliy sulfat va 7natriy sulfat tuzlari ko'p bo'lishidir. Yana bu o'simliklarda saponinlar, ozgina efir moyi, anabazin va salsalin alkaloidlari, urug'larida moylar, yer ustki qismida organik kislotalar va fermentlar bo'ladi. Bularning iqtisodiy jihatdan eng ahamiyatli bo'lganlaridan biri lavlagidir. Lavlagi sabzavot o'simligi sifatida eramizdan 4000 yil burun ekila boshlagani ma'lum. Xozirgi kunda lavlagi qand sanoatining asosiy xom ashyosidir, shuningdek ovqatga ishlatiladi,mollarga yediriladi. Saksavullardan yoqilg'i, yosh shoxlardan yem-xashak sifatida foydalaniladi. Sassiq sho'ra tarkibida bo'yoq moddalari bor Izen, koxiya (Kochia) — shoʻradoshlar oilasiga mansub bir yillik yarim-butalardan iborat turkum. Gullari koʻkimtir, koʻrimsiz. Barglari uzun, tekis, qirrali. 80 turi maʼlum. Oʻzbekistonda 4turiboʻlib,ulartoshloq, qumloq, gil tuproq, shoʻrxok va taqir yerlarda oʻsadi. Asosan, yerbagʻirlab oʻsuvchi yarimbuta (K. prostrata) I. deb ataladi. U sifatli ozuqabop oʻsimlik sifatida oʻtloqlarning hosildorligini oshirish uchun ekiladi. Kelinsupurgi I. (K. scoparia) esa bir yillik sershox oʻsimlik boʻlib, undan su-purgi sifatida foydalaniladi. Choʻl va adirlarda oʻsadi. Urugʻining tarkibida saponin bor. Baʼzilari manzarali oʻsimlik. Boyalich (Salsola arbuscula Pall.) — shoʻradoshlar oilasiga mansub sershox buta. Boʻyi 20—100 sm. Bir yillik, novdalari oqish, yaltiroq, bargi kalami, uz. 5–35 mm. Gullari mayda va koʻrimsiz, boshoqsimon toʻpgulga joylashgan. Iyunda gullaydi^ urugʻi sentabrda pishadi. Asosan, choʻllardagi qumloqer larda oʻsadi. Tuya, qoʻy va echkilar B.ning bargi va yosh novdalarini xush koʻradi. B. tarkibida 20,1% kul, 9,1% protein, 1,8% yogʻ, 21,9% kletchatka, 47,9% azotsiz ekstrakt moddalar bor. Uning yashil qismida 1,5% limon kislota, 0,03% alkaloidlar boʻladi. XULOSA: Bu oila vakillarining xususiyatlaridan biri ularning tarkibida natriy xlorid,kaliy karbonat, kaliy sulfat va natriy sulfat tuzlari ko'p bo'lishidir. Yana bu o'simliklarda saponinlar, ozgina efir moyi, anabazin va salsalin alkaloidlari, urug'larida moylar, yer ustki qismida organik kislotalar va fermentlar bo'ladi. Bularning iqtisodiy jihatdan eng ahamiyatli bo'lganlaridan biri lavlagidir. Lavlagi sabzavot o'simligi sifatida eramizdan 4000 yil burun ekila boshlagani ma'lum. Xozirgi kunda lavlagi qand sanoatining asosiy xom ashyosidir, shuningdek ovqatga ishlatiladi,mollarga yediriladi. Saksavullardan yoqilg'i, yosh shoxlardan yem-xashak sifatida foydalaniladi. Sassiq sho'ra tarkibida bo'yoq moddalari bor. Bu o'simliklar ko'pincha etdor sersuv bo'ladi. Barglari oddiy, yonbargsiz, ketma-ket yoki qarama-qarshi o'rnashgan. Bargi juda kichrayib ketgan yoki butunlay yo'qolib ketgan bo'lishi mumkin. Gullar mayda, yashil yoki rangsiz, to'g'ri yoki qiyshiq, ikki jinsli, bazan ayrim jinsli, boshoqsimon yoki shingil simon to'kilga o'rnashgan. Tugunchasi bir uyli va bir urug' kurtakli. Mevasi asosan yong'oqcha. Sho'radoshlarga mansub ismaloq turkumining O'zbekistonda ikki turi o'sadi. Ulardan biri rezavor ismoloq bo'lib u zirovor o'simliklar qatorida ekiladi, poya va barglari ovqatga ishlatiladi. Ikkinchisi Turkiston ismalog'i. Download 463.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling